9- AMALIY MASHG’ULOTI MAVZU: Ishlab chiqarish oqimida ish o’rinlarini joylashtirish va sex planini tuzish
ISH MAZMUNI
1.Mexnat predmetlarini uzatish uchun transport vositalarini tanlash.
2.Erkin maromli oqimda ish о’rinlarini joylashtirish
USLUBIY KO’RSATMA
Sex planini tuzish laboratoriyaga ishning so’nggi bosqichi bo’lib, unda uchta asosiy masala yechilishi kerak:
Ishlab chiqarish oqimdagi tikilayotgan assortimentga nisbatan ish o’rinlarning qadami va turlarini tanlash.
Ishlab chiqarish oqimdagi ish o’rinlarini texnologik sxema bo’yicha tashkiliy operatsiyalariga mos tartibda joylashtirish.
Ishlab chiqarish oqimlarni sex maydoni bo’yicha joylashtirish.
Universal va mahsus mashinalarga, qo’lda dajariladigan va dazmollash operatsiyalariga mo’ljallangan ish stollarining o’lchamlari, shuningdek press va boshqa uskunalarning o’lchamlari ishlab chiqarish oqimida tikilayotgan assortimentga va kiyim detallarning katta-kichikligiga qarab tanlab olinadi.
Konveyerli ishlab chiqarish oqimlarda ish o’rinlari faqat ko’ndalang joylashtiriladi.
Bunda ish o’rindagi ishchi konveyer tasmasidan buyumlari chap qo’li bilan olib va chap qo’li bilan buyumlarni konveyer tasmasiga qaytarish kerak. Konveyer tasmasining ishchi qarab o’tirgan tomondan o’ng tomonga harakatlanishi qulay hisoblanadi.
Guruhli agregat ishlab chiqarish oqimlarda ish o’rinlarini joylashtirishning hamma mumkin bo’lgan hollaridan (ko’ndalang, uzunasiga, qiyamasiga va burchakma-burchak joylashtirishdan) foydalanish mumkin. Bunda ish o’rinlari bir- biriga bevosita yaqin bo’lib buyumni uzatish ham, uni chap qo’li bilan ham qulaylik yaratilish kerak.
Ishchi ishlaydigan maydon kengligi har ikkala ishlab chiqarish oqim shakllari uchun quyidagicha tavsiya etiladi:
tik turib bajariladigan dazmollash va qo’l ishi o’rinlarida – 0,5 m;
buyumni ish stoliga qo’yib o’tirib bajariladigan operatsiyalarda – 0,55 m;
buyumni tizzaga olib, o’tirib bajariladigan operatsiyalarida 0,75m.
Buyumni presslash ish joylarida issiqlikdan saqlash maqsadida to’siq ko’zda tutiladi.
Bunda:
press bilan boshqa uskuna oralig’i (ishchining ish joyi ko’zda tutilmagan bo’lsa) (K=0,4:0,8 m);
presslar oralig’i (ishchining ish joyi ko’zda tutilsa) – L=0,8 m yoki L=0,4:0,6 m (ishchining ish joyi ko’zda to’tilmagan bo’lsa);
press bilan boshqa uskuna oralig’i (ishchining ish joyi ko’zda to’tilgan bo’lsa) M = 0,9:1,4 m.
Ishlab chiqarish oqimida ish o’rinlarini joylashtirishda ishlab chiqarish oqimidagi hamma ish o’rinlarining 5:10 % miqdorida rezerv ish o’rinlari bo’lishini ham nazarda tutiladi.
Rezerv ish o’rinlari ish hajmiga nisbatan ko’proq uchastkalarda yoki murakkabroq operatsiyalar bajariladigan joylarda o’rnatiladi. Ishlab chiqarish oqim boshlanadigan joyda bichiqlarni ishlab chiqarish oqimga uzatish joyi mumkin qadar yaqin joylashib, ayni vaqtda konveyerning harakatlantiruvchi stansiyasiga ko’proq vazifasini o’taydigan stol ishlab chiqarish oqimga bichiqlar uzatuvchining ish o’rni bo’ladi.
Tayyor buyum ishlab chiqarish oqimdan chiqadigan joy esa tayyor buyumni omborga topshiriladigan joyga mumkin qadar yaqin bo’lishi kerak, bunda:
a) bichiqlarning ishlab chiqarish oqimiga uzatish joyining kengligi:
paltolar uchun – 2,25 m;
kostyumlar uchun – 1,8:2 m;
ko’ylak va ich kiyimlar uchun – 1,5:1,8 m.
b) bichiqlarning ishlab chiqarish oqimga uzatish joyining uzunligi mashina sanoat stoli uzunligiga teng;
c) bichiqlarni ishlab chiqarish oqimidan buyumni bitqazib chiqarish joy ulagich kengligi – 0,4 m;
d) ishlab chiqarish oqimdan buyumni bitqazib chiqarish joy ulagichini kengligi – 0,6 m;
e) ulagichga nisbatan stolni turtib chiqqan joyning o’lchami (ishlab chiqarish oqimdan buyumni bitqazib chiqarish joyida) – 0,4 m;
f) konveyerning en devorining kengligi – 0,1 m;
g) ikki chiziqli konveyerning o’rtadagi devor kengligi – 0,15:0,2 m;
h) taranglovchi stansiya oldidagi ish o’rinning kengligi, ya’ni ishlab chiqarish oqimdan bitqazib chiqarish stoli – 0,8:1,2 m.
Ishlab chiqarish oqimdagi ish o’rinlarning texnologik sxema bo’yicha tashkiliy operatsiyalarga mos tartibda joylashtirilishidan so’ng, ishlab chiqarish oqimini sex maydonida joylashtirishga kirilishadi.
Sexning kengligini 18, 24 va 36 m olish tavsiya etiladi. Ishlab chiqarish oqimini sex maydoniga joylashtirishda qu’yidagi talablarni nazarda tutmoq kerak:
Ishlab chiqarish oqimga tushurish joyini qadar sexga bichiqlar keltiriladigan joyiga va bitqazib chiqarish joy esa tayyor buyumni omborga topshiriladigan joyga yaqin bo’lishi kerak. Bunda sexning qarama-qarshi tomonlari nazarda tutilib, tayyor mahsulotni emas, balki bichiqlarni tavsiya etiladi.
Ishlab chiqarish oqimining uzunligi 35 metrdan ortiq bo’lsa, 1,5:2,0 m kenglikda ko’ndalangiga (eniga) tushgan o’tish joylari ko’zda tutiladi. Agar ishlab chiqarish oqimga tushurish yoki bitqazib chiqarish joyi ko’ndalangiga (eniga) tushgan o’tish joyda joylashtirilgan bo’lsa, unda o’tish joyining kengligi 2,0:2,5 metrga ko’paytiriladi.
Ishlab chiqarish oqimlarni joylashtirishda sexning eni va uzunasi bo’ylab o’tish yo’llari quyidagicha:
- yon tomon devorlaridan ishlab chiqarish oqim boshlanadigan va tamom bo’ladigan joygacha – 2:4,5 m;
- ishlab chiqarish oqimning yon tomonidan devorgacha – 1,1:1,2 m;
- ishlab chiqarish oqimlarning orasidagi yo’l (asosiy o’tish yo’li) sexning uzunasi bo’ylab – 2,5:3,0 m;
- ishlab chiqarish oqimlarning orasidagi yo’l (asosiy o’tish yo’lidan tashqari) sehning eni bo’ylab – 1,5:2 m;
- ishlab chiqarish oqimdagi ish o’rinlari bilan tirgak ustunlar oralig’i – 0,2:0,4 m;
Ishlab chiqarish oqimlardan tashqari sexda tayyor buyumlarni va bichiqlarni saqlash uchun javonlar ko’zda tutiladi:
- bichiqlar uchun stollar – 2,0 x 0,7 x 0,8 m;
- yarim mahsulot uchun katak javonlar:
- javonning kengligi 0,5:0,7 m;
- katakning kengligi 0,25:0,4 m;
- katakning balandligi 0,2:0,25 m.
Javonni qavat soni zahira miqdoriga bog’liq:
- tayyor buyumlarni vaqtincha saqlash uchun javonli aravachalar (buyumni taxlab saqlash uchun) yoki harakatlanuvchi kronshteynlar (buyumni osilgan holda saqlash uchun).
Bichiq va tayyor buyumni tashish uchun sex maydonida liftlar ko’zda tutiladi. Liftning o’lchami 1,5 x 2,0 m yoki 2,0 x 2,0 m teng.
Yuqoridagi talablarga rioya qilib, o’tish joylarning kengligi belgilanadi va sexning uzunligi aniqlanadi.
Sexning uzunligi quyidagi formula bo’yicha topiladi:
Bunda: - sex uzunasi joylashtirilgan ishlab chiqarish oqimlar uzunligi yig’indisi:
T - sexning yon tomon devorlardan ishlab chiqarish oqim boshlanadigan va tamom bo’ladigan joygacha masofa – 2:4,5 m hisobida olinadi;
K - sex uzunasi bo’ylab joylashtirilgan ishlab chiqarish oqimlar soni;
P - sex uzunasi bo’ylab ishlab chiqarish oqimlar orasidagi o’tish yo’li – 1,5:3,0 m hisobida olinadi;
Z - ishlab chiqarish oqimga buyum bichiqlarini tushurish joyining kengligi 1,5:2,5 m hisobida olinadi;
V - buyumni bitqazib chiqarish joyining kengligi – 0,8:1,2 m hisobida olinadi.
Eslatma: ishlab chiqarish oqimga buyumni tushurish va bitqazib chiqarish joyi borligiga qarab o’tish yo’llarining kengligi qabul qilinadi. O’tish joylarida ishlab chiqarish oqimga buyumni tushurish va bitqazib chiqarish o’rinlari bo’lganida, o’tish joylari imkoni boricha kengroq qilib belgilanadi, bo’lmaganda esa torroq qilib belgilanadi.
HISOBOTGA QO’YILGAN TALABLAR
Ushbu amaliy mashg’ulotni rasmiylashtirilganda quyidagilarni berilishi lozim:
Millimetr qog’ozida 1:10 masshtabida ish sexining plani.
Bajarilgan sex planiga qisqacha ta’rif.
TEKSHIRISH UCHUN SAVOLLAR
1.Ishchi o’rinlarini kengligini ifodalab bering.
2.O’tish yo’llari qanday turlarga bo’linadi?
3.O’tish yo’llar kengligini ifodalab bering.
4.Ishlab chiqarish oqimlari sex maydonida joylashtirish qoidalarini ifodalab bering.
5.Tikuv sex uzunligi qanday aniqlanadi?