Milliy tadqiqot universiteti


Fermer xo‘jaligining faoliyatiga



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə5/8
tarix13.04.2022
ölçüsü0,56 Mb.
#55308
1   2   3   4   5   6   7   8
курс иши Эркинов Нодир 202

Fermer xo‘jaligining faoliyatiga – qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish; qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash, shuningdek, bozorlarda, shu jumladan, o‘z savdo shoxobchalari orqali sotish; tijorat faoliyati va marketing tadqiqotlarini tashkil qilish; yuridik va jismoniy shaxslarga pulli xizmatlar ko‘rsatish; tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish; faoliyatning qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turlarini amalga oshirish kiradi.

Fermer xo‘jaliklarining asosiy yo‘nalishlari – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 24-martdagi «Qishloq xo‘jaligida islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim yo‘nalishlari to‘g‘risida»gi Farmonida belgilab berilgan: fermer xo‘jaliklari zarar bilan ishlayotgan, past rentabelli va istiqbolsiz shirkatlar negizida barpo etiladi; fermer xo‘jaligi yuridik shaxs sifatida, asosan, xususiy korxona shaklida, keyinchalik ular turli shakldagi kooperatsiyalarga birlashish huquqi bilan barpo qilinadi; yer maydonlari fermerlarga tanlov asosida ellik yilgacha uzoq muddatga, ijara muddati davomida meros qilib qoldirish huquqi bilan ijaraga foydalanish uchun beriladi; fermer xo‘jaliklariga beriladigan yer maydonlari shirkat xo‘jaliklarining balansidan chiqariladi; yetishtiriladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib berish hamda moddiy-texnika resurslari va xizmatlarni olish uchun shartnomalarni faqat fermer xo‘jaliklarning o‘zlari tayyorlov, qayta ishlash hamda xizmat ko‘rsatish korxonalari va tashkilotlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tuzadilar.

Fermer xo‘jaliklarini tashkil etish ishlari quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi:

1. Mehnat resurslari yetarli bo‘lmagan va yangi sug‘oriladigan yerlar hamda zaxira yerlarda fermer xo‘jaliklari tashkil etiladi.

2. Qishloq xo‘jaligi kooperativlari (shirkatlari)ning yerlarida fermer xo‘jaligi tuzish uchun berilgan arizaga binoan, umumiy majlisning qarori bilan ajratiladigan yerlarda fermer xo‘jaliklari tuziladi.

3. Surunkasiga zarar ko‘rib ishlayotgan istiqbolsiz yoki past rentabelli xo‘jaliklar Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida qayta tashkil etilib, to‘lig‘icha fermer xo‘jaliklariga aylantiriladi.

Fermer xo‘jaligi aksariyat hollarda ortiqcha mehnat resurslari bo‘lmagan yerlarda va hududlarda tashkil etiladi.

Chorvachilik mahsuloti yetishtirishga ixtisoslashtirilgan fermer xo‘jaligi kamida 30 shartli bosh chorva moli bo‘lgan taqdirda tashkil etiladi. Fermer xo‘jaligiga ijaraga beriladigan yer uchastkalarining eng kam o‘lchami bir shartli bosh chorva molga hisoblaganda, Andijon, Namangan, Samarqand, Toshkent, Farg‘ona va Xorazm viloyatlaridagi sug‘oriladigan yerlarda kamida 0,3 gektarni, viloyatlar va Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi sug‘oriladigan yerlarda kamida 0,45 gektarni, sug‘orilmaydigan (lalmikor) yerlarda esa kamida 2 gektarni tashkil etadi.

Dehqonchilik mahsuloti yetishtirishga ixtisoslashtirilgan fermer xo‘jaliklariga ijaraga beriladigan yer uchastkalarining eng kam o‘lchami paxtachilik va g‘allachilik uchun kamida 10 gektarni, bog‘dorchilik, uzumchilik, sabzavotchilik va boshqa ekinlarni yetishtirish uchun kamida 1 gektarni tashkil etadi.

Yer uchastkalari berilganda, fermer xo‘jaligi o‘z zimmasiga qishloq xo‘jalik ekinlarining hosildorligi (uch yil uchun o‘rtacha yillik hosil hisobida) yerning kadastr bahosidan kam bo‘lmasligini ta’minlash majburiyatini oladi. Bu majburiyat yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasida mustahkamlab qo‘yiladi.

Fermer xo‘jaligi shu xo‘jalik boshlig‘i tomonidan tashkil etiladi, u fermer xo‘jaligiga tegishli, aloqador mol-mulk ajratib beradi va ustavini tasdiqlaydi.

Fermer xo‘jaligi tashkil etish uchun uning boshlig‘i belgilangan tartibda yer uchastkasi olishi kerak.

Fermer xo‘jaligi belgilangan tartibda davlat ro‘yxatiga olingan paytdan e’tiboran tashkil etilgan deb hisoblanadi. Fermer xo‘jaligi vakolatli organ tomonidan davlat ro‘yxatiga olingandan keyin yuridik shaxs maqomini oladi, bank muassasasida hisob-kitob varag‘i va boshqa xil hisob varaqlari ochib, o‘z nomi yozilgan muhrga ega bo‘ladi.

Fermer xo‘jaliklarini sanoatlashtirish va kimyolashtirishga melioratsiya va ishlab chiqarishning boshqa asosiy omillarini tez sur’atda o‘sishiga mablag‘ resurslaridan samarali foydalanish tizimi tashkil etilishi hisobiga erishiladi. Bozor munosabatlari rivojlangan shart-sharoitda infratuzilmaning ahamiyati katta. Fermer xo‘jaligi uchun material, resurslar, texnika bilan ta’minlovchi davlat tuzilmasi yo‘q. Shuning uchun moddiy ishlab chiqarish infratuzilmaning fermer xo‘jaligi ishlab chiqarishiga xizmat qilish faoliyati kamayib bormoqda. Infratuzilma ishlab chiqarish hajmini oshirish uchun shart-sharoitlar yaratadi. Lekin, mahsulot ishlab chiqarmaydigan tarmoqlarda samaradorlikni kamaytiradi. Infratuzilma fermer xo‘jaliklari uchun kadrlar tayyorlashga ham yordam beradi.

Infratuzilmaga kiradigan tarmoqlar ishlab chiqarish jarayoniga bir xilda ta’sir ko‘rsatmaydi, lekin ishlab chiqarishda o‘ziga xos o‘rin egallaydi.

Fermer xo‘jaligi ishlab chiqarishini industrlashtirish va ixtisoslashtirishning rivojlanib borishi natijasida qishloq xo‘jalik korxonalarida moddiy resurslar bilan ta’minlanish, texnikani ta’mirlash va unga xizmat ko‘rsatish, o‘g‘it solish, melioratsiya ishlarini bajarish, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini tashish, saqlash va qayta ishlash bo‘yicha tarmoqlar vujudga keldi. Fermer xo‘jaligining barcha tarmoqlarini to‘liq industrlashtirish, kompleks mexanizatsiyalash, elektrlashtirish va kimyolashtirish, fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish, melioratsiyalash ishlari amalga oshirilmoqda.

Fermer xo‘jaligi tarmoqlarida ko‘p qirrali xizmat ko‘rsatuvchi infratuzilmalar rivojlantirilib, bozor iqtisodiyotiga mos quyidagi muammolar hal etilmoqda:

1. Tuproq unumdorligini oshirish. 2. Seleksiya ishlarini tashkil etishni tubdan yaxshilash. 3. Har bir ekin o‘z tabiatiga mos ravishda tegishli agrotexnologiyaga amal qilishni talab etadi. 4. Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muammolarini ko‘rib chiqish.

Fermer xo‘jaliklariga agrotexnika xizmati ko‘rsatishni yaxshilash, texnikalardan samarali foydalanish maqsadida, MTP, muqobil mashina traktor parklari tuzildi. Bu parklarda barcha haydov traktorlarining 43%i, don va sholi o‘rish kombaynlarining 48% bugungi kunda yer haydash bo‘yicha 60%, g‘alla yig‘ib olish bo‘yicha 55% ishlarni bajarmoqda. Hozircha, parklar qudratli kuchga aylangani yo‘q. Shuning uchun mashina-traktor parklari tizimining faoliyatini yanada takomillashtirish, raqobat muhitini vujudga keltirishda servis xizmati ko‘rsatish shoxobchalarini tuzish maqsadga muvofiqdir.

Fermer xo‘jaliklarida mahsulot yetishtirishning samaradorligini oshirishda, infratuzilmalarni qayta bo‘lib, fermer xo‘jaligida xizmat ko‘rsatuvchi infratuzilmalar faoliyatini yanada takomillashtirish zarur. Xizmatlar bozoridagi infratuzilmalar quyidagilardan iborat: agrorximiya xizmati, seleksiya xizmatlari, urug‘chilik, MTP xizmatlari, yonilg‘i-moylash va ehtiyot qismlar bilan ta’minlash, transport xizmatlari, uskunalar lizingi, ulgurji birjalar, birjalar bozori, moliya-kredit tizimi va boshqalar.

Fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish davlat dasturi infratuzilma tarmoqlarini yanada takomillashtirish, ular o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni chuqurlashtirish va kelgusida servis xizmatlarini yaxshilash orqali mahsulot hajmini oshirishga qaratilgan.




  1. Yüklə 0,56 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin