Grafik usuli: Butun ishlab chiqarish oqimidagi har bir tashkiliy operatsiyalarning bajarish vaqtlarning ishlab chiqarish oqim ma’romiga qanchalik to’g’ri moslanganligini moslik koeffisienti ko’rsatmaydi. Shuning uchun butun ishlab chiqarish oqimidagi hamma tashkiliy operatsiyalar vaqtlarning umumiy yakuni ishlab chiqarish oqim ma’romidan qanchalik farq qilishini grafik usuli bilan tekshirib ko’riladi.
Bu grafik moslik grafigi bo’lib, har qaysi seksiya uchun alohida tuziladi. Moslik grafigi koordinata o’qlarida tuziladi. Abtsissa o’qi bo’ylab ishlab chiqarish oqimidagi tashkiliy operatsiyalar joylashtiriladi. Operatsiya tartib raqami, bajarishga sarflanadigan vaqti va ishchilar soni abtsissa o’qi tagiga yozib qo’yiladi. Ordinata o’qi bo’ylab esa shu tashkiliy operatsiyalarning vaqti muayyan masshtabda belgilanadi.
Moslik grafikda ko’zga ko’rinarli bo’lishi uchun uchta yotiq chiziq o’tkaziladi. Ishlab chiqarish oqim taktining vaqti yotiq chiziq (abtsissa o’qi) bilan unga nisbatan yo’l qo’yish mumkin bo’lgan farqli vaqtlar esa yotiq punktirlar bilan tasvirlanadi.
Ordinata o’qi bo’ylab operatsiyalarga sarflanadigan vaqtini belgilash uchun chiqarish oqim ma’romiga nisbatan farqni aniqlash kerak.
a) qat’iy ma’romli ishlab chiqarish oqimlar uchun:
ya’ni :
ya’ni :
b) erkin ma’romda ishlab chiqarish oqimlar uchun:
ya’ni :
ya’ni :
Misol: ma’rom 118 sek teng bo’lgan konveyerli ishlab chiqarish oqim uchun texnologik sxema bo’yicha moslik grafigi tuzilsin.
Aniqlaymiz:
tmin=0.95 ∙118=112 sek
tmin=1.05 ∙ 118=124 sek
Karrali operatsiyalarda (bittadan ortiq ishchi bajaradigan tashkiliy operatsiyalarda) ularning bajarilish vaqti o’rta hisobda bitta ishchiga to’g’ri keladigan vaqt hisobida olinadi.
Moslik grafigi tuzilgandan keyin hamma tashkiliy operatsiyalar vaqtlarning umumiy yakuni ishlab chiqarish oqim ma’romidan qanchalik farq qilishini grafik bo’yicha tekshirib ko’riladi.
Agar grafikda ayrim tashkiliy operatsiyalarning bajarilish vaqtlari yo’l qo’yish mumkin bo’lgan farq chegarasidan chiqib ketgan bo’lsa, bu holda ko’p ishlab chiqaradigan asbob-uskunalarning o’rnatish bilan har xil moslamalarni qo’llash yo’li bilan aniqlik kiritish kerak bo’ladi. Ayrim tashkiliy operatsiyalarni qaytadan tuzishga to’g’ri keladi.
Ishlab chiqarish oqimning texnologik sxemasida buyum tikilishning texnologik tartibiga qanchalik rioya qilinganligi tekshirib ko’rish uchun texnologik tartib grafigi tuziladi.
Shu tartib grafigidan ayrim buyum detallari va umuman buyumning o’zi qanday tartibda qilishni tasavvur qilish uchun hamda konveyer tasma uyasiga yarim mahsulotni tahlash tartibi uchun foydalanadi.
Tartib grafigini tuzishni ishlab chiqarish oqimning tayyorlash seksiyasidan boshlanadi. Guruhli agregat ishlab chiqarish oqimlar uchun tartib grafigini har bir guruh uchun alohida-alohida tuziladi.
Tartib grafigi tuzilganda qog’ozning chap burchagida tik chiziq bo’ylab tikiladigan buyumning hamma bichiqlarining nomlari va konveyer tasmasi uyasiga tahlash tartibi ko’rsatiladi. Tartib grafigini tuzishda tikiladigan buyum turiga qarab, uning bitta detali (masalan yelka va bel kiyimlarda – old bo’lagi) asosiy detal qilib olinadi. Chunki buyumning boshqa detallarning deyarli hammasi old bo’lagiga ulanadi. Shuning uchun old bo’lagi detaliga birinchi raqam berilib, uni «detallar tartib raqami» ustunidagi «1» ro’parasiga (eng pastki qatorga) yoziladi. Qolgan buyum detallari texnologik sxemadagi tikilish tartibiga binoan yuqori tomonga qarab yozib chiqiladi.
Tartib grafigida tashkiliy operatsiyalarni kvadrat (1sm x 1sm) shaklda tasvirlanib, ular ichiga tashkiliy operatsiyaning tartib raqami va uni bajaradigan ishchining ixtisosi yozib qo’yiladi.
Karrali operatsiyalarni ustma-ust chizilgan ikkita yoki undan ortiq kvadrat shaklida tasvirlanadi.
Kvadratlar soni tasvirlangan operatsiya nechta karra bo’lsa, shuncha bo’ladi. Buyum detallarning tikilish tarkibini va asosiy qatorga tushadigan joyini ko’rsatadigan chiziqlar asosiy qatordan yuqori tasvirlanib, ularga detalning tartib raqami yoziladi va qaysi tashkiliy operatsiya joyiga kelib tushishi til bilan ko’rsatib quyiladi.
Detalning asosiy qatordagi bir operatsiyadan ikkinchisiga ko’rsatiladigan chiziqlar asosiy qatordan pastga tasvirlanib, ularga ham detalning tartib raqami yoziladi va tillar qo’yiladi. Lekin biror-bir detal asosiy detalga ulanib bo’lgan operatsiyadan keyin, bu detalning tartib raqami ko’rsatilmaydi.
Nihoyat, buyum detallarning tik chiziq bo’ylab ko’rsatilgan nomlarning chap tomonida buyum detallarning konveyer tasma uyasiga tahlash tartibi ko’rsatiladi. Bunda eng keyin tikiladigan kiyim detali uyaga birinchi navbatda tushish kerak bo’lgani uchun, unga «1» - tartib raqami berilib, undan keyin uyaga tushadigan kiyim detallarning tartib raqamlari shu uyaga tushish tartibida yuqoridan pastga yozib tushiladi. Bitta tashkiliy operatsiyaga barobar tushadigan buyum detallarga esa, bitta tartib raqami beriladi.
HISOBOTGA QO’YILGAN TALABLAR
Ushbu laboratoriya mashg’ulotni rasmiylashtirilganda quyidagilarni berilishi lozim:
Moslik koeffisientini hisoblang.