Milliy libos, kashtachilik, to’qimachilik


Mustaqil ishini rasmiylashtirish tartibi



Yüklə 1,83 Mb.
səhifə63/71
tarix04.04.2023
ölçüsü1,83 Mb.
#93221
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   71
Texnologik jarayonlarni loyixalash O\'quv uslubiy majmua 2021

3.Mustaqil ishini rasmiylashtirish tartibi
Talabalar mustaqil ishlarni rasmiylashtirishda fanning xususiyati kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Masalan, ba’zi bir fanlardan kurs ishi (loyihasi)ni va hisobgrafik ishlarini bajarish, maketlar, modellar va namunalar yaratish uchun kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan ishlab chiqilgan uslubiy ko’rsatmalarda belgilangan hajmda, fanlardan berilgan mavzu bo’yicha referatlar tayyorlash esa kompyuterlarda kamida 10-15 sahifali hajmda, ilmiy maqola, anjumanlarga ma’ruza tezislarini tayyorlash belgilangan hajmda rasmiylashtiriladi.
4.Mustaqil ishining axborot ta’minoti
Talaba uchun muayyan fan bo’yicha mustaqil ish topshiriqlari tegishli kafedra professor-o’qituvchilari (yoki yetakchi dosentlari) tomonidan o’quv mashg’ulotlarini olib boruvchi professor-o’qituvchilar ishtirokida tuziladi va kafedra mudiri tomonidan tasdiqlanadi. Talabalarga berilgan topshiriqlarda mustaqil ishni ba jarish bo’yicha ko’rsatma va tavsiyalar berish lozim bo’ladi.
Mustaqil ishlarni bajarish uchun talabalarga axborot manbaasi sifatida darslik va o’quv qo’llanmalar, uslubiy qo’llanmalar va ko’rsatmalar, ma’lumotlar to’plami va banki, ilmiy va ommaviy davriy nashrlar, Internet tarmog’idagi soha bo’yicha ma’lumotlar, me’yoriy hujjatlar va boshqalar xizmat qiladi.
Kafedra mudiri va fakultet dekanlari taqdimnomasi asosida institut rahbariyati talabalarga mustaqil ishlarni bajarish uchun zaruriy axborot manbaa va vositalarini belgilaydi va lozim bo’lganda talabalarga turli kutubxonalar, muzeylar, tarmoq muassasalari va korxonalarida mustaqil ish uchun zaruriy ma’lumotlar to’plash yuzasidan so’rovnoma xatlari rasmiylashtiradi.
Institut rahbaryati tomonidan talabalarga mustaqil ishlarni o’z vaqtida bajarish uchun kompyuter texnikasi va Internet tarmog’idan samarali foydalanish uchun shart-sharoit yaratib beriladi, talabalarning mavjud zamonaviy kompyuter texnikasi bilan ishlashlari uchun aniq jadvallar ishlab chiqiladi va nazorat qilinadi.

Yüklə 1,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin