Milliy sport turlarining rivojlantirishi



Yüklə 79,5 Kb.
səhifə1/4
tarix20.09.2023
ölçüsü79,5 Kb.
#145553
  1   2   3   4
Milliy sport turlarining rivojlantirishi


Milliy sport turlarining rivojlantirishi.
Reja:



  1. Halq milliy o`yinlarini o`quvchi yoshlar faoliyatiga singdirish yo`llari

  2. Milliy sport o`yinlari bebaho qadriyatlari.

  3. Olimpiya shon shuhrati muzeyida xalq o`yinlarining tasviri.

Xalq milliy o`yinlari avloddan avlodga meros bo`lib o`tib, kelayotgan muhim faoliyat va ijtimoiy pedagogik jarayondir. Bular orasida kurash, ko`pkurash, poyga va boshqa ot o`yinlari hamda darboz, tosh ko`tarish, turli harakatli o`yinlar muhim o`rin tutadi. Ularning mazmun va shakllarida deyarli barcha jismoniy sifatlar bilan birgalikda insonlar o`rtasida do`stlik, hamkorlik, hamjixatlik va o`zaro hurmat kabi fazilatlar ham mujassamlashgan.
Bu jarayonlarni “Alpomish”, “Gurug`li”, “Qirq qiz”, “Kun tug`mush” va boshqa o`nlab dostonlarda aynan ko`rish mumkin bo`ladi.
O`zbekison sharoitida Navro`z, hosil bayrami va turli milliy urf odatlarda halq milliy o`yinlari qadriyatlar sifatida qo`llanilib kelingan. Ayniqsa, milliy mustaqillik shakllanib, va barqarorlashayotgan hozirgi davrda xalq milliy o`yinlariga e`tibor kuchayib bormoqda. Buning boisi shundaki, Respublika Prezidenti va Respublika hukumati tomonidan milliy qadriyatlarni tiklash va ma`naviy-ma`rifiy jihatlarimizni yangilash borasida muhim qarorlar qabul qilindi. Ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy islohatlar o`tkazilmoqda. Bularning zamirida sog`lom avlod tarbiyasi, buyuk kelajakka sobit qadam va zamon talablariga javob beradigan mehnatkash ommani tayyorlashdan iboratdir.
Yangilanish va taraqqiy qilish faqat iqtisodiy, siyosiy va madaniy jihatdangina emas, balki aholining salomatligi va jismoniy kamolotini ham taqozo etadi.
O`quvchi yoshlarni kasbga o`rgatish, mustaqil mehnat qilish va turmush madaniyatini o`stirishda jismoniy tarbiya , sport va halq milliy o`yinlari muhim o`rinlardan birini egallaydi. SHu sababdan “Ta`lim to`g`risida” gi Respublika qonunida (1997 yil 29 avgust) jismoniy tarbiyani ilk bolalikdan boshlash va o`quv yurtlarida ularni yanada takomillashtirish hamda barcha sport turlari kabi halq milliy o`yinlaridan maqsadli foydalanish masalalari alohida qayd etilgan.
Ma`lumki, jismoniy tarbiya darslari va darsdan tashqari sport to`garaklarithamda ommaviy sport musoboqalarida deyarlik zamonaviy sport turlari qo`llaniladi. Faqat keyingi yillarida xalq milliy o`yinlarining ba`zi birlarigina jismoniy tarbiya dasturidan qisman o`rin olgan.
SHuni ham e`tirof etish joizki, taniqli olimlar F.N.Nasriddinov, T.S. Usmonxo`jayev . O.T. Rasulov, O.O. Po`latov, Ayudumalikov va boshqalar tomonidan xalq milliy o`yinlarini ommaviylashtirish, ularni jismoniy tarbiya vositasi sifatida ishlatish masalalari ko`tarib chiqildi. 1991-1997 yillarda o`tkazilgan turli ilmiy anjumanlar, malaka oshirish fakultetlari mashg`ulotlarida xalq milliy o`yinlarining tarbiyaviy tomonlari haqida katta bahslar olib borildi. O`quv va metodik qo`llanmalar, imliy to`plamlar nashr etildi. Respublika jismoniy tarbiya o`qituvchilari bulardan ma`lum darajada o`z ish faoliyatlarida foydalanilmoqda. Bu sohada Jizzax viloyatining Jizzax, Zomin, Forish, G`alaorol, Bahmal, Do`stlik kabi tuman va shaharlarida ham ancha tadbirlar amalga oshirilmoqda. Maktablarda zamonaviy sport turlari bo`yicha mashg`ulotlar o`tkazish sharoiti bo`lmagan hollarda turli milliy harakatli o`yinlar, hatto poyga, otda tortinish, ko`pkari kabi ot o`iynlarini qo`llash xollari ham uchrab turadi. Bizning fikrimizcha, bu faoliyatlar mutaxassislarning ijodiy mehnat qilishi va bozor iqtisodiyoti sharoitlaridan kelib chiqqan hatti harakatlaridir.
Bu o`rinda shuni kerakki, Respublika miqiyosida ishlab chiqilgan (1993) jismoniy tarbiya dasturida yuqorida qayd etilgan usullar haqida hech narsa qayd etilmagan. Davr taqozosi shuni talab etmoqdaki, avvalambor barcha xududlarning geografik tuzilishlari va urf odatlarni o`rgangan holda maktab jismoniy tarbiya dasturini qayta ishlab chiqish va unda tajribalarda amalda sinalgan ilg`or uslublarini joriy qilish masalalariga jiddiy e`tibor berish lozim.
Pedagogik kuzatishlar, rasmiy suhbatlar, savol-javoblar shuni isbotlaydiki, juda ko`p maktablarda futbol, kurash voleybol kabi sevimli sport turlari bilan bir qatorda “Chillik”, “Oq suyak” , arqon tortinish, “Soldi”. “Elka urishtirish” kabi milliy harakatli o`yinlar dasrlarda va darsdan tashqari mashg`ulotlarda keng qo`llanilib kelmoqda. Hatto harakatlii o`yinlar bo`yicha maxsus musobaqalar tashkil qilish odat tusiga kirib bormoqda.
Jizzat, Forish. Zomin baxmal kabi tumanlardagi bitiruv sifnlarning jismoniy tarbiya bo`yicha imtihonlarida barcha talablar bilan birgalikda milliy harakatli o`yinlar, kurash ko`pkari, poyga, dorboz tosh ko`tarish kabi xalq milliy o`yinlarning mazmuni ularning kelib chiqish tarixi ham qo`llanib, kelinmoqda. Lekin bunday faoliyatlar afsuski faqat barmoq bilan sanalarli darajadadir.
Halq milliy o`yinlarini o`quvchi yoshlarga o`rgatish va ularni kundalik hayotga singdirishda sport tashkilotlari va xalq ta`limi xodimlari yetarli darajada ish olib borayotir, deb bo`lmaydi. Buni tuman va shaharlarda o`tkazilayotgan rasmiy sport musobaqalarining kalendar rejasidan ham bilsa bo`ladi. YA`ni xalq milliy o`yinlari bo`yicha rasmiy musoboqalar yo`q darajada. Ba`zi rahbar xodimlar “Arqon tortinish”, “Bilak kuchini sinash”, “Tosh ko`tarish” turlari dasturda borligi va ular milliy sport turlari, deb dalil ko`rsatmoqdalar. Bu turlar faqat Markaziy Osiyo xalqlaridagina emas, hatto yevropa, Amerika xalqlarida ham milliy o`yinlar sifatida qadimdan qo`llanilib kelinadi. Demoqchimizki, nomlari yuqorida qayd etilgan turlar jahon xalqlari hayotiga singib ketgan umumiy o`yinlardir.
Surxondaryo, Qashqadaryo. Buxoro, Farg`ona va boshqa qator xududlarda milliy kurashlarimiz qadimdan xalq orasida e`zozlanib kelingan va ular xaqli ravishda sport klassifikatsiyasi o`z o`rinlarini egallangan, buni olqishlash va rahnomalarga tasannolar aytish lozim. Ko`pkari, poyga otdan ag`darish, qiz quvmoq, chovgon va boshqa ko`pgina ot o`yinlari xamda “CHillik”, “Oq suyak”, “Poda to`p” kabi harakatli o`yinlarni xam o`quvchi yoshlarning darsdan tashqari sport musoboqalar tashkil qilish, lozim bo`lsa bu turlar bo`yicha tuman, viloyat hatto Respublika musobaqalarini o`tkazish davri keldi. Milliy sport o`yinlarimiz bilan ham jahon sporti maydonlariga chiqishni eng avvalo aholi turar joylari, maktab o`quvchilari faoliyatidan boshlansa maqsadga muvofiq bo`ladi. Bu o`rinda mutaxassislar, olimlar va chavandozlar chin dildan harakat qilishlari kerak bo`ladi.



Yüklə 79,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin