Milliy tadqiqot universiteti


Fermer xo’jaligi tushunchasi, maqsadi, vazifasi, faoliyati, uning yo’nalishlari va infratuzilmaning o’rni



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə3/8
tarix13.04.2022
ölçüsü0,56 Mb.
#55308
1   2   3   4   5   6   7   8
курс иши Эркинов Нодир 202

Fermer xo’jaligi tushunchasi, maqsadi, vazifasi, faoliyati, uning yo’nalishlari va infratuzilmaning o’rni.

Fermer xo‘jaligi – tanlov asosida uzoq muddatli ijaraga berilgan yer uchastkalaridan foydalangan holda, qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqarishi bilan shug‘ullanuvchi, yuridik shaxs huquqlariga ega bo‘lgan mustaqil xo‘jalik yurituvchi subyektdir.

Fermer xoʻjaligi — xususiy yoki uzoq muddatga ijaraga olingan yerda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish bilan shugʻullanadigan xoʻjalik. Fermer xoʻjaligining ijtimoiyiqtisodiy mazmuni va faoliyat koʻrsatish tartibi turli mamlakatlarda turlicha boʻlib, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarish munosabatlarining rivojlanish darajasi va xususiyatlari, shuningdek, mehnatdan va yerdan foydalanish sharoitlari, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini industrlash va ixtisoslashtirish darajasi, kapital hajmi va shahrik. omillar bilan belgilanadi. Ilk va mukammal shakldagi Fermer xoʻjaligilari AKSH, Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiyada mustamlakachilik siyosati va boʻsh yotgan hamda yerli aholiga tegishli yerlarda koloniyalar tashkil qilish natijasida paydo boʻldi. Gʻarbiy Yevropa davlatlarida kapitalizmning umumiy taraqqiyoti va pomeshchiklar xoʻjaliklarining yirik kapitalistik korxonalarga ailanishi jarayenida yuzaga keldi. 20-asrning 20—30 yillari AQSH, Kanada, Bukj Britaniyada, 50—60- yillarda esa rivojlangan Gʻarbiy Yevropa mamlakatlarida qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi mashinalashgan bosqichga oʻtdi, natijada fermerlar bu mamlakatlarda qishloq xoʻjaligi tovar mahsulotlarining asosiy ishlab chiqaruvchilariga aylandilar. Bu mamlakatlarda Fermer xoʻjaligi yerlari xususiy mulk hisoblanadi yoki yer ijaraga olinadi. Fermer xoʻjaligida barcha ishlab chiqarish vositalari va yetishtirilgan mahsulot Fermer xoʻjaligi boshligʻi, yaʼni fermerning yoki uning aʼzolari mulki hisoblanadi. Fermer xoʻjaligida, asosan, fermer oila aʼzolari, qarindoshurugʻlari va mavsumda yollanma ishchilar mehnat qiladi.

Oʻzbekistonda dastlabki Fermer xoʻjaligi Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 3-iyulda qabul qilingan "Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida" qonuniga muvofiq, dehqon xoʻjaligi shaklida tashkil etildi, dastlab yirik qishloq xoʻjaligi korxonalari tarkibidagi ichki Fermer xoʻjaligilari va mustaqil yuridik shaxs sifatidagi Fermer xoʻjaligi faoliyat koʻrsatdi. 90- yillarning oxirlaridan boshlab

Fermer xoʻjaligini tashkil etish va uning faoliyatiga doir huquqiy munosabatlar Oʻzbekiston Respublikasining "Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida" qonuni (1998-yil 30-aprel; yangi taxrirda 2004-yil 26 avg .) bilan tartibga solinadi.

Oʻzbekistonda Fermer xoʻjaligilari yerdan ijara asosida foydalanadilar va ularga yer maydonlari 50 yilga yoki 30 yildan kam boʻlmagan muddatga ijaraga beriladi. Ijaraga beriladigan yer maydonlarining eng kam oʻlchami paxtachilik va gʻallachilikda kamida 10 ga, bogʻdorchilik, uzumchilik, sabzavotchilik va boshqa ekinlar yetishtyrish uchun kamida 1 ga qilib belgilangan. Chorvachilik mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashgan Fermer xoʻjaligida kamida 30 shartli bosh chorva moli boʻlishi lozim. Bunday xoʻjaliklarda bir shartli bosh chorva moli hisobiga ijaraga beriladigan yer uchastkalarining eng kam oʻlchami Andijon, Namangan, Samarkand. Toshkent, Fargʻona va Xorazm viloyatlaridagi sugʻoriladigan yerlarda 0,3 ga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi sugʻoriladigan yerlarda 0,45 ga, sugʻorilmaydigan (lalmikor) yerlarda esa kamida 2 ga ni tashkil etadi.

Har qanday qishloq xo’jalik korxonasi va shu jumladan fermer xo’jaligi o’zini rivojlanishi va taraqqiy etishi uchun foydali faoliyat ko’rsatishi zarur. Foyda – har bir xo’jalik yurituvchi sub’ektning rivojlanishi va taraqqiy etishining asosiy manbai bo’lib hisoblanadi. SHuning uchun foydani ko’paytirish imkoniyatlarini aniqlash va undan samarali foydalanish yo’llarini ko’rsatish tahlilning asosiy masadidir. SHu masadga erishish uchun birinchi navbatda fermer xo’jaligida hisob-kitob ishlarini va xo’jalik faoliyatining tahlilini to’g’ri tashil qilish zarur, chunki shularni to’g’ri yo’lga o’ymasdan turib, foydani ko’paytirish imkoniyatlarini aniqlash nihoyatda qiyin. Ushbu muammolarni hal qilish masalasi Respublika Prezidenti I.Karimovning ham har doim diqqat-e’tiborida bo’lib kelmoqda. Masalan, u o’zining «qishloq xo’jalik taraqqiyoti – to’kin hayot manbai» asarida «Buxgalteriya hisobi va hisobotini to’g’ri yo’lga o’ymasdan turib, qishloq xo’jaligida biror-bir muvaffaqiyatga erishish mumkin emas» deb qayd qilgan. Tahlilning ahamiyatiga kelsak, u ham Prezidentning ko’p asarlarida, farmon va farmoyishlarida o’z aksini topgan. Masalan, uning «2005-2007 yillarda fermer xo’jaliklarini jadal rivojlantirishga qaratilgan takliflarni tayyorlash bo’yicha maxsus komissiya tuzish to’g’risida»gi Farmoyishida qayd qilingan. Ushbu farmoyishning deyarli har bir bandida u o’z aksini topgan. Prezident tomonidan aytilgan bu fikrlar va u

tomonidan qabul qilingan hujjatlar bejiz yuzaga kelgan emas. Haqiqatda hisob-kitob ishlarini va xo’jalik faoliyatining tahlilini to’g’ri tashkil qilmasdan turib, ishlab chiqarishni foydali sohaga aylantirish mumkin emas. Ishlab chiqarishdagi mavjud imkoniyatlarni topishda tahlilning roli nihoyatda katta ekanligini har bir o’quvchi, mutaxassis va fermer bilishi kerak. SHuning uchun ham har bir o’quvchi hamda faoliyat ko’rsatayotgan mutaxassis va fermer Prezidentimiz fikrlari va yo’l-yo’riqlariga amal qilib, fermer xo’jaligi faoliyatining natijalarini o’z vaqtida tahlil qilish, qo’yilgan xato va kamchiliklarni aniqlash va bartaraf etish, hamda mavjud imkoniyatlarni topish va ularni o’z vaqtida ishlab chiqarishga jalb qilish yo’llarini, usullarini va qoidalarini yaxshi bilishi zarur. Fermer xo’jaligi faoliyatining natijalarini ham nazariy, ham uslubiy jihatdan ongli va maxsus bilimga suyangan holda o’rganish albatta fermer xo’jaligining taraqqiy etishiga va uning itisodiyotining mustahkamlanishiga, qolaversa, mamlakatimizning milliy itisodiyotini rivojlanishiga sababchi bo’ladi. Bu haqiatni bilimni egallayotgan yoshlarimiz-talabalarimiz esda salamog’i zarur.






Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin