Milliy tadqiqotlar universiteti



Yüklə 102,33 Kb.
səhifə5/13
tarix22.09.2023
ölçüsü102,33 Kb.
#146548
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Kirish (3)

1.3Bozor iqtisodi sharoitida qishloq xo`jaligining moddiy-texnika resurslarini shakllantirish, bunday vositalar bozori, texnika taraqqiyotini joriy etish, ulardan samarali foydalanish

Fan-texnika taraqqiyotining shu yo`nalishlar bo`yicha amalga oshirilishi natijasida qishloq xo`jaligi uchun zarur bo`lgan moddiy-texnika resurslarini yaratish, mavjudlarini esa takomillashtirish ta`minlanadi.
Fan-texnika taraqqiyoti natijasida yaratiladigan moddiy-texnika resurslari qishloq xo`jaligida yangi, samarali texnologiya vujudga kelishi, bu jarayon rivojlantirilishini ta`minlaydi. Bu texnologiyalar ish jarayonlarining belgilangan muddatda, sifatli bajarilishiga, mehnat unumdorligi oshishiga va xarajatlar kamayishiga olib keladi. Hozirgi vaqtda paxtachilikda «Andijon texnologiyasi» yaratilib, respublikada keng ko`lamda joriy etilmoqda. Bu usulda chigit avvaldan olib qo`yilgan pushtalarga respublikada ishlab chiqarilayotgan (dastlabki yillarda Xitoy respublikasidan valyutaga olib kelinar edi) plyonka ostiga ekilmoqda.
Natijada tuproq namligi va harorat saqlanib, chigitning tez unib chiqishiga erishilmoqda. Plyonkalardan foydalanish pushtada begona o`tlar paydo bo`lishini kechiktiradi. Bu hol birinchidan, yaganani, o`tlarni yo`qotish ishlarini kamaytirish, ikkinchidan, suv sarfini qisqartirish imkonini bermoqda.
Chigitni plyonka ostiga ekish natijasida paxta hosilining erta pishishi hamda uni qisqa muddatda yuqori navlarda terib olish ta`minlanmoqda. Shu tufayli Andijon viloyatida paxta hosildorligi 2017-2020 yillarda o`rtacha 32 tsentnerni tashkil etdi. Bu, respublikada eng yuqori ko`rsatkichdir. Viloyatda 1 ts. paxta etishtirish uchun 9,8 ming so`m sarflanmoqda. Bu respublikadagi bu boradagi o`rtacha ko`rsatkichdan 13,6 foizga kam. Natjalar ilg`or texnologiyaning afzalliklarini bot-bot isbotlamoqda.
Bu o`rinda ta`kidlash kerakki, yangi texnologiyani qo`llash uchun shart- sharoit yaratish, uni amalga oshirish jarayonida ayrim kamchiliklarga yo`l qo`yilmoqda. Masalan, chigit ekish seyalkalari texnologiya talablari darajasida takomillashtirilmagan. Pushtaga yopilgan plyonka vaqtida, to`liq yig`ishtirib olinmay, dalalarda qolib ketayotgani tufayli tuproqning holatiga hamda ayrim bajariladigan ishlarga salbiy ta`sir ko`rsatmoqda. Hozirgi davrda ularni bartaraf etish borasida ilmiy va amaliy ishlar olib borilmoqda va bu kabi kamchiliklar chigit plyonka ostiga ekiladigan dalalarni ekishga tayyorlash, ekish va undan keyingi amallarni bajarish jarayonida ham kuzatilmoqda. /o`zalarni sug`orishda
«Isroil texnologiyasi» ham joriy etilmoqda. Bu texnologiyaning asosiy maqsadi suvni tejashga qaratilgan. Shu usuldan foydalanish natijasida 1 ga paxta maydoniga 4-5 marta kam suv berish ta`minlanadi. Gollandiyada etishtirilgan kartoshka urug`i ularning texnikalari bilan ekilib, o`simliklarga ham golland texnikalarida ishlov berilib, ularning hosili ham shu texnologiyalar bilan yig`ishtirib olindi. Bu jarayonda mahalliy tajribalardan ham keng foydalanildi. Natijada respublikada kartoshkachilik rivojlandi. Hozirgi davrda aholi iste`moli uchun chetdan kartoshka sotib olishga barham berilgan. Chorvachilik tarmoqlarida ham ilg`or texnologiyalar joriy etilmoqda. Ular vaqtni ishni tejash imkpniyatini beradi. Natijada mahsulot hajmi va nihoyat mehnat unumbdorligi oshishi sof foyda ko`payishi taminlanmoqda. Shuning uchun samarali texnologiyalarni yaratishga, ularni hayotga tatbiq etishga doimo katta e`tibor berish lozim. Bu ko`rsatkich yordamida har bir xo`jalik ixtiyoridagi foydalanilayotgan 1 ga qishloq xo`jalik eriga yoki ekin maydoniga qancha so`mlik moddiy-texnika resurslari to`g`ri kelayotganligi aniqlanadi. Uning miqdori talab, ya`ni me`yor darajasida bo`lishi kerak. Bu umumiy ko`rsatkich maqsad va vazifalardan kelib chiqqan holda boshqa aniq ko`rsatkichlar yordamida yanada aniqlashtiriladi.
Bu ko`rsatkich yordamida har bir xo`jalik ixtiyoridagi foydalanilayotgan 1 ga qishloq xo`jalik eriga yoki ekin maydoniga qancha so`mlik moddiy-texnika resurslari to`g`ri kelayotganligi aniqlanadi. Uning miqdori talab, ya`ni me`yor darajasida bo`lishi kerak. Bu umumiy ko`rsatkich maqsad va vazifalardan kelib chiqqan holda boshqa aniq ko`rsatkichlar yordamida yanada aniqlashtiriladi.
Qishloq va suv xo`jaligi vazirligining ma`lumotlari bo`yicha, tarmoqda traktorlarning, kombaynlarning, yuk mashinalarining umumiy soni so`nggi yillarda kamayib bormoqda. 2014 yilda tarmoqdagi jami traktorlarning umumiy miqdori 152,2 mingta bo`lgan bo`lsa, 2017 yilning boshiga kelib 113,1 mingtani tashkil etgan yoki shu yillar ichida 25,7 foizga kamaygan. Traktorlar keskin kamayishining sababi shundaki, ular ishga yaroqsiz bo`lib qolgani uchun ishlab chiqarishdan chiqarilgan. Darhaqiqat, shu yillar ichida mavjud traktorlarning ishga yaroqlilik darajasi ham pasaygan. Agarda 2017 yilda barcha traktorlarning 72 foizi ishlatishga tayyor bo`lgan bo`lsa, 2000 yilda bu boradagi ko`rsatkich 70,9 foizni tashkil etgan (10-jadval). Demak, jami toraktor parkidan foydalanish koeffitsienti 2014 yilda 0,72 dan oshmagan, 2017 yilda esa uning darajasi pasayib, 0,71 ni tashkil etgan.

Yüklə 102,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin