Milliy o`quv dasturi va uning tahlili boshlang`ich sinflarda mat-fayllar.org
Milliy o`quv dasturi va uning tahlili boshlang`ich sinflarda matematik o`qitishda kompentasiyaviy yondashuv
Milliy o`quv dasturi va uning tahlili boshlang`ich sinflarda matematik o`qitishda kompentasiyaviy yondashuv.
Reja: 1. Boshlang‘ich sinf matematikasining mazmuni 2. Ilmiy-tadqiqot metodlari 3. Boshlang’ich sinflarda matematika darslarida asosiy didaktik maqsadlar Hozirda har bir maktabda ta’lim – tarbiya saramadorligini oshirish jiddiy vazifa bo’lib turibdi. Buning uchun har bir o’qituvchi o’z fanini o’qitishning eng samarali zamonaviy muammoli texnologiyalarini puxta bilishi va bu sohadagi yangiliklarni uzluksiz o’rganib borishi orqali o’z kasbiy mahoratini muntazam oshirib borishi talab qilinadi.Ta’lim jarayoniga pedagogik texnologiyalarni olib kirish “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning ikkinchi bosqich vazifalaridan biridir. Ta’lim - kelajakdagi muvaffaqiyatlar kaliti ekan, uning mahsuli sifatida bugungi o’quvchi kelajakda huquqiy-demokratik jamiyat a’zosi sifatida bu jamiyat hayotida to’laqonli ishtirok eta olishi, zamonning bozor iqtisodiyoti qo’yayotgan talablariga to’la javob bera olishi kerak. Umumiy o’rta-ta’lim jarayonining sifati va samaradorligini oshirish uchun, jumladan uzluksiz matematik ta’lim tizimi jarayonida pedagogik tajribani o’rganish va yoyish, zamonaviy muammoli texnologiyalarning nazariy hamda amaliy asoslarini yaratish zarurdir. Boshlang‘ich sinf matematika kursi maktab matematika kursining organik qismi bo‘lib hisoblanadi. V–XI sinflarda o‘qitiladigan matematikaning eng asosiy va o‘quvchilar yoshiga mos bo‘lgan elementar tushunchalari beriladi. Yuqori sinflarda shu tushunchalar kengaytirilgan, chuqurlashtirilgan va boyitilgan holda o‘qitiladi.
Demak, boshlang‘ich sinf matematikasining mazmuni yuqori sinf matematikasining mazmunini ham belgilab beradi. Boshlang‘ich matematikaning tuzilishi o‘ziga xos xususiyatlarga ega:
1. Arifmetik material kursning asosiy mazmunini tashkil qiladi. U natural sonlar arifmetikasi, asosiy miqdorlar, algebra va geometriya elementlarining propedivtik kurslari asosiy bo‘lim shaklida o‘qitilmasdan arifmetik material bilan qo‘shib o‘qitiladi.
2. Boshlang‘ich sinf materiali konsentrik tuzilgan. Masalan, oldin I-o‘nlikni raqamlash o‘qitilsa, keyin 100 ichida raqamlash va arifmetik amallar bajarish o‘qitiladi. Undan keyin 1000 ichida arifmetik amallar bajarish, keyin ko‘p xonali sonlar ichida. Bularni o‘qitish bilan birga raqamlash, miqdorlar, kasrlar, algebraik va geometrik materiallar qo‘shib o‘qitiladi.
3. Nazariya va amaliyot masalalari o‘zaro organik bog‘langan xarakterga ega.
4. Matematik tushuncha, xossa, qonuniy bog‘lanishlarni ochish kursda o‘zaro bog‘langan.
5. Har bir tushuncha rivojlantirilgan holda tushuntiriladi. Masalan, arifmetik amallarni o‘qitishdan oldin uning aniq mohiyati ochiladi, keyin amalning xossalari, keyin komponentlar orasidagi bog‘lanish, keyin amal natijasi, oxirida amallar orasidagi bog‘lanish beriladi.
6. Asosiy tushunchalar va natijaviy tushunchalar o‘zaro bog‘lanishda berilgan.
Masalan, qo‘shish asosida ko‘paytirish keltirib chiqarilgan. Boshlang‘ich matematika kursi o‘z tuzilishi bo‘yicha o‘z ichiga olgan, arifmetik, algebraik va geometrik materialdan iborat qismlarni . Boshlang‘ich matematika kursida arifmetik materialning konsentrik joylashuvi saqlanadi. Ammo, amaldagi dasturda konsentrlar soni kamaytirilgan: o‘nlik, yuzlik, minglik, ko‘p xonali sonlar. Shuni ham aytish kerak, material shunday katta guruhlashganki, unda o‘zaro bog‘langan tushunchalar, amallar, masalalarni qarash vaqt jihatdan yaqinlashtirilgan. Arifmetik amallarning xossalari va mos hisoblash usullarini o‘rganish bilan bir vaqtda arifmetik amallar natijalari bilan komponentalari orasidagi bog‘lanishlar ochib beriladi. (Masalan, agar yig‘indidan qo‘shiluvchilardan biri ayrilsa, ikkinchi qo‘shiluvchi hosil bo‘ladi.) Komponentlaridan birining o‘zgarishi bilan arifmetik amallar natijalarining o‘zgarishi kuzatiladi. Algebra elementlarini kiritish, chuqur, tushunilgan va umumlashgan o‘zlashtirish maqsadlariga javob beradi: tenglik, tengsizlik, tenglama, o‘zgaruvchi tushunchalari konkret asosda ochib beriladi.
1-sinfdan boshlab sonli tengliklar va tengsizliklar (4=4, 6=1+5, 25, 8- 3< 8-2 va hokazo) qaraladi. Ularni o‘rganish arifmetik materialni o‘rganish bilan bog‘lanadi va uni chuqurroq ochib berishga yordam beradi. 2-sinfdan boshlab (x+6)-3=2 va h.k ko‘rinishdagi tenglamalar qaraladi. Тenglamalarni yechish, oldin tanlash metodi bilan, so‘ngra amallarning natijalari bilan komponentlari orasidagi bog‘lanishlarni bilganlik asosida bajariladi. O‘zgaruvchi bilan amaliy tekshirish o‘quvchilarning funksional tasavvurlarini egallashlariga imkon beradi. Geometrik material bolalarning eng sodda geometrik figuralar bilan tanishtirish, ularning fazoviy tasavvurlarini rivojlantirish, shuningdek, arifmetik qonuniyatlarni, bog‘lanishlarni ko‘rsatmali maqsadlariga xizmat qiladi. (Masalan, to‘g‘ri to‘rtburchakning teng kvadratlarga bo‘lingan ko‘rsatmali obrazidan ko‘paytirishning o‘rin almashtirish xossasini bog‘lanishi ochib foydalaniladi...). 1-sinfdan boshlab to‘g‘ri va egri chiziqlar, kesmalar, ko‘pburchaklar va ularning elementlari, to‘g‘ri burchak va hokozo kiritilgan. O‘quvchilar geometrik figuralarni tasavvur qila olishni, ularni nomlari, katakli qog‘ozga sodda yasashlarni o‘rganib olishlari kerak. Bundan tashqari, ular kesma va siniq chiziq uzunligini, ko‘pburchak perimetrini, to‘g‘ri to‘rtburchak, kvadrat va umuman har qanday figuraning yuzini (paletka yordamida) topish malakasini egallab olishlari kerak. O‘qitish metodi tushunchasi. Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitishning maqsadlari quyidagilar: umumta’lim maqsadi, tarbiyaviy maqsadi, amaliy maqsadi. Bu maqsadlar bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, bir-birini to‘ldiradi. 1. Ta’lim maqsadi o‘qituvchidan quyidagilarni talab qiladi. a) o‘quvchilarga matematik bilimlar tizimidan, bilim, malaka ko‘nikma berish; b) haqiqiy olamni matematik metodlar bilan o‘rganish; v) o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqlarini o‘stirishni, uning sifatli bo‘lishini ta’minlash; g) o‘quvchilarga matematikadan shunday bilimlar berishni ta’minlashi kerakki, bu bilimlar orqali, faol bilish faoliyati orqali, bilim, malaka, ko‘nikmalari ortib borsin. 2. Тarbiyaviy maqsad. Matematika o‘qitish o‘quvchilarni sabotlilikka, tirishqoqlikka, puxtalikka, o‘z fikri va xulosalarini nazoarat qila olishga, ayniqsa, kuzatish, asosida aytiladigan fikrlarning ravon bo‘lishiga erishish kerak. Miqdorlar orasidagi bog‘lanishni ifodalash uchun matematikada simvollar ishlatiladi. Mana shu matematik til rivojlanishi kerak. O‘qituvchining vazifasi simvolik tilda ifodalangan matematik fikrni ona tiliga ko‘chirishga o‘rgatishdan iborat bo‘lmog‘i kerak.
Bilishga intilish, mustaqil ishdan qanoat hosil qilish tuyg‘ularini tarbiyalashi kerak. Matematika fanini o‘qitishning o‘zi o‘quvchilarda diqqat va fikrni to‘play bilishni tarbiyalaydi. O‘qituvchi quyidagilarni ta’minlashi kerak:
a) o‘quvchi moddiy olamdagi bog‘lanishlarni, miqdorlarning o‘zgarishini, birbiri bilan aloqasini anglay olishi;
b) o‘quvchilarning matematikani o‘rganishga astoydil qiziqishini ta’minlash;
d) mehnatga, vatanga insonlarga bo‘lgan munosabatini tarbiyalash, estetik did hosil qilish;
g) o‘zbek millatining tarixi, jumladan, matematika o‘qitilishi tarixiga bo‘lgan dunyoqarashni tarbiyalash;
e) o‘quvchilarning fikrlash qobiliyatini va matematik madaniyatini tarbiyalash;
3. Amaliy maqsad. Matematika o‘qitishdan kuzatilgan amaliy maqsad – o‘quvchilar olgan bilimlarni, amalda qo‘llay olishga o‘rgatishdan iborat. Olingan bilimlarni sonlar va matematik ifodalar, nuqtalar ustida bajariladigan amallarga tatbiq qila bilish, har xil masalalarni yechishda foydalana bilishga o‘rgatish. Bu bilimlarni kundalik hayotda uchraydigan masalalarni hal qilishga qo‘llay bilishga o‘rgatishdir. O‘qitish metodi tushunchasi didaktika va metodikaning asosiy tushunchalaridan biri. Shunday qilib o‘qitish metodlari o‘zlashtirish, tarbiyalash va rivojlanish kabi uchta asosiy vazifani bajaradi. O‘qitish metodlaridan, ta’limning yangi mazmuniga, yangi vazifalariga mos keladiganlariga ongli tanlab olish uchun oldin hamma o‘qitish metodlarini tasniflashni o‘rganib chiqish zarur.
1. Ilmiy-tadqiqot metodlari haqida ma’lumot.
Pedagogik tarbiyalashga oid ish tajribalarni o‘rganmay va umumlashtirmay, pedagogik jarayonini chuqur tadqiq qilmay turib pedagogikani rivojlantirib bo‘lmaydi. Hozirgi ta’lim-tarbiya pedagogikani ilmiy bilishning umumiy metodi bilan qurollantiradi, ammo boshqa har qanday fan kabi pedagogika fanining ham xususiy tadqiqot metodlari mavjud. Ilmiy tadqiqot metodlari - bu qonuniy bog‘lanishlarni, munosabatlarni, aloqalarni o‘rnatish va ilmiy nazariyalarni tuzish maqsadida ilmiy axborotlarni olish usullaridir. Kuzatish, tajriba, maktab hujjatlari bilan tanishish, o‘rganish, suhbat va so‘rovnomalar o‘tkazish, ilmiy pedagogik tadqiqot metodlari jumlasiga kiradi. So‘nggi vaqtlarda matematik va kibernetik metodlardan, shuningdek, modellashtirish metodlaridan foydalanish qayd qilinmoqda. Boshlang‘ich matematika o‘qitish metodikasida butun pedagogik tadqiqotlarda qo‘llaniladigan metodlarning o‘zidan foydalaniladi.
2. Kuzatish metodi.
Kuzatish metodi – odatdagi sharoitda kuzatish natijalarini tegishlicha qayd qilish bilan pedagogik jarayonni bevosita maqsadga yo‘naltirilgan holda idrok qilishdan iborat. Kuzatish metodidan o‘quv-tarbiya ishining u yoki bu sohasidagi ishning qanday borayotganini o‘rganish uchun foydalaniladi. Bu metod o‘qituvchi va o‘quvchilarning faoliyatlari haqida majbur qilinmagan tabiiy sharoitda faktik material to‘plash imkonini beradi. Kuzatish vaqtida tadqiqotchi o‘quv jarayonining odatdagi borishiga aralashmaydi. Kuzatish aniq maqsadni ko‘zlangan reja asosida uzoq yoki yaqin vaqt oralig‘ida davom etadi. Kuzatishning borishi, faktlar, sodir bo‘layotgan voqealar, jihozlar kuzatish kundaligiga qayd qilinib boriladi. Kuzatish tutash yoki tanlama bo‘lishi mumkin. Тutash kuzatishda kengroq olingan hodisa (masalan, matematika darslarida kichik yoshdagi o‘quvchilarning bilish faoliyatlari), tanlama kuzatashda kichik-kichik hajmdagi hodisalar (masalan, matematika darslarida o‘quvchilarning mustaqil ishlari) kuzatiladi. Qaror yozish yoki kundalik yuritish kuzatishni qayd qilishning eng sodda metodidir. Ammo kuzatishlarni qayd qilishning eng ishonchli metodi texnik vositalar, video, foto va kinosyomkadan, teleekrandan foydalanishdir. Foydalaniladigan kuzatish metodlaridan biri ilg‘or pedagogik tajribani o‘rganish va umumlashtirishdan iborat. Bu metoddan muvaffaqiyatli foydalanishning majburiy asosiy sharti shundan iboratki, o‘qituvchilar tajribasining tavsifi qo‘yilgan tadqiqot vazifasiga javob beradigan bo‘lishi kerak (bizning mamlakatimizda ilg‘or pedagogik tajribani o‘rganishga doir katta ish olib borilmoqda. Bu tajribaning umumlashtirilishi ilmiy-amaliy konferensiyalarning va pedagogika o‘qishlarining materiallari to‘plamlarida, monografiyalarda va jurnal maqolalaridaaxboroy tehnologiyalarini qo‘llash jarayonida o‘z aksini topmoqda).
3. Tajriba
Tajriba - bu ham kuzatish bo‘lib, maxsus tashkil qilingan, tadqiqotchi tomonidan nazorat qilib turiladigan va tizimli ravishda o‘zgartirib turiladigan sharoitda o‘tkaziladi. Pedagogik Tajriba o‘qitishning va tarbiyalashning u yoki bu usulining, ko‘rsatma – qo‘llanmalarining samaradorligini tadqiq qilishda qo‘llaniladi. Tajriba o‘tkazishdan oldin tadqiqotchi tadqiq qilinishi kerak bo‘lgan masalalarni aniq ifodalab olishi, bunday masalalarni hal qilinishi maktab amaliyotida va pedagogika fani uchun ahamiyatga ega bo‘lishi kerak. Tajriba o‘tkazishdan oldin tadqiqotchi o‘rganish predmeti bo‘lmish masalaning nazariyasi va tarixi bilan, shuningdek, shu soha bo‘yicha amaliy ish tajribasi bilan tanishib chiqadi. Тadqiqotda ilmiy farazni o‘rni katta ahamiyatga ega. Butun tajribani tashkil qilish ilmiy farazni tekshirishga yo‘naltiriladi. U material to‘plash yo‘larini belgilash imkonini beradi, tadqiqotchining faktik materialda chalkashib ketishiga yo‘l qo’ymaydi.
Tajriba natijalarini tahlil qilish, taqqoslash metodi bilan o‘tkaziladi. Buning uchun ikki yoki bir necha guruh tuziladi, bu guruhlarga kirgan o‘quvchilar tarkibi bo‘yicha tayyorgarlik darajalari va boshqa ko‘rsatkichlar bo‘yicha imkoni boricha bir xilda bo‘lishi kerak. Bir xil sinflarda tadqiqotchi tomonidan maxsus ishlab chiqilgan tajriba materiali bo‘yicha ish bajariladi. Тaqqoslash uchun nazorat sinflari tanlanadi, bu sinflar o‘quvchilar tarkibi, ularning bilim darajalari bo‘yicha taxminan tajriba sinflarga teng kuchli bo‘lishi kerak, bu sinflarda matematika tajriba sinflarda qo‘llaniladigan metodlar, vositalar va boshqalar qo‘llanilmaydi. Tajriba natijalari haqida obektiv ma’lumotlar olishning boshqa usullaridan ham foydalaniladi: 1. Tajriba-sinov o‘tkaziladigan sinflarda boshlang‘ich shartlar nazorat sinfidagiga qaraganda bir muncha eng qulayroqdir; agar tajriba sinflarda bunday sharoitlarda yaxshi natijalar olingan bo‘lsa, masalani tajriba hal qilishi o‘zini oqlagan hisoblanadi; 2. O‘quvchilarnig tarkibi taxminan bir xil bo‘lgan ikkita sinf olinadi; tadqiq qilinayotgan masalaning yangi yechimi shu sinflarning bittasida qullaniladi, so‘ngra boshqa mavzu materiallarida ikkinchi bir sinfda qo‘llaniladi; agar bunday qo‘llanishdagi yangi metod, usul yaxshi natija bersa, bu usul, metod o‘zini oqlagan bo‘ladi. Tajribani boshlashdan oldin, uning oraliq bosqichlarida va oxirida hamma sinf o‘quvchilarining bilimlari tekshiriladi. Olingan ma’lumotlarni tahlil qilish asosida tadqiq qilinayotgan metodning, usulning va h.k. samaradorligi haqida xulosalar chiqariladi. Tajriba-sinov o‘tkaziladigan sinflardan olingan sifat va miqdoriy natijalarni tahlil qilish asosida xulosa chiqariladi. Miqdoriy kattaliklarni aniqlashning turli xil usullari (o‘zlashtirilishi bo‘yicha, to‘g‘ri va noto‘g‘ri javoblarni taqqosdash va h.k.) mavjud. Keyingi vaqtlarda shu maqsadda variasion statistika metodlaridan har xil hisoblash texnikasi va kibernetik vositalardan foydalanilmoqda. Ba’zi muhim qoidalarni tajribaviy tekshirish ommaviy Tajriba yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Boshlang‘ich matematika kursi, bolalar tafakkuri rivojlanishiga yordam beradi. Shu bilan boshlang‘ich bilimlar yagona majmuini yaratadi, ikkinchi tomondan, zaruriy metodologik tasavvurlarni va fikrlashning mantiqiy tuzilishlarini shakllantirishga yo'naltirilgan bo‘ladi.Matematikadan boshlang‘ich ta’lim-tarbiyaviy vazifalarini nazariy bilimlar tizimi asosidagina hal etishi mumkin. Bu ilmiy dunyoqarash, psixologiya, didaktika, matematikani o'qitish nazariyasini (matematika didaktikasi) o‘z ichiga oladi. Biroq birgina nazariy bilimlarning o ‘zi yetarli emas. O'qitishning m a’lum mazmuni va o‘qituvchilarning aqliy faoliyati saviyasi bilan ta’sirlanadigan u yoki bu o‘quv yo'nalishi uchun eng samarali usullari qo‘llay bilish darsga tayyorlanishda yoki darsning o‘zida yuzaga keladigan aniq metodik vazifalarni hal etishni bilishi zarur. Har bir talaba bilishi kerak:
1) onglilik tamoyili;
2 ) ko'rsatm alilik tamoyili;
3) ilmiylik tamoyili;
4) ketma-ketlik tamoyili;
5) puxta o'zlashtirish tamoyili va hokazolar;
6) boshlang'ich maktabda algoritmlar va algoritmlarga o'rgatish metodikasi.
1. Matematika darslarida asosiy didaktik maqsadlar. Har bir darsdan turli xil didaktik maqsadlar ko'zlanadi. Ular orasida bittasi bosh maqsad bo'lib hisoblanadi va uni darsning asosiy didaktik maqsadi deyiladi.Har bir alohida darsning maqsadi darslar tizimining maqsadini aniqlab, uning yordamida o'qitilayotgan mavzuning mazmunini o'quvchilarga ochib beradi. Bu holda yangi tushunchalar bilan o'quvchilarni tanishtirish bo'lsa, ikkinchi holda tanishtirilgan tushunchani kengaytirish va chuqurlashtirish, uchinchisida, biror malaka va ko'nikmalarni hosil qilish, to'rtinchisida, bilim, malaka va ko'nikmalarni tekshirish va h.k. bajariladi. Har bir darsda yuqorida aytilganlarning bir nechtasi yoritilishi mumkin. O'tilganlarni takrorlash oldin o'tilgan darslarni yangi tizimga solish, shu bilan bilimlarni tekshirishni o 'z ichiga oladi. Yangi materialni bayon qilish har doim mashqlar bajarish bilan davom ettiriladi.Maktablar tajribasi darsning ma’lum tizimini yaratdiki, ko‘pchilik o'qituvchilar bu tizimga rioya qilib, ma’lum yaxshi natijalarga erishmoqda. Odatda darsning boshida uy vazifasi tekshiriladi yoki o‘tgan mavzu takrorlanadi, so‘ngra o'tgan mavzu yuzasidan savol-javob o'tkaziladi. Shundan keyin yangi material bayon etiladi va uni mustahkamlash uchun o‘quvchilarga misol va masalalar yechdiriladi yoki nazorat savollari beriladi. Dars oxirida uyga vazifa to'g'risida ko‘rsatmalar beriladi.Ba’zan, bu maqsadlardan bittasiga bag'ishlanishi mumkin. Ana shu bitta maqsadni darsning asosiy didaktik maqsadi deyiladi va boshqalar unga bo'ysinadi.
2. Matematikadan dars turlari. Boshlang‘ich sinflarda matematikadan quyidagi dars turlarini ko‘rsatish mumkin.
a) o‘quvchilarni yangi tushunchalar bilan tanishtirish, yangi bilim va ko'nikmalarni hosil qilish darslari (Bu darslarda hisoblash, grafik yoki masala yechish bilimlari hosil qilinadi);
b) turli xil mashqlar yordamida yangi bilim, malaka, ko'nikmalarni mustahkamlash darslari;
d) o'tilganlarni takrorlash, umumlashtirish darslari;
e) keyingi bosqichda xatolarning oldini olish maqsadida mustaqil bilim, malaka va ko'nikmalarni tekshirish darslari.Har bir darsda turli xildagi didaktik maqsadlar amalga oshirilishi mumkin: uy vazifasini tekshirish; darsning va mavzuning maqsadini bayon qilish; oldin o'tilganlarni takrorlash bilan o'quvchilarni yangi
materialni o'zlashtirishga tayyorlash; og'zaki hisoblash uchun maxsus mashqlar, yangi materialni o'rganish (darsning asosiy bo'lim
i); bolalarning oldin o'zlashtirilgan bilim va ko'nikmalarini mustahkamlash; o'rganilgan bilimlarni hisoblash; mashq, bilim va malakalarni qo'llash (darsning asosiy bo'limi); o'quvchilarni mustaqil ishlatish va uni tekshirish; oldin o'zlashtirilgan materiallarni takrorlash; uyga vazifa berish; darsni xulosalash.
Darsning asosiy qismlarini turli xilda va turli metodlar bilan birga qo'shib olib borish mumkin.O‘qituvchi dars rejasini tuzishda quyidagilarni e’tiborga olishi kerak. Dars qanday qismlardan iborat bo‘lishi, ularni qanday ketma-ketlikda joylashtirish, ular o ‘rtasida o‘quv materialini qanday taqsimlash, bu qismlar bir-biriga qanday bog'lanishda, ular darsning asosiy didaktik maqsadini amalga oshirishda yetarli miqdorda yordam berishini hisobga olishi kerak.Boshlang'ich sinfda matematika darsining har bir qismi umumiy didaktik masalalarni bajarishga qaratilmog‘i kerak. Darsning qismlari asosiy didaktik maqsadga qarab o‘zaro bog'langan bo‘lishi kerak. Alohida dars turlarining tarkibini qarab chiqamiz.Masalan: o'quvchilarni yangi tushunchalar bilan tanishtirish, yangi bilim va ko'nikmalarni hosil qilish darslari.Darsning borishi. Darsni maqsadga muvofiq shunday boshlash kerakki, barcha o'quvchilarni, o'quv vazifalarini faol bajarishga darhol tortadigan bo'lsin. Shu maqsadda uncha katta bo'lmagan mustaqil ishlarni kartochkalarga yozib borish kerak, bu esa o'quvchilardan masala shartini yozmasdan hisoblash natijalarinigina yozishni talab qiladi. Bunday mustaqil ishlar o'quvchilarni yangi materialni o'zlashtirishga tayyorlaydi.Darsning birinchi qismida agar uy vazifasi mazmun jihatdan yangi materialga bog'liq bo'lsa, uni tekshirish ham mumkin. Agar uy vazifasi yangi mavzuga bog'liq bo'lmasa, yangi mavzuni o'tishda o'quvchilar uni qo'llamasa, u holda yangi bilimlarni bayon qilish darsida uy vazifasini tekshirish shart emas. Shunday qilib darsning birinchi qismi o'quvchilarning faolligini va diqqatini yo'naltirishga qaratilmog'i lozim, bu bosqichga uncha ko'p vaqt sarf qilmaslik kerak.O'quvchilar diqqatini yo'naltirish usullaridan yana biri darsning mavzusi va maqsadini aniq tushunarli e ’lon qilishdir. Bunda albatta o'quvchilarning qiziqishini orttirish va muammoli vaziyat yaratish zarur. Masalan: o'quvchilar faqat hisoblashning og'zaki usuli bilan tanish bo'lsalar, ularga ikkita uch xonali sonlarni qo'shish tavsiya qilinsa, bunday holatda o'quvchilar o'zlarining ortiqcha bilim va malakalarini qo'llaydilar. O 'quvchilar m a’lum qiyinchiliklardan o'tadilar. Shunday qilib, oldindan o'rganilgan hisoblash jarayonlari bilan bu misolni bajarish qiyin emasligiga ishonch hosil qiladi. Yangi og'zaki usulni o'zlashtirish kerak. Dars ana shu usulga bag'ishlangan bo'ladi.Ikkinchi holda darsda O‘quvchilar bilan qisqacha suhbat bilan olib borilishi mumkin. Bunday darsdan bir xonali sonlarni ko'paytirishni tushuntirishda foydalanish mumkin.Yangi o ‘quv materialini o ‘zlashtirishga o'quvchilarning faol tayyorlash maqsadida oldin o'zlashtirilgan materiallar takrorlanadi, takrorlash xarakteridagi materiallar ko'pincha og'zaki hisoblash orqali bajariladi. Shuningdek, yangi materialni o ‘zlashtirishga qaratilgan misol va masalalarni mustaqil yechish ham mumkin.Darsning ikkinchi qismida yangi matematik tushuncha beriladi yoki arifmetik misollarning yangi turi yechiladi. Bu o ‘quvchilarning bayoni yoki suhbati orqali olib boriladi. Ba’zan o'quvchiga buni mustaqil tanlab olish ham tavsiya qiladi. Masalan, oldin o'tilgan mavzuga bog'liq holda masala yoki misol yechish maqsad qilib olingan bo'lsa, u holda o'quvchilar bu misollarni mustahkamlash, mustaqil yechish orqali o'zlarining bilim va malakalarini oshirishlari mumkin.Yangi materialni mustahkamlash. Bu bosqichda o'quvchilarga keltirib chiqarilgan, xulosa, muhokamalarni esga olish, undan keyin mustahkamlash xarakteridagi vazifa berilishi kerak. Bu vazifani bajarish yordamida o‘tilgan yangi bilim mustahkamlanadi va birinchi bor amaliyotga tatbiq qilinadi. Birinchi vazifalar odatda jamoa bo‘lib bajariladi. Ba’zan esa misol-masalalar mustaqil bajarilgandan keyin, o'quvchilardan birortasi doskaga chiqib shu qoidaning to‘g‘riligini misol, masala yechish orqali ko'rsatib beradi.O'quv materialining murakkabligiga qarab har qaysi bosqichda rasional bo‘lgan yo‘l topiladi.
3. Boshlang'ich sinflarda matematika darsiga tayyorlanish. Matematika darsiga tayyorlanishda birinchi navbatda o ‘quvchilarga yangi dars materiali yuzasidan qanday m e’yorda tayyorlanganligini, buning uchun nimani takrorlash zarurligini aniqlash kerak.O‘qituvchi matematika dasturini, ishchi rejasini, darslik va o'quv qo‘llanmalarini, metodik adabiyotlarni va ko‘rsatmali qurollarni hozirlagandan keyin navbatdagi darsga tayyorgarlikni boshlaydi. Eng avvalo navbatdagi dars matematika dasturida qaysi o‘rinda, qaysi mavzular bilan bog'liq holda, tushunchani nimalarga bog'lab tushuntirish kerakligini aniqlaydi. Bu savollarning hammasi bayon qilinganidan keyin darsning asosiy didaktik maqsadini xususiyatini qat’iy o'm atish kerakligi kelib chiqadi. Bu esa darsning mazmunini aniqlashga yordam beradi. Darsning didaktik maqsadida uning mazmunidan darsning bir tizimga kiladi, ya’ni darsning alohida bo‘limlarining birlashishi, ularning organik birligi darsning qismlarini to'ldiradi va o'zaro bir-birini bog‘laydi. Darsning reja yoki matnini tuzishda mavzuning didaktik maqsadiga javob beruvchi asosiy qismlarni tuzishdan boshlash kerak. Agar dars yangi bilimlarni bayon qilishdan iborat bo‘lsa, masalan: uch xonali sonlarni yozma qo‘shish haqidagi mavzu bo‘lsa, o'qituvchi oldin o‘quvchilarga yozma qo‘shish algoritmini bayon qilishni, undan keyin esa o'tgan darsdan nimalarni takrorlash kerakligini, bu asosda yangi mavzuni yaxshi o‘zlashtirish mumkinligini, ya’ni, mavzudan oldin uy vazifasini tekshirish zarurmi yoki yo‘qmi, yangi mavzuni o'zlashtirish uchun o'quvchilarga qaysi topshiriqni tavsiya qilishligini o‘ylab ko'rishi kerak. Shundan keyin o ‘qituvchi qaysi o ‘quv materiali bilan darsning ayrim qismini to'ldirish zarurligini, o'qitishning qaysi metod va usullarini qo‘lIash, qanday ko'rgazmali qurollarni tayyorlash va qo'llash mumkinligini hisobga oladi.Darsning har bir bo‘limini bajarish uchun qancha vaqt talab qilishni aniqlash zarur. Tabiiyki, darsning eng katta qismi darsning asosiy didaktik maqsadini amalda oshirishga qaratilishi zarur.Darsga tayyorgarlik ko‘rishda o ‘quvchilarga beriladigan vazifani bajarish usularini ko‘rsatish, ya’ni misol va masalalarni yechib qo‘yish, sxematik yozuv va grafik ishlarini tayyorlab qo‘yish, o'qituvchining o ‘zi uchun foydalidir. Darsning maqsadi va mazmuni aniqlangandan keyingina darsning rejasi yoki matni yoziladi.