Milliy sport turlarining rivojlantirishi


Olimpiya shon-shuhrati muzeyida xalq milliy o`yinlarning tasviri



Yüklə 79,5 Kb.
səhifə3/4
tarix20.09.2023
ölçüsü79,5 Kb.
#145553
1   2   3   4
Milliy sport turlarining rivojlantirishi

Olimpiya shon-shuhrati muzeyida xalq milliy o`yinlarning tasviri.
O`zbekiston Respublikasining Prezidenti Respublika Oliy Majlisning IX sessiyasida (2021 y. 29 avgust) “Barkamol avlod O`zbekiston taraqqiyotining poydevori” mavzuida nutq so`zlab, “Faqatgina chminakam ma`rifatli odam inson qadrini, milliy qadriyatlarni, bir so`z bilan aytganda, o`zligina anglash, erkin va ozod jamiyatda yashash, mustaqillik davlatimizning jahon hamjamiyatida o`ziga munosib, obruli o`rin egallashi uchun fidoyilik bilan kurashishi mumkin”, deb haq gap aytilgan.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 14 avgustdagi 284-sonli qarori bilan olimpiya shon-shuhrati muzeyi tashkil etildi. O`tgan bir yil davomida muzey ma`muriyati uni mazmun va shakl jihatdan boyitishga bor imkoniyatlarini safarbor etdi.
O`zbekiston sportchilarining olimpiya o`yinlariga (1952-1992) qatnashish va ayniqsa, mustaqil jamoa tarzida Lazannada o`tkazilgan qishgi (1994) hamda Atlantadagi yozgi (1996) XXVI olimpiya o`yinlarida ko`rsatgan natijalariga alohida o`rin vav ahamiyat berilgan. YA`ni sportchilarining rangli rasmlar ularning sport buyumlari qo`lga kiritgan medallari, kubok va boshqa rasmiy taqdimnomalari ustalik bilan bezatib qo`yilgan. Bularning bari muzeyining asosiy mazmuni va ko`rkini tashkil qiladi.
YAna shuni ham ta`kidlash lozimki, O`zbekistonning mustaqillik davrida sportchilarining xalqaro sporti maydonida erishgan natijalari ham muzeyida namoyish qilingan. Ayniqsa, Xirosimada (1994) o`tkazilgan. XII Osiyo o`yinlari g`oliblarini nishonlari, futbolchilarimiz egallagan Kubok, Seulda o`tkazilgan (1995) boks bo`yicha osiyo chempionati Kubogi, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining tennis bo`yicha Kuboklari, Markaziy Osiyo o`yinlariga qo`lga qiritilgan kuboklar muzeyining ko`rkiga zeb bo`lib turibdi.
Ma`lumki, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti XOQ Prezidenti (2016 y. Fevral) va osiyo olimpiya kengashi tomonidan Oltin ordenlar bilan mukofatlangan edi. Ana shu ordenlar muzeyining eng to`ridan joy olgan va tomoshanbinlar diqqatini o`ziga tezda jalb etadi. Professional boks bo`yicha uch marta jahon chempionti A.Grigoryanning chempionlik gulchambarchas va zarhallangan belbog`i xam muzeydan haqli ravishda munosib o`rin olganligining guvohi bo`lish mumkin.
Surxon, Zarafshon va Sirdaryo vohalarida xalqimiz qadimdan ot o`yinlari, kurash, tosh (yuk ko`tarish, piyoda poyga, arqon tortinish, nayza uloqtirish, qilichbozlik, dorvozlik va boshqa juda ko`p o`yinlar bilan mashg`ul bo`lib ketgan. Bu o`yinlar hozirgi kunda ham to`ylar, bayramlar, turli ma`rakalarda qo`llanilib kelmoqda. Sport tashkilotlari va turli davlat idoralarining bevosita tashabbusi hamda rahbarligida xalq milliy o`yinlari musoboqalari odat tusiga aylanib bormoqda. Bunga 1991 yil 25 apreldan buyon Jizzax viloyatining Forish tumanida o`tkazib kelinayotgan xalq milliy o`yinlari Respublika musoboqasini ko`rsatish mumkin.
Bunda ko`pkari (uloq) poyga arqon tortinish va boshqa milliy harakatli o`yinlardan foydaniladi. Ana shunga o`xshash rasmiy va yirik musoboqalar haqidagi ma`lumotlar, suratlar muzeydan joy olgan. Navro`z, Mustaqillik kuni hosil bayrami va boshqa umumxalq bayramlari hamda tantanalarida o`tkaziladigan xalq milliy o`yinlari maxsus videofilmlarga olnib, ular muzey fonididan mustahkam o`rin egallangan va tamoshabinlarga doimo namoyish qilib boriladi.
Xalq milliy o`yinlarini tiklash va ularni musoboqa tarzida o`tkazishda bevosita xizmat qilayotgan taniqli olimlar T.S. Usmonxujayev, F.N. Nasriddinov , J.T Toshpo`latov, X.A Miliyev, T.X. Xoldorov va boshqalarning mehnatlarini e`zozlash hamda ularga tasannolar aytish lozim.
O`rni kelganda aytish kerakki, aholi hayotidagi milliy harakatli o`yinlar mazmunini magnit tasmalari va videolarga yozib muzeyga xadya qilish, joylarda maxsus albomlar, metodik qo`llanmalar tayyorlash, metall buyumlar loydan xalq milliy o`yinlari tasvirini yasash maqsadga muvofiq bo`lar edi.
Xulosa aytganda olimpiya shon-shuhratini muzeyi o`z eksponatlari tarkibiga Respublika sporti tarixi va xalq milliy o`yinlari mazmunini aks ettiruvchi manbalarini yig`ish ularni kelajak avlodga yetkazish hamda bugungi kunda sog`lom avlod tarbiyasini yanada yaxshilashga o`z hissasini qo`shish uchun bor imkoniyatlardan foydaniladi.

Milliy sport turlari va o`yinlarni oila, yashash joyi, o`quv tarbiya muassasalarida tashkil qilish va o`tkazish merosimizni hayotga tadbiq qilishi zarur ekanligini ko`rsatadi. O`yinlar va milliy sport turlarining mohiyati shundaki, xalqimizning milliy ruhiyati, aqli-zakovatini tarix sinovlaridan o`tgan bebaho boylik sifatida tarbiya samaradorligini yuqori saviyaga ko`taradi. Ular bolalari maktabgacha yoshidanoq hozirgi darajasidan ko`ra jiddiy farq qiladigan yuqori saviyada maktabga tayyorlaydi. Ularning fikrlash va jismoniy harakatchanlik imkoniyatlarini mukammal ruyobga chiqaradi. O`yinlar kelajakda ota-ona bo`lish va xilma-xil sharoitlarda mustaqil hayot kechirish uchun bolalarni o`z aqli va mehnati bilan kundalik qiyinchiliklarni yechishga tayyorlaydi.


Davlat mustaqilligi qo`lga kiritilgandan keyin qisqa muddat ichida milliy sport turlari va yo`inlarning 1000 ga yaqin yozib olinganligi bu xazinaning qanchalik keng ko`lamlik ekanligidan darak beradi. Milliy sport turlari va o`yinlarning soddaligi, ishtirokchilar tarkibining o`zgaruvchanligi bundan o`yinlardan tarbiyada juda keng foydalanish imkoniyatini yaratadi. Hali bolalar futbo, voleybol, boks, qilichbozlik va boshqa sport turlari bilan shug`ullanishni boshlamasdanoq, milliy o`yinlar orqali katta sport uchun zarur bo`lgan aqliy va jismoniy sifatlarni shakllantirib va rivojlantirib boradilar.
Tarbiyada hozirgi vazifa yoshlar qobiliyatini barkamol rivojlantirish hamda kamolotga yetkazishning eng mahsuldor yo`lini topish va joriy qilishdir. SHu nuqtai nazardan, barcha o`quv tarbiya muassasalari hamda oliy va o`rta maxsus o`quv yurtlarida har yili hududlarida keng tarqalgan milliy sport turlari va o`yinlarini yoshlarga o`rgatishni hamda jamoalarda musoboqalar tashkil qilish tavsiya etilmoqda.
Tuman va shahar buyicha ana shunday musoboqalarni tashkil qilish o`yinlarning xalq orasida keng yoyilishiga yordam beradi va yoshlarning milliy sport yordamida barkamol o`sishiga sharoit yaratadi.
Musoboqa ishtirokchilarini bir joyga to`plab o`yin o`tkazish shart emas. SHahar tuman maktablari va mahallalarni bir necha hududlarga bo`lib. Musoboqalarni o`tkazish, uning natijalarini tahlil qilish va xulosalar chiqarib, qoloqlarni ilg`orlar darajasiga ko`tarish maqsadga muvofiqdir.
SHunga, o`xshash tadbirlarni joriy qilish biz uchun eng qimmatlisi milliy sport turlari va o`yinlari orqali bolalarni qoidaga itoatkorlik, adolatli bo`lish. Mardlik va to`g`rilikni tarbiyalash va g`alabani faqat o`yin qoidalari doirasida qo`lga kiritishga odatlantirish. Milliy o`yinlarni yig`ish va ularni hayotga tadbiq qilishda eng avvalo ularni mukammal o`rganib chiqish, shug`ullanuvchilarning yoshi jinsi. Salomatlik darajasiga qarab moslashtirishdan iborat. Bu esa barcha ta`lim xodimlarni va yoshlar tarbiyasida aloqador boshqa javha kishilarning izchillik bilan ish yuritishlarini taqozo qiladi.
Har bir insonning aniqsa hayotga qadam qo`yib kelayotgan yoshlarning ongiga shunday fikrni singdirish kerakki, ular o`rtaga qo`yilgan maqsadlarga erishish o`zlariga bog`liq ekanligini, ya`ni bu narsa ularning sobitqadmligiga, g`ayrat-shajoatiga, to`la-tukis fidokorligiga va cheksiz mehnatsevarligiga bog`liq ekanligini anglab olishlari kerak. Xuddi shu narsa davlatimiz va xalqimiz ravnoq topishining asosiy shartidir.
Uylab ko`ring. “Varrak” o`yinida qanchadan-qancha hayotiy ilmlar yashirinib yotibdi. Bolaning fikrlanishini rivojlantiradi, tanasini yaniqtiradi va salomatligini m ustahkamlanadi va bilan birga uning kamolotga erishishiga yordamlashadi.
Bolalarni hayotga va maktabga tayyorlashda ularning umrini dastlabki 7 yilini befoyda, aniqrog`i, zararli o`tkazmasligi uchun milliy sportt turlari va o`yinlarini tiklash hamda keng tarqatish kechiktirib bo`lmaydigan vazifa deb qaralishi lozim.
Bu masalaning ijobiy hal qilinishi bolalar orasida bilim va malakalarini o`zaro keng tarqalinishi yo`l ochadi. Bolalar o`zidan kattalar bilan o`ynaganda ularning tajribasini qabul qilib, aqliga aqdl qo`shiladi.
Mamlakatimiz rahbari bu masalada chuqur ishonch bilan milliy an`analarimiz, ma`naviyat va qadriyatlarimizni tiklashga alohida e`tibor berilmoqda, yorug` kelajagimizni yaqinlashtirmoq uchun bu ishlarga jiddiy yondoshmoqda.
Milliy sport turlari va o`yinlarini tiklash hamda tarqatishda oila, mahalla, bolalar bog`chalari, maktab va barcha turdagi o`quv yurtlari, keng jamoatchilik mumkin qadar bu o`yinlarni to`planishi, to`ldirishi va zamonaviylashtirishga qaratilgan ishlarda birgalikda faoliyat ko`rsatishi lozim. Toki bu xazinaning bironta o`yini e`tiborimizda chetda qolib. yo`qolib ketmasin. Ularni tiklab, to`ldirib, bolalarning yoshi, jinsi salomatlik darajasiga moslangan holda joylarda keng tarqatish ushbu anjuman ilgari suradigan asosiy vazifasi bo`lish kerak, deb hisoblaymiz.
Bu maqsadga erishishda o`yin turlarini o`rganib, mukammal variantlarini yuzaga keltirish uchun viloyatlarida ekspeditsiyalar tashkil qilish maqsadga muvofiq bo`lur edi. Bu tadbir uzoq-yaqin viloyat va tumanlarda hozirgacha biz bilmaydigan milliy sport o`yinlarini topish imkoniyatini beradi.
Esingizda bor, 1995 yilda yozgi o`quvchilar ta`til kunlari milliy sport haftaligi e`lon qilingan edi. Hozirgi anjumanimiz inson manfaatlari yilida o`tkazilmoqda. SHuni nazarda tutib shu yildan boshlab. O`quvchilarning ta`tillari vaqtida dam olish oromgohlarida milliy o`yinlar bilan shug`ullanishni muntazam tashkil etishni an`anaga aylantirish maqsadga muvofiq bo`ladi.
To`g`ri. Mutaxassislar yetishmaydi. Lekin barcha o`qituvchilar, ota-onalar, ko`pchilik sinf rahbarlari tarbiyaviy ishlarni tashkil qila oladi. SHuning uchun biz o`yinlarni tashkil qilish va o`tkazishda jamoatchilikka suyanishimiz zarur.



Yüklə 79,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin