O’ZBЕKISTОN RЕSPUBLIKASI ОLIY VA O’RTA MAХSUS TA’LIM VAZIRLIGI
“TОSHKЕNT IRRIGATSIYA VA QISHLОQ ХO’JALIGINI MЕХANIZATSIYALASH MUХANDISLARI INSTITUTI”
MILLIY TADQIQOT UNIVERSITETI
“TASDIQLAYMAN”
TIQХMMI MTU rеktоri
_____________B.S.Mirzayev
2022-yil “____”__________
MОLIYAVIY HISОB VA HISOBOT
FANINING
FAN DASTURI
Bilim sohasi:
400000 – Biznes, boshqaruv va huquq
Ta’lim sohasi:
410000 – Biznes va boshqaruv
Ta’lim yo‘nalishi:
60410100 – Buxgalteriya hisobi va audit
Fan/mоdul kоdi MHH2110
O’quv yili 2022-2023
Sеmеstr 5-6
ECTS - Krеditlar 10
Fan/ mоdul turi Majburiy
Ta’lim tili O’zbеk/rus
Haftadagi dars sоatlari 6
1.
Fanning nоmi
Auditоriya mashg’ulоtlari (sоat)
Mustaqil ta’lim (sоat)
Jami yuklama (sоat)
Mоliyaviy hisоb va hisobot
120
180
300
2.
I. Fanning mazmuni Fanining maqsadi – bakalavr talabalarida xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning moliyaviy-xo'jalik faoliyatini moliyaviy hisob va hisoboti bo'yicha nazariy-amaliy bilimlarni shakllantirishdan iborat.
Fanning vazifasi – bozor iqtisodiyoti sharoitida zarur qarorlarni qabul qilish uchun buxgalteriya (moliyaviy) hisob va hisobot bo'yicha quyidagi bilimlarga ega bo'lishi; ichki va tashqi iste'molchilar uchun keng miqyosida ma'lumotlar tizimini tashkil qilish; turli iste'molchilar talablarini ta'minlaydigan buxgalteriya (moliyaviy) hisob va hisobot ma'lumotlarini tayyorlash, taqdim qilish; korxonalarda moliyaviy hisobotlarni buxgalteriya ma'lumotlari yordamida shakllantirish; davlat qonunlari, hukumat qarorlari, me'yoriy hujjatlar asosida tashkilotlar bilan hisob-kitoblarni to'g'ri tashkil etish va h.k.
II.Asosiy nazariy qism(ma’ruza mashg’ulotlari) II.I.Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:
1-mavzu. "Moliyaviy hisob va hisobot" faniga kirish.
O'zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobini tashkil qilish. Moliyaviy hisobning mohiyati va asosiy vazifalari. Hisob siyosati va moliyaviy hisobning asosiy tamoyillari. Moliyaviy hisobot va uning tarkibi.
2-mavzu. Pul mablag'lari va valyuta operasiyalari hisobi.
Pul mablag‘lari va valyuta operatsiyalari hisobining iqtisodiyotdagi o’rni. Pul mablag’lari va valyuta operatsiyalari hisobining me’yoriy-huquqiy asoslari. Korxonaning moliyaviy barqarorligini ta’minlashda pul mablag’lari va valyuta operatsiyalari hisobining ahamiyati. Pul mablag’lari hisobining amaldagi holati. Valyuta operatsiyalari hisobining zamonaviy holati. “Pul mablag’lari va valyuta operatsiyalari hisobi”ni o’rganishda bir nechta usullarini qo‘llash metodikasi.
3-mavzu. Mehnat va ish haqini hisobga olish. Mehnat va ish haqini hisobga olishning asosiy vazifalari. Mehnatga haq to'lash shakllari. Mehnat va unga haq to'lash hisobida qo'llaniladigan dastlabki hujjatlar. Mehnat haqi xarajatlarining turkumlanishi. Mehnat haqi va undan ushlanadigan soliqlar hamda majburiy ajratmalarni hisoblash. Mehnat va unga haq to'lashni sintetik va analitik hisobi.
4-mavzu. Tovar-moddiy zaxiralar hisobi. Tovar-moddiy zaxiralar haqida tushuncha. Tovar-moddiy zaxiralarni baholash tartibi. Tovar-moddiy zaxiralarni tannarxini aniklash usullari. Tovar-moddiy zaxiralarpi sof sotish qiymatida фоиз hisobdan chiqarishning usullari. Tovar-moddiy zaxiralarni uzluksiz va davriy xisobga olish tartibi.