Reja: Ob’ekt haqida tushuncha



Yüklə 96,5 Kb.
tarix30.09.2023
ölçüsü96,5 Kb.
#151333
3-ma\'ruza.Matematik modellashtirish ob’ektiv borliqni o’rganish va jarayonlarni boshqarish vositasi sifatida


3-Mavzu:Matematik modellashtirish. Matematik modellar ob’ektiv borliqni o’rganish va unga ta’sir etish vositasi sifatida.
Reja:

  1. Ob’ekt haqida tushuncha.

  2. Tadbirkor masalasi.

  3. Inson tafakkuri bo’yicha modellashtirish jarayoni.

Tayanch so’zlar: ob'ekt, moddiy ob'ektlar, vertual ob'ektlar, lug‘aviy belgilar, sonli belgilar, matematik formallashtirish, kontseptuallashtirish, kontseptual model, optimallashtirish, boshqarish.
Ob'ekt - ta'rifsiz qabul qilinadigan tushuncha. Ob'ektlar moddiy va abstrakt (vertual) bo‘lishi mumkin. Moddiy ob'ektlar tabiat mahsuli yoki inson faoliyatinin g mahsuli bo‘lishi mumkin. Vertual ob'ektlar inson tafakkurining mahsuli yoki aqliy mehnatining hosili bo‘lishi mumkin. Moddiy ob'ektlar: daraxtlar, daryolar, tog‘lar, uy, mashina, samolyot, raketa, vertolyot va h.k. Vertual ob'ektlar: komyuter texnikalari, internet tarmog‘i, musiqiy asarlar, badiiy asarlar, qonunlar va h.k.
Ob'ektlarning lug‘aviy va sonli belgilari bo‘lishi mumkin. Lug‘aviy belgilari: Ko‘zoynak: oyna, plastmassa, temir. Sonli belgilari: Inson: bo‘yi, vazni, yoshi va h.k.
Belgilar tadqiqotchilar tomonidan o’rganilganda yetarli, ortiqcha, kam hajmlarda bo‘lishi mumkin.
Ob'ektning hayot sikli davomida sonli yoki lug‘aviy (численный и лингвистический) belgilari ortishi yoki kamayishi mumkin. Har qanday moddiy ob'ektning u yoki bu shakldagi energiyasi mavjud. Energiya turlari: Kinetik energiya, potensial energiya, issiqlik energiyasi, reaktiv energiya va h.k.
Ongli insonning har qanday harakati - ehtiyojdir. Ehtiyojni qondirish maqsadida muammoga duch kelinadi. Ehtiyojlar moddiy va ma'naviy bo‘lishi mumkin.
Ehtiyoj - Muammo - Sub’ekt - Empirik yo’l (tajriba, eksperimemt o’tkazish) va modellashtirish yo’li.
Muammo - o‘rganishni va yechishni talab etadigan murakkab nazariy va amaliy masaladir. Muammoni qo‘yish uchun mavjud bilimlar yetarli, lekin oxirigacha yechish uchun yetarli emas. Muammoni yechish uchun ilmiy tadqiqotlar beradigan yangi bilimlar zarur bo‘ladi.
Muammoni qo‘yishda uchta bosqich mavjud:

  • izlanish;

  • muammoni qo‘yilishi;

  • muammoni yechish.

Muayyan masalani matematik funksiyalar orqali yechish usullari - matematik modellashtirish texnologiyalari deyiladi.
Matematik modellashtirish bosqichlari:

  • formallashtirish;

  • matematik modelni yaratish va sintez qilish;

  • modelni hal qilish.

Formallashtirish - bu jarayonlarni matematik terminlar va formulalar yordamida yoritib, so‘ngra ma'lum qoidalar asosida tadqiq qiladi.Formallashtirish matematik abstraktlashning mohiyatini tashkil etadi. U matematik modellardan matematik bilimlardan uzoq bo‘lgan sohalarda foydalanishga imkon beradi. Formallashtirish zamonaviy matematik statistika sohalariga keng kirib borgan, uning usullarisiz hozirgi paytda har qanday kuzatuv va tajribalarni tasavvur qilish qiyin. Ma’lumotlarni formallashtirish - turli manbalardan olingan ma’lumotlarni o’zaro taqqoslash uchun bir xil formaga keltirish.

I. CONCEPTUALIZATION


1-rasm. Inson tafakkuri bo'yicha modellashtirish jarayoni


Ushbu jarayonda ishtirok etadigan asosiy faoliyatlar kuzatuv va matematik modellashtirish; simulyatsiya, tahlil, optimallashtirish va kuzatuvga qaytish. Bu siklda matematik model haqiqiy tizimdan so'ng, markazning pozitsiyasini egallaydi (1-rasm).

  1. Kontseptuallashtirish. Tadqiqot mavzusini tanlab, ba'zi dastlabki kuzatuvlardan so'ng inson tafakkurida qurilishi kerak bo'lgan modelni aks ettirishi kerak. Mavjud ma'lumotlar va asosli gipotezadan modelning birinchi versiyasini yaratadi, bu o'z navbatida tegishli (kontseptual model) deb hisoblangan o'zgaruvchilar, jarayonlar va o'zaro ta'sirlarning birinchi tanlovini taqdim etadi. Ushbu jarayonning qaytarilishi ilmiy uslubning klassik versiyasini tashkil etadi.

Modellashtirish jarayoni konseptual modelning yaratilishidan boshlanadi.
Konseptual model - bu tizimning tarkibini (elementlari va bog‘lanishlarini) aniqlovchi abstrakt (mavhum) model. Odatda konseptual modelda tadqiqot ob'ekti to‘g‘risidagi asosiy elementlar va elementlar orasidagi eng muhim bog‘lanishlar og‘zaki shaklda keltiriladi. Hozirgi vaqtda konseptual modelning yaratish jarayoni shakllanmagan: uning aniq yaratilish qoidasi mavjud emas. Konseptual modelning yaratilishidagi asosiy muammo - bu modelning ixchamligi va uning aniqligi orasidagi murosadir. Bu muammoning ko‘pgina nazariy ishlanmalari mavjud, lekin ularni har bir yangi ob'ekt uchun qo‘llash qiyin. Shu sababdan model yaratuvchi o‘z bilimi, baholash hisob-kitoblari, tajribasi, sezish qobilyati, ekspertlar fikriga tayangan holda ko‘rib chiqib, ob'ektga ta'sir qiluvchi ikkinchi darajali omillarni, qandaydir elementlarni yoki bog‘liqliklarni istisno tariqasida modeldan chiqarib tashlashi kerak.
Konseptual modelni yaratish jarayonini ehtimol hech qachon to‘liq ravishda formallashtirib bo‘lmas. Konseptual modelni yaratishda oddiy qoidalar to‘plamidan foydalanishni o‘ylab topish juda ham qiyin. Aynan shuning uchun ba'zida modellashtirish bu nafaqat ilm-fan, balki san'atdir deyishadi.

  1. Matematik formallashtirish. Ushbu taklifdan modelning birinchi matematik formulasi (matematik modeli) kelib chiqadi. Bunga erishish tizimga oid yangi, yanada chuqurroq ma'lumotlarga ega bo’lgan farazlar va ma'lumotlar ning integratsiyasini talab etadi.

Boshqarish va optimallashtirish. Ushbu ikki bosqichning natijasi sifatida modelni tasdiqlash uchun zarur bo'lgan ma'lumot paydo bo'ladi, bu esa o'z navbatida yangi tajriba rejalarini taklif etadi. Ko'rib turganimizdek, modelni yaratish jarayoni o'z tizimini oqilona boshqarish va boshqarishni amalga oshiradigan tizimni yanada keng va izchil tushunish yo'lini belgilaydi.
Yüklə 96,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin