Milliy tadqiqot universiteti


Fermer xojaligi faoliyati va ularning iqtisodiyotimizdagi o’rni



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə2/8
tarix13.04.2022
ölçüsü0,56 Mb.
#55308
1   2   3   4   5   6   7   8
курс иши Эркинов Нодир 202

Fermer xojaligi faoliyati va ularning iqtisodiyotimizdagi o’rni

REJA:

1) Fermer xo’jaligi tushunchasi, maqsadi, vazifasi, faoliyati, uning yo’nalishlari va infratuzilmaning o’rni.

2) Qishloq xo’jaligining respublika iqtisodiyotidagi o’rni va ahamiyati.

3)

4)

5)


KIRISH

Fermer xo‘jaligining asosiy vazifasi qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirishni ko‘paytirish, aholini iste’mol mollari bilan ta’minlash, moddiy resurslardan samarali foydalanish, tuproq unumdorligini oshirish, tejamkor texnologiyalarni amaliyotga joriy etish, atrof-muhit ekologiyasini yaxshilashdan iborat. Hozirgi kunda hukumat tomonidan shu sohani rivojlantirishga asosiy e’tibor berilib, qator qonun va qonunosti hujjatlari qabul qilinib, amaliyotga keng joriy etilmoqda.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyev ta‘kidlaganidek, ― “Fermer va dehqonlarimiz qishloq xo’jaligida asosiy kuch bo’lib, nafaqat mazkur sohani, balki butun mamlakatimiz taraqqiyotini yuksaltirish, xalqimizning turmush darajasini oshirish, yurtimizni har jihatdan obod va farovon qilishda beqiyos ishlarni amalga oshirayotganini bugun faxr va g’urur bilan, minnatdorlik bilan qayd etamiz”

Makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, iqtisodiyotda xususiy sektorning roli va ahamiyatini oshirish, kapital qurish, qishloq xo‘jaligi va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida tarkibiy islohotlarni chuqurlashtirishga qaratilgan choratadbirlar, shuningdek, ishlab chiqaruvchilarga moddiy-texnika mablag‘laridan foydalanishlari uchun qulay sharoitlar yaratilishi va fiskal o‘zgarishlarning muvofiqlashtirilishi YAIMning o‘sish tendensiyasini saqlashni ta’minlaydi. Iqtisodiyotning yanada o‘sishida eksport uchun qulay bozor konyunkturasi, eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarishning rag‘batlantirilishi, amalga oshirilayotgan islohotlarning qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarishning ko‘payishiga ta’siri, shuningdek, iqtisodiyotning boshqa sektorlarini barqaror ishlashi kabi omillar ta’sir ko‘rsatdi.

Barchamizga ma'lumki, qishloq xo'jaligi mamlakatimiz iqtisodiyotida yetakchi o'rinni egallaydi. Mamlakatda ishlab chiqarilayotgan yalpi ichki mahsulotning salmoqli qismi shu sohada yetishtiriladi. Aholining 60 foizdan ortiq qismi qishloqda yashaydi. Shuning uchun sohani rivojlantirish masalasiga mamlakatimiz mustaqilligining dastlabki kunlaridanoq katta e'tibor berila boshlandi, ya'ni qishloq xo'jaligini rivojlantirish va uning samaradorligini oshirish maqsadida qator qonunlar, farmonlar va qarorlar qabul qilindi, natijada ushbu soha o'z samarasini bera boshladi. Respublikamiz qishloq xo'jaligida fermer xo'jaliklarini tashkil etish jarayoni kengayib bormoqda. Bu iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish jarayonining negizini tashkil qiladi. Ma'lumki, fermer xo'jaliklari qishloq xo'jaligida tadbirkorlikni rivojlantirishda muhim o'rin tutadi. Fermerlar bozor iqtisodiyoti sharoitida boshqa tadbirkorlar kabi mustaqil faoliyat ko'rsatadilar, ularda yer va boshqa mulklarga egalik hissiyoti rivojlanib boradi. Tajribali fermerlar, fidoyi dala mehnatkatkashlari hozirgi o'ta mas'uliyatli pallada sifatli bajarilgan agrotexnika tadbirlari tufayli yaratilajak mo'l hosil, undan keladigan daromaddan, eng avvalo, o'zlari, qolaversa, jamiyatimiz katta naf ko'rishini yaxshi biladi, qishloq xo'jaligini yanada rivojlantirish bo'yicha olib borilayotgan islohotlarni chuqur his etadi.

Qishloq xo’jaligidagi ishlab chiqarishining o’ziga xos xususiyatlari shundan iboratki, bu yerda iqtisodiy qonunlar bilan tabiiy qonunlar bevosita bog’lanib ketadi, chunki agrar sohadagi ishlab chiqarish tirik mavjudotlar – yer, o’simlik, chorva mollari bilan bevosita bog’liqdir. Bu yerda yer - mehnat ashyosi (predmeti) va asosiy ishlab chiqarish vositasi, xo’jalik yuritish ob‘ekti bo’lib, u eskirmaydi, yeyilmaydi, unga munosabat yaxshi bo’lsa, uning unumdorligi yaxshi bo’ladi.

O`zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining eng yirik tarmog`i qishloq xo`jaligidir. U, eng avvalo, aholining oziq-ovqatga bo`lgan talabini qondirishga xizmat qiladi. Bu borada O`zbekiston Respublikasi qishloq xo`jaligi juda katta yutuqlarga erishdi. Respublika qishloq xo`jaligi oziq –ovqat mahsulotlarining deyarli asosiy qismini aholimiz uchun yetarli muqdorda yetishtiradi. Qishloq xo`jaligi sanoatni xomashyo bilan ta`minlaydi. Bugungi kunda mamlakat yengil va to`qimachilik sanoatda ishlatilayotgan tolaning 60 foizidan ortiqrog`i o`zimizda ishlab chiqarilgan paxta tolasidir.

Qishloq xo’jaligida foydalanadigan barcha ishlab chiqarish vositalari xususiy, shaxsiy, jamoa mulk shaklida bo’lish mumkin. Hozirgi paytda qishloq ho’jaligida xo’jalik yuritishning asosiy ko’rinishlari fermer va dehqon shakllarida bo’lib, ulardan ishlab chiqarish jarayonlari turli iqlim va tuproq sharoitlaridan foydalanish asosida olib boriladi.





  1. Yüklə 0,56 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin