Xisobni bajarish Tizimning bazaviy modul dasturiy ta’minotida texnologik operatsiya sarf vaqtini normalash va ish xaqini aniqlash bo’yicha hisobni olib borish imkoniyati ko’zda tutilgan. Hisob natijalari buyumni tayyorlash vaqti va ishlov berish narxini aniqlash uchun qo’llaniladi. Qo’llaniladigan formulalar, koeffitsientlar va hisoblanuvchi ifodaning ketma-ketligi qat’iy aniqlikda bo’lmaydi va uni qisman o’zgartirish mumkin.
Loyixa xujjatlarini shakllantirish Tizim bosmaga berish va monitor ekranida tayyor texnologik xujjat («Texnologik operatsiyalar ma’lumotnomasi», «Uzelga ishlov berish usuli», «Texnologik operatsiya tavsifi», «Muxandislik ta’minot xaritasi», «Buyum tashqi ko’rinishi tavsifi») formatida loyixalash natijalarini aks ettirish imkonini beradi. Turlar soni va hisobotni rasmiylashtirish chegaralanmagan.
Furniturani xisoblash moduli Modul buyumni tayyorlash uchun kerak bo’ladigan barcha iplar sarfini hisoblash vazifasini bajaradi. Hisobni bajarishda bitta texnologik operatsiya uchun bir nechta ip turlarini (nomeri, to’la tarkibi, rangi bo’yicha) berish mumkin, bunda har bir ip turining umumiy ip sarfidan ulushi ko’rsatiladi. Hisobni bajarishda asbob-uskuna turi, paketdagi gazlama qavatlari soni, gazlama turi va texnologik yo’qotishlarni hisobga olib, 1 sm chokdagi ip sarfini aniqlashda tarmoq me’yorlaridan foydalaniladi.
Tizimda shakllanuvchi xujjat boshqa materiallarning va furnituraning sarfi haqidagi ma’lumotni o’z ichiga kiritishi mumkin.
Ishlab chiqarishni loyixalash jarayonining moduli Tikuv oqimining asosiy xujjati - tashkiliy-texnologik sxemani shakllantirish-loyixalanayotgan buyum modelini tayyorlash bo’yicha yaratilgan texnologik operatsiyalar ma’lumotnomasining bazaviy modulini qo’llash bilan amalga oshiriladi. Avtomatlashtirilgan rejimda tashkiliy-texnologik sxemaning bir nechta variantini shakllanishi va oqimdagi maqbul ishchilar sonini tanlash masalasi yechiladi. Modul interaktiv rejimda to’g’rlash va tashkiliy operatsiyalarni shakllanish imkonini beradi. Olingan tashkiliy-texnologik yechimni taxlil qilish uchun oqim ma’romi bilan tashkiliy operatsiyalarni bajarish vaqtining moslik diagrammasi qo’llaniladi.