Аmаliy mаshg’ulоtlаr multimediya qurilmalari bilan jihozlangan auditoriyada bir akademik guruhga bir professor o’qituvchi tomonidan o’tkazilishi zarur. Mashg’ulotlar faol va interaktiv usullar yordamida o’tilishi, mos ravishda munosib pedagogik va axborot texnologiyalar qollanilishi maqsadga muvofiq.
IV. Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar. Mustaqil ta’lim uchun tavsiya etiladigan mavzular:
1. "Moliyaviy hisob va hisobot" faniga kirish
2. Pul mablag'lari va valyuta operasiyalari hisobi
3. Mehnat va ish haqini hisobga olish
4. Tovar-moddiy zaxiralar hisobi
5. Investisiyalar hisobi
6. Asosiy vositalar hisobi
7. Nomoddiy aktivlar hisobi
8. Ishlab chiqarish xarajatlari hisobi
9. Tayyor mahsulot (tovar, ish, xizmat)lar va ularning sotilishini hisobga olish
10. Ustama xarajatlar va tannarx kalkulyasiyasi hisobi
11. Xususiy kapital hisobi
12. Moliyaviy natijalar hisobi
13. Hisobotlarni tuzish va taqdim etish
VI. Kurs ishini tashkil etish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar "Moliyaviy hisob va hisobot" fani bo'yicha kurs ishi tanlangan mavzu bo'yicha natijalarni umumiy yaxlitlikka ega ilmiy va amaliy fikrlarni aks ettiruvchi loyihaviy ishdir. Kurs ishi "moliyaviy hisob va hisobot" fani rivojlanishining zamonaviy darajasiga, iqtisodiyotning rivojlanish tendensiyalariga doir masalalarini aks ettirishga mos kelishi kerak. Kurs ishi nafaqat nazariy ahamiyati, mavzusining dolzarbligi va erishilgan natijalarning amaliyotga tadbiqi, balki uning uslubiy tayyorgarlik darajasi hamda rasmiylashtirilishiga qarab baholanadi. Kurs ishini yozishning eng muhim bosqichi - bu qo'yilgan savollarning o'zaro nazariy va amaliy aloqadorligini ta'minlash. Kurs ishining tarkibiy tuzilishini to'g'ri belgilash talabaga kurs ishining maqsadi va vazifalarini aniq qo'yish hamda ko'zlangan natijaga erishish yo'llarini, shuningdek, kurs ishini tayyorlash bosqichlarini to'g'ri tanlashga imkon yaratadi. Kurs ishining tarkibiy tuzilishini oqilona va sifatli ishlab chiqilishi talabaga izlanishning oldiga qo'yilgan maqsad hamda natijalarini to'g'ri ifodalash, fikrlarni bayon etish uslublari va kurs ishini tayyorlash bosqichlarini ajratish imkonini beradi.
Kurs ishi talabaning ilmiy jihatdan etukligi hamda "moliyaviy hisob va hisobot" fani bo'yicha chuqur bilimga va amaliy ko'nikmaga egaligini namoyon qilishi zarur. Kurs ishida o'rganiladigan masalalarning nazariy jihatlari, aniqlangan muammolarini, qo'yilgan ilmiy va amaliy vazifalarni tahlil qilish hamda muammolarni hal etishni ko'zlagan holda bir-biriga mantiqiy mos reja tuziladi va shu asosida yoziladi. Talaba kurs ishi bo'yicha izlanish natijalarini yoritishda auditni tashkil qilishning o'ziga xosligini hisobga olib, chet davlatlarning tajribalarini o'zimizda orttirgan amaliy yutuqlarni umumlashtirgan holda hisob siyosatining xususiyatlarini, belgilangan muammolarning echimini torish yo'l-yo'riqlarni ishlab chiqadi va bartaraf qilish usullarini tavsiya etadi.
Kurs ishini himoya qilishga quyidagi umumiy talablar qo'yiladi:
- o'rganilayotgan muammo bo'yicha mavjud iqtisodiy adabiyotlarni chuqur tahlil qilish;
- kurs ishida chizma va jadvallarni muayayn tizimga keltirilgan holda rasmiylashtirish;
- kurs ishi bo'yicha to'rlangan materiallarni tanqidiy o'rganish;
- taklif va tavsiyalarning asoslab berilishi;
- talaba tomonidan fikrning ketma-ketlikda, muayayn izchillikda bayon qilinishi;
- qo'yilgan talablar bo'yicha kurs ishining rasmiylashtirilishi.