Qishloq xo’jaligining respublika iqtisodiyotidagi o’rni va ahamiyati.
Qishloq xo’jaligining asosiy masalasi bu – qishloq xo’jaligida ishlab chiqarishning barqarorligini ta‘minlash va iqtisodiy samaradorligini oshirib borish asosida mamlakat aholisining oziq-ovqatga, sanoatning esa xom-ashyoga bo’lgan ehtiyojini qondirishdir. Bugungi kunda aholi jon boshiga to’g’ri keladigan oziq-ovqat mahsulotlarining yillik iste‘moli 47,3 foizini tashkil qilmoqda. Oziq-ovqat mahsulotlari importi yildan yilga kamayib, uning eksport hajmi sezilarli darajada ortib bormoqda. Qishloq xo`jaligi O`zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining yirik tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Bugungi kunda qishloq xo`jaligining mamlakat iqtisodiyotdagi o`rni judda katta. Mamlakatda ishlab chiqarilayotgan yalpi ichki mahsulotning 26-30 foizi shu tarmoqning ulishiga to`g`ri keladi. Mamlakatimiz iqtisodiyoti uchun zarur bo`lgan erkin harakatdagi qattiq valyuta tushumining yarimidan ko`prog`i shu tarmoq mahsulotlarini eksport qilishdan olinadi. Aholining 60 foizidan ortiqrog`i qishloq joylarda yashaydi. Halqimizning turmush darajasi, inson resurslarining katta bir qismining ish bilan ta`minlanishi qishloq xo`jaligi bilan bog`liq. Bugungi kunda iqtisodiyotda band bo`lgan mehnat resurslarining 28 foizdan ko`prog`i qishloq va o`rmon xo`jaligida faoliyat ko`rsatadi. Shu boisdan ham qishloq xo`jaligiga e`tibor, ayniqsa keyingi mustaqillik yillarida, xaqli ravishda katta bo`lmoqda.
O’zbekiston Markaziy Osiyoning qulay xududida joylashgan. Uning hududida azaldan insoniyat uchun nihoyatda kerakli hisoblangan turli xildagi qishloq xo’jalik mahsulotlari ishlab chiqarildi. Chunki bu hududda tabiiy-iqlim sharoitlar yetarlidir. Jumladan, Respublikada yillik samarali temperatura 26-30° ni tashkil etib, quyoshli soat 3600 dan ortiq bo’lib, bir yilda birnecha marta hosil olish imkonini beradi. O’zbekistonning jami yer maydoni 44.4 mln. gektar (2004 y.) bo’lib, shundan 50,8 foizini turli xildagi qishloq xo’jalik korxonalari, tashkilotlari hamda dehqon xo’jaliklari foydalanadilar: ularning yig’indisi mamlakat qishloq xo’jaligini tashkil etadi. Uning asosiy maqsadi tarmoqda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar bilan mamlakat aholisining iste’mol tovarlariga, qayta ishlash sanoatini esa xomashyoga bo’lgan talablarini qondirishdir.
Mustaqillik yillarida olib borilgan islohotlar natijasida O`zbekiston Resublikasi dinamik holda rivojlanib borayotgan murakkab iqtisodiy tizimga ega bo`ldi. Qishloq xo`jaligi Respulika iqtsodiyotining yirik va muhim tarmog`i sifatida saqlanib qoldi.
Qishloq xo`jaligi O`zbekiston xalqlarining eng qadimdan shug`illangan asosiy sohalardan biri bo`lib, bir necha ming yilliklardan asta-sekin rivoj topib kelmoqda. Respublika hududida avvalo chorvachilik keyinchalik dehqonchilik madaniyati tarkib topdi. Chorvachilikning asosan qo`ychilik, qoramolchilik, otchilik (yilqichilik), asalarichilik, tuyachilik va ipakchilik, dehqonchilikning donchilik, sabzavotchilik, polizchilik, bog`dorchilik va paxtachilik tormoqlari yaxshi rivojlandi. Qishloq xo`jaligi Respublikamiz hududida yashaydigan xalqlarning asosiy turmush tarziga aylangan. Uning rivoji yurtimiz hududida qishloq xo`jaligi bilan bog`liq mehnat qurollari ishlab chiqarishning o`sishiga sabab bo`ldi. Natijada asta sekin bo`lsada madaniyat, ilm-fan, kosibchilik rivoj topdi.
Qishloq xo’jaligining jahon iqtisodiyotidagi o’rni keyingi yillarda keskin rivojlanib bormoqda, bu esa qishloq xo’jaligining jahon iqtisodiyotidagi ahamiyati yanada oshayotganidan dalolat beradi. Shuning uchun ham qishloq xo’jaligi mahsuloti ishlab chiqarishning asosiy omillari bo’lgan yer, suv, mehnat resurslari va ularning o’ziga xos xususiyatlarini rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar miqyosida o’rganish muhim ahamiyat kasb etadi.
Qishloq xo’jaligi moddiy ishlab chiqarishning asosiy va eng qadimgi tarmoqlaridan biri bo’lib, aholiga oziq-ovqat mahsulotlari va sanoat uchun xomashyoning asosiy qismini yetkazib beradi. Qishloq xo’jaligi, asosan ikkita yirik tarmoq-dehqonchilik va chorvachilikdan iborat. Bu ikki soha aholi uchun dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlari yetkazib beradi. Qishloq xo’jaligi o’simlik va chorvachilik mahsulotlarini dastlabki qayta ishlaydigan bir qancha tarmoqlarni ham o’z ichiga oladi. Iqtisodiy jihatdan faol aholining taxminan yarmi, kamroq taraqqiy etgan mamlakatlarda esa ko’pincha 80-90 foizidan ortig’i qishloq xo’jaligida band. Rivojlanayotgan mamlakatlarda esa bu ko’rsatkich 10 foizni tashkil etadi. Qishloq aholisining ijtimoiy muammolari, joylashishi qishloq xo’jaligi bilan chambarchas bog’liqdir. Bir qancha mamlakatlarda o’rmon xo’jaligi ham qishloq xo’jaligi tarkibiga kiradi.
2015 yilga kelib, jahon aholisi 7 milliard nafardan oshib ketdi va bu ko’rsatkich yil sayin ortib borishi kutilmoqda. Ularni oziq-ovqat bilan to’liq ta‘minlash uchun har yili oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish hajmini 4-5 foiz oshirib borish kerak. Har bir mamlakatda qishloq xo’jaligining rivojlanishi o’ziga xos ichki xususiyatlar e‘tiborga olinishini talab qiladi. Bu esa tabiiy, ijtimoiy ixtisoslashuvni taqozo etadi.
Dostları ilə paylaş: |