Toʻmaris (mil. av. 6-asr) — Turon xalqlarining axomaniylar bosqiniga qarshi kurashiga rahbarlik qilgan jasur ayol sarkarda. Qad. yunon tarixchisi Gerodoshnpng "Tarix" (mil. av. 5-asr) asarida yozilishicha, Axomaniylar davlati asoschisi Kir II mil. av. 530 yilda Turonga bostirib kirganida, To’maris massagetlar qabilasining malikasi boʻlgan. Massagetlar bu paytda Amudaryo (Araks) boʻylari va Qizilqumda yashashgan. To’maris massagetlar podshosining xotini boʻlib, u erining vafotidan soʻng davlatni boshqargan.
Erondan kelgan bosqinchilar qoʻshini bn massagetlar oʻrtasida shiddatli janglar boʻlgan. Dastlabki jangda To’marisning oʻgʻli Spargalis (Siparangiz) boshchiligidagi massagetlar gʻolib chiqqan. Biroq keyingi jangda forslar hiyla yoʻli bn Spargalis va ayrim massagetlarni asir olishganda, ornomusga chiday olmagan Spargalis oʻzini oʻldirgan. To’maris oʻgʻlining halokatidan esankirab qolmay, oʻz xalqining manfaatini oʻylab, Kir II dan massagetlar yurtidan chiqib ketishini soʻraydi. Biroq forslar shohi rad javobini bergach, ikki oʻrtada ayovsiz jang boʻlgan. Gerodot massagetlar va forslar oʻrtasidagi jang tafsilotlarini oʻz asarida quyidagicha tasvirlaydi: "Mening bilishimcha, bu jang varvarlar oʻrtasidagi barcha janglardan ham dahshatli boʻlgan. Avval har ikkala qoʻshin bir-birini uzoq masofadan turib, kamondan oʻqqa tutdilar. Kamon oʻklari tugagach, ular nayza va qilich bilan kurashdilar. Jang uzoq, vaqt davom etdi. Koʻp qon toʻkildi. Nihoyat, massagetlar gʻalaba qozondilar. Fors qoʻshinlarining asosiy qismi, jumladan, Kir II ham jang maydonida halok boʻlgan. U toʻliq 29 y. shohlik qilgan edi. Kir II ning jasadi topilgach, malika (To’maris)ning buyrugi bn uning kesilgan boshi inson qoni bn toʻlgʻazilgan meshga solingan".
To’marisning jasorati va harbiy siyosiy faoliyati toʻgʻrisida xalq dostonlari yaratildi, jangnoma va rivoyatlar toʻqildi. Ergash Jumanbulbul oʻgʻlidan Hodi Zarifov yozib olgan "Oysuluv" dostonida Turon mamlakatining podshosi Oysuluv obrazida To’maris faoliyati oʻzining badiiy talqinini topgan. Yozuvchi Mirkarim Osim "Toʻmaris" qissasida uning jasoratini ulugʻlaydi. Ibrohim Yusupov "Toʻmaris" (1974) dostonini yozgan, kompozitor Ulugʻbek Musayev shu nomli balet (1982)ni sahnalashtirgan. Oʻzbekistonda ayollar oʻrtasida "Toʻmaris oʻyinlari" festivali oʻtkazilmoqda.
SPITAMEN. Aleksandr Makedonskiy miloddan avvalgi 329-yil bahorida Turon zaminga bostirib kirib, Maroqandani egallaydi va Tanais (Yaksart, hozirgi Sirdaryo) bo‘yidagi qal’alarni egallash bilan mashg‘ul bo‘lib turganda, baqtriyaliklar va sug‘diylar Spitamen boshchiligida Sug‘diyonada qo‘zg‘olon ko‘tarib, Maroqandani qamal qilganlari haqida xabar keladi. Qo‘zg‘olonchilar makedon qo‘shinlari ustidan ketma-ket ajoyib g‘alabalarga erishayotgan edilar, bular Aleksandr qo‘shinining ruhini tushirib yubormoqda edi.
Buning ustiga Aleksandr turgan Tanaisning narigi betiga osiyolik skiflar (saklar) ning katta qo‘shini yetib kelgan bo‘lib, Spitamenga qo‘shilishga tayyor edi. Aleksandr qo‘shini bilan saklarga zarba berish uchun o‘q yomg‘iri ostida daryodan o‘tadi va saklar qisqa, shiddatli olishuvdan so‘ng cho‘l ichkarisiga qarab atayin chekinadilar. Arushanning yozishicha, Aleksandr qo‘shini ularni jazirama issiq sharoitida biroz ta’qib etgach, tashnalik azobidan qiynalgan, u ko‘lmak suvdan ichib, ichburug‘ kasaliga uchrab, orqaga qaytishga majbur bo‘lgan. Makedon bosqinchilarida endi Marokandaga, Spitamenga qarshi katta kuch tashlash imkoniyati paydo bo‘ladi. Unga qarshi Menedem boshchiligida 3000 piyoda va 800 otliq askar yuboriladi. Spitamen uning yo‘liga pistirma qo‘yib, raqibini qirib tashlaydi, jangda 2000 piyoda va 300 otliq o‘ldiriladi. Aleksandr unga qarshi mahalliy xalq tilini biluvchi Farnux boshchiligida qo‘shin yuborgan.
Lekin Spitamen vaziyatga to‘g‘ri baho berib, jang qilishdan voz kechadi va Maroqanda qamalini bo‘shatib, massagetlar bilan qo‘shilish uchun chekinadi. Spitamen o‘ziga qo‘shilgan 600 massaget otliqlari bilan cho‘lga yaqin sayozlikda o‘rnashib oladi va makedoniyaliklarga qarshi ajoyib usulda jang qilishga qaror qiladi. U dushman hujumini ham kutmaydi, o‘zi ham unga hujum qilmaydida dushman piyodalari atrofida ot choptirib, unga o‘q yomg‘iri yog‘diradi, bordiyu makedoniyalik otliq jangchilar horigan otlarida ularga tashlanishga harakat qilgudek bo‘lsalar, Spitamenning ildam baquvvat otlari osongina ulardan uzoqlashardi. Shu tariqa jang qila-qila makedon qo‘shinini tinkasini quritganlar. Dushmanlardan ko‘pi o‘lgan, yarador bo‘lgan.
Makedon qo‘shini ko‘p talafot bergach, to‘rtburchak bo‘lib saflanib, Politimet (Zarafshon) daryosi o‘rtasida joylashgan oroldagi to‘qayzorga chekingan. Bu yerda ham Spitamen ularni tinch qo‘ymaydi. Makedon otliqlarining bir qismi otryad boshlig‘idan beruxsat daryoni kechib o‘ta boshlaydi, uning ortidan piyodalar tartibsiz suratda ergashishadi. Spitamen kamonchilari va massagetlar daryodan o‘tganlarni o‘ldirib, o‘tishga harakat qilayotganlarni esa kamondan o‘qqa tutadilar. Ayni paytda Spitamen suvoriylari va massagetlar daryodagi orollardan biriga chiqib, omon qolmoqchi bo‘lgan raqibga qarshi otlarini suvga haydab qanotlardan hujum qiladilar. Makedoniyaliklarning bir qismi massagetlar qo‘ygan pistirmaga tushib qolib, barcha makedon harbiy boshliqlari o‘ldiriladi, bor-yo‘g‘i 40 suvoriy va 300 piyoda qochib qutuladi, xolos. Mana shu tariqa Spitamenning harakatchan otliqlari betma-bet jangga kirishmay, raqibni asta-sekin tuzoqqa tushirib, uning yirik otryadini qirib tashlashga erisha olgan. Aleksandr hech qachon bunchalik yirik mag‘lubiyatga uchramagandi. Shuning uchun Spitamenga qarshi o‘zi otlanadi, Spitamen atayin cho‘lga chekinadi. Biroq Aleksandr uning hiylasiga uchmay, orqasiga qaytib, alamini tinch aholidan oladi – qishloqlarga o‘t qo‘yib, 120 mingdan ortiq aholini qirib tashlaydi.
Miloddan avvalgi 328-yilda, Aleksandr Spitamenning ko‘chmanchi massagetlar orasida yashirinib yurganidan xabardor bo‘lgach, ularga qarshi qo‘shin yubordi. Ammo Spitamen 600 otliq bilan to‘satdan Baqtriyada paydo bo‘lib, Aleksandr qo‘shiniga hujum qilgan. Biroq jangda mag‘lub bo‘lgan. Spitamen omon qolgan massagetlar bilan cho‘lga yashirinadi. Aleksandrning o‘ch olishidan qo‘rqqan massagetlar boshliqlari Spitamenning boshini kesib, Aleksandrga yuboradilar. Spitamenning qizi Apama Aleksandrning lashkarboshisi Salavkka berilgan, bu nikohdan salavkiylarning mashhur hukmdori Antiox tug'ilgan.
Dostları ilə paylaş: |