Milliy libos, kashtachilik, to’qimachilik


Ish natijalarini xisobga olish va taxlil qilish



Yüklə 1,83 Mb.
səhifə41/71
tarix04.04.2023
ölçüsü1,83 Mb.
#93221
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   71
Texnologik jarayonlarni loyixalash O\'quv uslubiy majmua 2021

Ish natijalarini xisobga olish va taxlil qilish
Modul tikuv oqimidagi master ish joyida o’rnatish vazifasini bajaradi. Har bir ishchiga turli xil operatsiyalarni biriktirish oldindan shakllangan tashkiliy-texnologik sxema asosida amalga oshiriladi. Amaldagi ishlab chiqarish haqidagi operativ ma’lumotni kiritish masterga tanlangan vaqt oralig’ida har bir ishchini ish bilan ta’minlanganlik darajasini baxolash, ish xaqini hisoblash, olingan ma’lumotlarni buxgalteriya tizimiga uzatish imkonini beradi. Modul buyum quvvati xajmida bajarilgan texnologik operatsiyalar sonini mosligini nazorat qilish imkonini beradi.
Nazorat savollari:

  1. Qo’shimcha assortiment qanday tanlanadi?

  2. Qo’shimcha oqimdagi ishchilar qanday aniqlanadi?

  3. Qo’shimcha assortimentning jadvalida qanday ko’rsatkichlar kiradi?

  4. Tikuv sexida qo’shimcha assortiment qanday ko’rsatiladi?

  5. Qo’shimcha assortimentning asosiy ko’rsatkichlari qanday aniqlanadi?



19-MA’RUZA.
Mavzu: ISHLAB CHIQARISHNI TEXNIK TAYYORLASH TEXNOLOGIK JARAYONI. (2-soat)
Reja:
1. Tajriba sexi vazifasi.
2. Tajriba sexini loyihalash.
3. Yangi modellarni ishlab chiqarishga konstruktiv va texnologik tayyorlash.
4. Andazalarni joylashtirish.

  1. Tajriba sexi vazifasi.

Tajriba sexining asosiy vazifasi – modellarni ishlab chiqarishga o’z vaqtida, sifatli tayyorlab berish (yangi modellarni yaratish va konstruktsiyasini tuzish, andozalarni, trafaret, joylashmalarni nurli nusxasini tayyorlash, model texnik xujjatini ishlab chiqish, gazlamalardan ratsional foydalanishni ta’minlash, yuqori unumdorli texnologiyani ishlab chiqish, yangi model namunasini va sinov partiyasini tikish, yangi asbob–uskuna va mexanizatsiya vositalarini sinovdan o’tkazish, materiallarni sinash va hususiyatlarini aniqlash, ishlab chiqarish jarayonini nazorat qilish).
Qo’yilgan vazifani yechish uchun, sexda qo’llaniladigan asbob-uskuna turiga qarab, tajriba sexining ishlab chiqarish jarayoni tuziladi. Bu sexda barcha ishlar bosqichlarga bo’linadi va ular tegishli gurux tomonidan bajariladi:

  1. Modelchi-konstruktorlar guruxi.

  2. Andozachilar guruxi.

  3. Normalovchilar guruxi.

  4. Texnologik guruxi.

  5. Gazlamalarni xususiyatini aniqlash laboratoriyasi.

Sexdagi barcha ishlar an’anaviy usulda, ya’ni qo’lda, hisoblash texnikasini qo’llamay va tikuv buyumlarni avtomatlashtirilgan loyixalash tizimlarini (SAPR) qo’llab bajarish mumkin.
Modellarni ishlab chiqarishga tayyorlash an’anaviy usulini ko’rib chiqamiz.
Tikuv korxonalarida rassom-modelyer tomonidan zamonaviy moda yo’nalishini va buyumga qo’yiladigan talablarni hisobga olgan holda yangi modellar yaratiladi. Rassom-modeler tomonidan quyidagi ishlar bajariladi:

  • moda yo’nalishini o’rganish;

  • yangi model tasnifini tuzish (mo’ljallangan gazlama turi, modelni tavsiya etiladigan o’lcham va bo’yi va x.k.);

  • yangi model eskizlarini chizish va o’xshash modellarni taxlil qilish;

  • yeng maqbul modelni tanlash va model tejamliligini baxolash

  • (texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarini hisoblamasdan);

  • asos konstruktsiyasini tuzish usulini tanlash va modellash;

  • buyumning asosiy bo’laklariga ishlov berish usullarini tanlash;

  • dastlabki andozalarni tayyorlash;

  • material tanlash (avra, astar va qo’shimcha);

  • maneken qomatiga mo’ljallab buyumni bichish va tikish;

  • modelni texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarini aniqlash;

  • yangi model namunasini Badiiy-texnik kengashda tasdiqlatish.

Ko’p korxonalarda yangi model manekenga tikilmay, balki bir yo’la o’rtacha o’lcham va bo’y uchun tipovoy qomatga tikiladi. Unda rassom-modeler faqat yangi model eskizini yaratadi, texnik-konstruktorlar tomonidan buyumning o’lcham va bo’y o’rtacha bo’lgan kiyim uchun asos konstruktsiya tuziladi va namuna tayyorlanadi. Modelni loyixalashni bu usuli model -konstruktsiya deb ataladi. Yangi model konstruktsiyasini yaratish asos konstruktsiyani modellash yo’li bilan erishiladi. Bunda unifikatsiyalashtirilgan detal va ishlov berish usullaridan keng foydalaniladi.
Ba’zi kiyimlarni loyixalashda unifikatsiyalashtirilgan detallarni transformatsiyalash usulidan foydalaniladi. Bu usul bitta seriyadagi kiyimlarni tayyorlashda bir xil andoza va joylashmalardan foydalanish imkoniyatini yaratadi. Bu esa model yaratishni barcha bosqichlarida sarflanadigan vaqtni tejashga olib keladi. Konstruktorlarning ishi faqat to’g’ri keladigan andozalarni tanlab olish va modellashtirishdan iborat bo’ladi. Bu usul tipovoy loyixalash deb ataladi. Hozirgi vaqtda bu usuldan keng foydalanilmoqda.
Yangi modellar Modellar uyida yaratilishi mumkin. Unda korxonaga model namunasi bilan birga modelning texnik xujjati, asosiy o’lcham va bo’y uchun andozalar keladi. Model konstruktsiyasi korxonaning tajriba sexida tekshirib ko’riladi: texnik xujjatlar tekshiriladi, model konstruktsiyasi va texnologiyasi korxonada qo’llaniladigan texnikani hisobga olgan holda aniqlanadi, model namunasi Badiiy kengashda tasdiqlanadi, sinov partiyasi tikiladi. Agar buyurtma katta bo’lmasa sinov partiyasi tikilmay faqat model namunasi tikiladi.




  1. Yüklə 1,83 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin