Nazorat savollari. Tikuv korxonasining ishlab chiqarish strukturasi.
Operatsiya nima?
Ish o’rinlari nima?
Sektsiya nima?
2-MA’RUZA. Mavzu: TIKUV KORXONA TURLARI VA ULARNI TASNIFI. (2-soat)
Reja: Quvvati, ixtisoslanishi va kooperatsiyalashtirish.
Ishlab chiqarish jarayoni sxemasi bo’yicha korxonalarning klassifikatsiyasi.
Quvvati, ixtisoslanishi va kooperatsiyalashtirish.
Tikuvchilik korxonalari ishlab chiqarish sxemasi bo’yicha farqlanadilar. Birlashmalar mahsulotlarni tayyorlashda tugallangan yoki tugallanmagan sikl asosida tuzilgan bo’lishi mumkin.
b
2.1-rasm. Tugallangan siklli kichik (a), o’rta va katta (b) quvvatli korxonalarning strukturaviy sxemasi
2.2-rasm. Tugallangan siklli korxona oqimning strukturaviy sxemasi
Mol bilan ta'minlovchi
Tikuv ishlab chiqarish
Istеmolchi
Xom ashyo
Maxsulotni chiqarish bo’limi markеting
Т1Ц
БЦ
Т2Ц
Т3Ц-1
ПЦ
ТМО
Xomashyo bilan ta'minlash b?lim
Bozor
Т3Ц-2
Korxona filiallari
2.3- rasm Tugallangan siklli ishlab chiqarish birlashmasini strukturaviy sxemasi Eslatma: T1TS – tayyorlov sexi, BTS - bichish sexi, T2TS – tajriba sexi, PTS – pardozlash sexi, TMO – Tayyor mahsulot ombori, T3TS – tikuv sexi, T3TS-1, T3TS-2 – filialdagi tikuv sexlar.
Ishlab chiqarish jarayoni sxemasi bo’yicha korxonalarning klassifikatsiyasi.
Ishlab chiqarish sxemasi turlarining ko’pligi ularda ishlab chiqariladigan mahsulot soniga bog’liq. Kam quvvatli korxonalarda ko’proq mahsulotlarni ishlab chiqarish tugallanmagan sikl asosida bajariladi, bunda korxona uchun ajratilgan resurslardan (ajratilgan maydon, materiallar, ishchi kuchi, jixozlar) ratsional foydalaniladi.
Kiyim ishlab chiqarish jarayonining tugallangan texnologik sikli ko’proq o’rta va katta quvvatli korxonalarda qo’llaniladi. Korxonalarning quvvati qanchalik katta bo’lsa, ular shunchalik ixtisoslashtirilgan bo’ladi. Bu esa, zamonaviy texnika va texnologiyadan foydalanish darajasini oshiradi.
2.4 - rasm. Korxona turlarining klassifikatsiyasi Nazorat savollari. Tugallangan va tugallanmagan sikli tikuv korxona turlari.
“Texnalogik jarayon” va “Ishlab chiqarish jarayon” larining tushunchasi.
3-MA’RUZA. Mavzu: TIKUV BUYUMLARINI TAYYORLASH TEXNOLOGIYASI VA TEXNOLOGIK JARAYONLAR. (2-soat)
Reja: Tikuv buyumlarini yakka, seriyali, ommaviy ishlab chiqarish turlari.