Milliy matolarimizning kelib chiqish tarixi
Shaxlo Sobirjon qizi To’laboyeva
Qurbonali Madaminovich Xoliqov
Namangan muhandislik-texnologiya instituti
Annotatsiya: Ushbu maqolamizda milliy matolarimiz kelib chiqishi, turlari va
qanday usullarda bo’lgani, bir so’z bilan aytganda adras matosining to’qilishi, undagi
rang bo’yoqlarini berilish uslubi, qisqacha yoritib berilgan. Milliy matolarimizni
o’rganish dizayn soxasiga o’zbekona qarash, va hunarmandchilikni yanada
rivojlantirish, to’qimachilik sanoati kenggaytirish, milliy liboslarni loyihalashda turli
xil ipakli matolardan foydalanishni tushuntirishga xarakat qilinadi.
Kalit so’zlar: Milliy, rang, ip, ipak, gazlama, to’qimachilik, san’at, mato,
o’tmish, kiyim,
History of the origin of our national fabrics
Shahlo Sobirjon qizi Tulaboyeva
Kurbanali Madaminovich Kholikov
Namangan Institute of Engineering and Technology
Abstract: This article gives a brief overview of the origin, types and methods of
making our national fabrics, in a word, the quality of adras fabric, the method of
dyeing. The study of our national fabrics will try to explain the Uzbek approach to
design and the further development of crafts, the expansion of the textile industry, the
use of various silk fabrics in the design of national costumes.
Keywords: National, color, thread, silk, the cloth, textile, art, the cloth, history,
clothes.
Tomchidek dur minglab harsang toshlaridan qimmatroq bo’lganidek, o’zbek
xunarmandlarining qalb qo’ridan yaralgan atlas va adras ham ko’plab matolardan
qadirliroq.
XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr bоshlarida O’zbekistоn to’qimachilik
san’ati va dekоrativ amaliy san’ati keng rivоjlangan edi. An’anaviy o’zbek shоyilari
(kaunas, shоyi, xоnatlas), nimshоyilar ( beqasam, banоras, parpasha, adras) Buxоrо,
Samarqand, Namangan va bоshqa shaharlarda ishlab chiqarilardi. O’rta Оsiyo
aslzоdalari shu gazmоllardan kiyim kiyishardi. Kambag’al ahоlining kiyimi asоsan ip
matоlardan (bo’z, оlacha, susi, janda) bo’lardi [1].
"Science and Education" Scientific Journal
April 2021 / Volume 2 Issue 4
www.openscience.uz
51
O’zbek milliy kiyimlarini tikishda ishlatiladigan asosiy matolarga ip-gazlama,
ipak, jun va gazlamalar kiradi. Ip-gazlama matolarining turlari va navlari juda ham
ko’p. Uy sharoitida ip, jun, pilla, teri va boshqa narsalardan mato tayyorlash
O’zbekistonda juda qadimdan mavjud bo’lgan. Ipakli va yarim ipakli matolar ishlab
chiqarish qisman cheklangan edi. Bu soha asosan ma’lum hududlarda to’plangan
bo’lib, ipakli va yarim ipakli matolardan yuqori sinf vakillarigina foydalanishgan.
Chunonchi, ipakli va yarim ipakli matolar ishlab chiqarish Buxoro, Xiva va Qo’qon
xonliklari markazlarida, ularga qarashli yirik shahar va qishloqlarda yo’lga qo’yilgan
edi. Oddiy mehnatkashlar esa asosan ip - gazlama matolardan foydalangan. Oddiy
matolar kundalik yurish - turish uchun, ipakli va yarim ipakli matolardan esa to’y -
tantana, bayramlarda kiyish uchun kiyimlar tikilgan.
O’tmishda o’lkamizdagi butun shaharlar faqat ma’lum bir nav va ranglardagi
gazlamani to’qishga ixtisoslashgan edi. Badiiy to’quvchilikning mahalliy maktablari
mavjud edi. Bularning bari matolarni bo’yash san’atining yuksakligi, mahalliy
gazlama to’qish uslublari, ular qo’lidan chiqadigan matolar rang-bo’yog’i va
gullarning bir-biriga o’xshashligi, nafisligi bilan ajralib turgan.
Quyida manashu matolarning ayrimlariga bir-ikki og’iz ta’rif berib o‘tamiz:
Beqasam - yo’l-yo’l gazmol bo’lib undan erkak va ayol bolalar uchun kundalik
kiyiladigan to’nlar, ko’rpa-ko’rpachalar tikilgan [2].
Banoras - beqasamdan rang turlari bilan farqalanib, undan ayollarning ustki
kiyimi bo’lmish paranji tikilgan.
Adras - abr iplari bilan gul solingan nimshoyi gazmoldir. Guli ikki tomonlama
bo’lganligi uchun ayrim joylarda duro’ya deb ataladi. Arqoq ipi yo’g’onroq
bo’lganligi uchun gazlama yuzasida ko’ndalang chiviqlar hosil bo’ladi. Gullari abr
usulida bo’lib sariq, ko’k, pushti, qizil ranglar qo’llanilgan.
Atlas - tanda ipi ham, arqoq ipi ham tabiiy ipakdan to’qiladigan bir yuzlama
silliq mato. Tanda ipi abr bandi usulida bo’yab bezatiladi. Alohida ishlov berib
atlasga jilo beriladi, shunga ko’ra u tovlanib turadi [3].
1-rasm. Adras matosidan namuna.
"Science and Education" Scientific Journal
April 2021 / Volume 2 Issue 4
www.openscience.uz
52
Mazkur turdagi gazlamalarni chiqaradigan to’quvchilik markazlari Samarqand,
Urgut, Nurota, Buxoro, Zandona, Farg’ona vodiysida Namangan, Beshariq
tumanlarida mavjud edi.
Adras va atlas to’qish Marg’ilonda juda qadimdan rivojlangan va boshqa
joylarga tarqalgan. XX asr bshlarida bu yerda ko’plab adras to’quvchi atlas to’quvchi
kosiblar bo’lishgan. Adras 1920- yillargacha Marg’ilon, Xo’jand, Buxoro,
Samarqand va boshqa joylarda to’qilib, O’rta Osiyo bozorlaridan tashqari
Avg’oniston, Xitoy kabi qo’shni mamlakatlarda ham sotilgan.
Iplarni abr usulida bo’yash ham kata mahorat talab etadi. E’tiborlisi, barcha
ranglar tabiiy usulda, bo’yoq beruvchi giyohlardan tayyorlanadi.
2-rasm. Adras matosining bo’yash texnologiyasi.
Abr so’zining ma’nosi bulut deb ta’riflanadi. Abr matolar er.av.XIX asrlarda
rivojlanganligi bizga ma’lum [4]. Atlas va adrasning mashhur turlari ko’p bo’lib,
hozirda atlas va adrasning o’nlab turlari uchraydi. Bular quyidagila: “Marg’ilon”,
Navro’z”, “Rasadxona”, Bibixonim”, “Nog’ora”, “Kiprik”, “Panja”, “Kelinchak”,
“Bargi karam”, “Chaqirim”, “Yahudiy nusxa”, “Nomozshomgul”, “Shaxmat”, “Qora
ko’zim”.
Xulosa: Demak milliy matolarimiz atlas va adras matolari qadimdan faqatgina
qo’l ishi sifatida mashur bo’lgan. Bugungi kunga kelib esa avtomatlashtirilgan
mashinalarda yaratilmoqda, leki hozirda ham qo’l ishi bilan yaratilgan milliy
matolarga talab yuqori. Bundan tashqari milliy matolarimizdan adrasdan milliylik va
"Science and Education" Scientific Journal
April 2021 / Volume 2 Issue 4
www.openscience.uz
53
zamonaviylikni uyg’unlashtirilgan holda ko’plab liboslar yaratilmoqda. Siz aynan
shunday ajoyib liboslarni turfa xillarini hozirgi vaqtda uchratishingiz mumkin.
Dostları ilə paylaş: |