Tikuv buyumlarni ishlab chiqaradigan texnologik jarayonni loyihalash bosqichlari.
Tikuv buyumlarni ishlab chiqaradigan texnologik jarayonni loyixalash quyidagi bosqichlar bo’yicha olib boriladi:
1-bosqich. Dastlabki ma’lumotlarni yig’ish, taxlil qilish va texnik topshiriqlarni ishlab chiqish.
tikish usuli asosida buyum tikish texnologik tartibini tuzish;
tanlangan buyum modelini ishlab chiqarish uchun ishlab chiqarish oqimini tanlash.
2-bosqich.Tikuv sexini loyixalash uchun texnologik xisoblash ishlarini bajarish:
- ishlab chiqarish oqimini parametrlarini hisoblash;
- ishlab chiqarish oqimini texnologik sxemasini tuzish;
- texnologik sxemani tahlil qilish;
- ishlab chiqarish oqimini texnik iqtisodiy ko’rsatkichlarini hisoblash;
- ishlab chiqarish oqimida ish o’rinlarini joylashtirish va sex planini tuzish;
- tikuv sexida qo’shimcha assortimentni ishlab chiqarishni hisoblash.
Texnologik oqimni ishlab chiqish uchun dastlabki ma’lumotlarni yig’ish va taxlil qilish bosqichida quyidagi ishlar bajariladi:
ishlab chiqalayotgan ob’ektni tasnifi va oqimning ko’rsatkichlari bilan tanishish;
texnologik oqimni ishlab chiqish uchun kerakli qo’shimcha ma’lumotlarni yig’ish.
Tikuv sexini loyixalash uchun topshiriqo’z ichiga quyidagilarni oldi:
- oqimda ishlab chiqariladigan buyumni nomi;
- ishlab chiqarish oqimining quvvati yoki oqimdagi ishchilar soni;
- ko’p modelli oqim uchun modellarni ishlab chiqarish nisbati;
- oqim egallaydigan satx;
- tikiladigan buyum uchun texnologik operatsiyalar tartibi;
- texnologik jarayon grafi.