Milliy libos, kashtachilik, to’qimachilik


Asosiy va qo’shimcha o’tish yo’llarini belgilash



Yüklə 1,83 Mb.
səhifə38/71
tarix04.04.2023
ölçüsü1,83 Mb.
#93221
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   71
Texnologik jarayonlarni loyixalash O\'quv uslubiy majmua 2021

Asosiy va qo’shimcha o’tish yo’llarini belgilash.

Ishlab chiqarish oqimidagi ish o’rinlarining texnologik sxema bo’yicha tashkiliy operatsiyalarga mos tartibda joylashtirishdan so’ng, ishlab chiqarish oqimini sex maydonida joylashtirishga kirishiladi.
Sexning kengligini 18 m olish tavsiya etiladi.
Ishlab chiqarish oqimlarini joylashtirishda sexning eni va uzunasi bo’ylab o’tish yo’llari quyidagicha (5-rasmga qarang)
- Yon tomon devorlaridan ishlab chiqarish oqim boshlanadigan va tamom bo’ladigan joygacha - 3,54.5 m;
- ishlab chiqarish oqimining yon tomonidan devorgacha- 1.11.2;
- ishlab chiqarish oqimlarining orasidagi yo’l (asosiy o’tish yo’li) sexining uzunasi bo’ylab-2.53.0 m;
- ishlab chiqarish oqimlarining orasidagi yo’l (asosiy o’tish yo’lidan tashqari) sexning eni bo’ylab -1.52.5;
- ishlab chiqarish oqimidagi ish o’rinlari bilan tirgak ustunlar oralig’i - 0.20.4 m;
Bichiq va tayyor buyumni tashish uchun sex maydonida liftlar ko’zda tutiladi. Liftning o’lchami 1,5*1,5m, yoki 2,0*2,0 m ga teng.
Yuqoridagi talablarga rioya qilib, sexning kengligi belgilanadi va sexning uzunligi aniqlanadi. Ishlab chiqarish oqimiga buyumni tushurish va bitkazib chiqarish joyi borligiga qarab o’tish yo’llarini kengligi qabul qilinadi. O’tish joylarida ishlab chiqarish oqimga buyumni tushurish va bitkazib chiqarish o’rinlari bo’lganida o’tish joylari imkoni boricha kengroq qilib belgilanadi, bo’lmaganida esa torroq qilib belgilanadi.
Tushuntirish xatida bu bo’lim bo’yicha quyidagilar beriladi:
- bajarilgan sex planiga qisqacha ta’rif;
- 1:100 masshtabida vatman chizma qog’ozidan loyihalashgan sexning plani.
Sexning ixtisoslashtirilishiga qarab qo’shimcha tikib bitkazib chiqarish uchun tikuv buyum turlari tanlanadi va hisoblanadi. Natijalari 17- jadvalga tushuriladi.
Nazorat savollari.

        1. Ishchi o’rinlarini kengligini ifodalab bering.

        2. O’tish yo’llari qanday turlarga bo’linadi?

        3. O’tish yo’llar kengligini ifodalab bering.

        4. Ishlab chiqarish oqimlari sex maydonida joylashtirish qoidalarini ifodalab bering.

        5. Tikuv sex uzunligi qanday aniqlanadi?




Yüklə 1,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin