Milliy sport sog`lom turmush tarziga tayyorlashning muhim omili Milliy sport turlari va o`yinlarini rivojlantirish o`zligimizni tanishimizda. Bo`lg`usi avlodlarimiz sog`. Barkamol qilib tarbiyalashimizda muhim rol o`ynaydi. Milliy o`yinlarni yoshlar hayotiga singdirib borish yo`l-yo`riqlari biz uchun qimmatlidir.
Bugun bizning Turkistonnimizda milliy o`yinlarimiz tarixida, millatimiz tarixida milliy o`yinlar o`rni ularning barkamol insonlar tarbiyasidagi roli, mustaqillik yillarida milliy o`yinlarni tiklash, o`rganish bo`yicha qanday ishlarni qilib ulgurdik. Bu o`yinlarning ta`lim va tarbiya jarayoniga kirib borishi., ilmiy izlanishlar, ularning qay darajada halqimiz orasida tarqalishi. Bu sohadagi yechimini kutayotgan muammolar, vazifalar to`g`risida to`xtalishga ruxsat etasiz.
Milliy o`yinlarni o`rganish, tiklash davrida biz ta`kidlab aytishimiz mumkinki, hamma o`yminlar farzandlarimizni mard, irodali-ziyrak mohir, mergan nishonga ola sog`lom turmush tarzida yashash, ishlash uchun tayyorlashga qodirdir.
O`sha davr o`yinlari mavsumga qarab hovlida, dalalar. Sayilgohlar, to`y marosimlarida o`tkazilgan. Ustozlar shogirdlarini tayyorlab, uzoq sinovlardan keyin xalq orasiga musoboqalarga chorlaganlar.
Arxeologik qazish ishlari shuni ko`rsatmoqdaki, eramizdan oldin erkak kishini pahlavon polvonlar ko`rinishida aks etdirish rasm bo`lgan.
Hozirgi O`zbekiston hududiga yashagan qabilalar o`zlarining jasurligi, chaqqon, merganligi, mohir kurashchi – polvonligi bilan tarix sahifalarida iz koldirganlar.
Qadimgi So`g`diyonadagi musulmonlar bayramlarida, Navro`z bahor bayramida qatnashgan dorboz-polvonlar poygachi otchopar, qilizboz, tiyrandoz, chavandozlar haqida Umar Hayyom Navro`znoma risolasida batafsil to`xtatilgan.
Otda yurib ov qilish, ot ustida kamon tortish, qilichbozlik nayzabozlik, ot ustida turib kurash tushish, ot poygasi avlodlarimizning otga eng yaqin hamroh, suyanchiq deb qaraganliklarini isbotlaydi. Hozirgi vaqtdagi ba`zi ma`lumotlarga qaraganda, otda biotoklar ko`p bo`lib, ular insonning, mard matonatli, jismoniy baquvvat bo`lishga sabab bo`lar ekan.
Tarixga murojaat etsak, milliy xalq o`yinlari yil fasllariga moslashtirilgan.
Masalan, bahorda varrak, pirpirak, sochpopuk, zuv-zuv.
YOzda chillak, danak. Hammompish, oq suyak, oshiq o`yin:
Qish faslida qorbo`ron. Sirg`anchiq, qubbayong`oq.
Bular kishini chaqqon, tetik, zehnli qilib, o`yinlari o`ynalib o`stirishga, ochiq havoda tanani chiniqtirishga mo`ljallangan.
Halq o`yinlarini saqlab qolish, dastur va darsliklarga kiritish, ularni sayil va bayramlarda targ`ibot etish bo`yicha qanday ishlar amalga oshiriladi?
“O`qituvchi” nashriyotida chiqqan “Harakatli o`yinlar” (1992), “Boshlang`ich sinflarda dars va harakatli o`yinlar”, “1001 o`yin” –xalq o`yinlari to`plamlarini o`rganish umum ta`lim maktablari dasturlariga kiritildi.
2017 yildan beri ikki marotaba Respublikada Xalq o`yinlari bayrami o`tkazildi.
Adabiyotlar:
1. Ayrapyans L.P. “Milliy sport turlari va o`yinlarning rivojlantirishning muommolari. Toshkent-1998 yil 2. “1001 o`yin” T.Usmonxo`jayev Toshkent-1995 yil 3. YU. Portnex “Sport va harakatli o`yinlar”. Moskva-1997 yil.