1.3 Qishloq xo`jaligida zamonaviy butlovchi texnikalarni jadal ishlab chiqarish Qishloq xo‘jaligi texnikasi uchun butlovchi va ehtiyot qismlar ishlab chiqarishni kengaytirish va ularga xususiy xizmatlar ko‘rsatadigan obyektlarni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida quyidagi qarorlar qabul qildi. Biz bularni quyidagilardan bilib olamiz.
Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi texnikasini ishlab chiqarish sanoatini rivojlantirish, mahalliy qishloq xo‘jaligi texnikasini ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan qishloq xo‘jaligi sohasi korxonalari o‘rtasida kooperatsiya aloqalarini kengaytirish, agrar sektordagi mavjud texnikaning import qismlari ulushini qisqartirish, shuningdek, qishloq xo‘jaligi texnikasiga servis xizmatlari ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qildi. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan davlat boshqaruvi va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari takliflari asosida ishlab chiqilgan va quyidagilarni o‘z ichiga olgan 2021-2022-yillarda qishloq xo‘jaligi texnikasi uchun butlovchi va ehtiyot qismlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, sohada kooperatsiya aloqalarini kengaytirish hamda texnik xizmat korsatadi.
“O‘zavtosanoat” AJga “Qishloq xo‘jaligi mashinasozligi konstruktorlik-texnologik markazi” MChJ va boshqa qishloq xo‘jaligi mashinasozligi tashkilotlari bilan birgalikda Dastur doirasida qishloq xo‘jaligi texnikasi uchun butlovchi va ehtiyot qismlar ishlab chiqarish hamda ularga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirayotgan tadbirkorlik subyektlarini belgilangan tartibda texnik qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish tavsiya etildi.
“O‘zagroservis” AJga O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda 2021-yil yakuniga qadar sohaga xususiy investitsiyalarni jalb qilish, o‘z tarkibidagi mashina-traktor parklari negizida ko‘p tarmoqli zamonaviy ta’mirlash va servis markazlarini tashkil etish hamda mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan hamkorlikda kooperatsiya usulida qishloq xo‘jaligi texnikalariga ehtiyot qismlar ishlab chiqarish bo‘yicha loyihalarni o‘z vaqtida ishga tushirish tavsiya etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, “O‘zagroservis” AJ Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda Dastur doirasida belgilanadigan ko‘rsatkichlarning to‘liq hajmda bajarilishi yuzasidan ta’sirchan nazorat o‘rnatadi.
Qishloq xo‘jaligi texnikasini ishlab chiqarishda va ularga servis xizmatlarini ko‘rsatishda ishlatiladigan butlovchi va ehtiyot qismlar bo‘yicha sanoat kooperatsiyasining
MAQSADLI PARAMETRLARI