1.2Fan-texnikataraqqiyoti,uningyo`nalishlari,samaralitexnologiyalar Qishloq xo`jaligi moddiy-texnika resurslari tarkibiga chorva hayvonlari, o`simliklar, mevali daraxtlar qatnashishi tarmoqning muhim xususiyati ekanligiga alohida e`tibor berish, shuningdek, sanoat tarmoqlarida ishlab chiqarilgan moddiy- texnika vositalari, traktorlar, mashinalar, mexanizmlar, dastgohlar, kimyoviy vositalar, yoqilg`i, yonilg`i hamda yog`lovchi materiallar va boshqalarning ishtirokini ham e`tiborga olish lozim. Sanoat tarmoqlarida ishlab chiqarilgan moddiy-texnika vositalari, ma`lumki, inson mehnati natijasida yaratiladi. Ulardan foydalanish samaradorligi tarmoq ishlab chiqarishining mavsumiyligiga ham bog`liq.
Qishloq xo`jaligining mustahkam moddiy-texnika bazasini yaratishda yuqorida ta`kidlangan xususiyatlarni e`tiborga olish, shuningdek, ishlab chiqarishning joylashganligi hamda ixtisoslashganligiga alohida ahamiyat berish maqsadga muvofiqdir. Shu bilan birga ilg`or texnologiyalarning joriy etilishini hamda texnologik jarayonlarda bajariladigan barcha ishlarni mexanizatsiyalashtirish, avtomatlashtirish imkonini yaratish lozim.
Yuqoridagi talablarga javob beradigan moddiy-texnika resurslari asosan quyidagi manbalar hisobiga barpo etiladi:
– korxonaning mablag`lari;
–chetdan jalb etiladigan mablag`lar;
Birinchisiga korxonalarning mahsulot sotish, ish va xizmatlar bajarish natijasida olayotgan pul daromadlari, taqsimlanmagan foydadan ajratilayotgan mablag`, amortizatsiya fondidan ajratilayotgan mablag`, amortizatsiya fondi hisoblangan mablag`, foydalanilmayotgan ayrim ishlab chiqarish vositalarini sotishdan, ijaraga berilayotgan vositalardan foydalanish natijasida va boshqa manbalardan olingan mablag`lar kiradi. Bunda xo`jaliklarning aktsiyalar chiqarib sotishdan olayotgan pul daromadlari ham muhim manba hisoblanadi. Lekin bu masala respublika qishloq xo`jaligida hozircha hal etilgani yo`q. Juda muhim bo`lgan bu masalani kelajakda, albatta, hal etish zarur.
Ikkinchisiga irrigatsiya-melioratsiyaga, ekologiyaga hamda ijtimoiy sohalarga davlat byudjetidan ajratilayotgan mablag`lar, davlat ehtiyojlari uchun sotib olinayotgan mahsulotlarga davlat hisobidan ajratiladigan transh mablag`lari, tijorat institutlarining kredit mablag`lari, turli manbalardan jalb etilayotgan investitsiyalar, homiylarning, hamkorlarning mablag`lari va boshqa manbalardan jalb etiladigan mablag`lar kiradi. Bu mablag`lar hisobiga qishloq xo`jalik korxonalari moddiy-texnika vositalarini ularni ishlab chiqaruvchilarning bevosita o`zlaridan yoki birjalardan, ko`rgazmalardan, auktsionlardan shartnomalar asosida sotib olib, moddiy-texnika bazalarini mustahkamlashlari, ayrim hollarda foydalanish uchun ijaraga olishlari mumkin. Shunday tartibda shakllantirilgan moddiy-texnika resurslaridan xo`jaliklar yil mobaynida to`liq va samarali foydalanishsa, barcha turdagi tadbirlarni vaqtida, sifatli amalga oshirishlari aniq.
Qishloq xo`jaligini ustuvor darajada rivojlantirish uchun uning moddiy- texnika bazasini mustahkamlash kerak. Tarmoqning moddiy-texnika resurslari shakllantirilishi, rivojlantirilishi, ulardan samarali foydalanish masalalari fan- texnika taraqqiyotiga va uning darajasiga bevosita bog`liq. Fan-texnika taraqqiyoti deganda, qishloq xo`jaligi bilan bog`liq bo`lgan barcha fanlarning rivojlanishi,
Malakali kadrlarni jalb etishi,malakali kadrlarni jalb etishi texnikalar yaratilishi, mavjudlari esa takomillashtirilishini nazarda tutish lozim. Bu o`rinda ta`kidlash kerakki, fan rivojlanishi natijasida shu davrgacha bo`lmagan mutlaqo yangi fan – «Moddiy-texnika resurslari» ham yaratilishi mumkin. Bu jarayon fan-texnika inqilobidan dalolat beradi. Demak, fan-texnika taraqqiyoti inqilobi - intellektual ong rivojlanishining mahsulidir. Buning uchun intellektuallarni tayyorlaydigan ta`lim, ixtirochilik tizimini yangi bosqichga ko`tarish taqazo etiladi. Ular qishloq xo`jaligi uchun zarur bo`lgan qulay va samarali mashina, traktor, mexanizm, uskunalar yaratilishini, mavjudlari takomillashtirilishini,serhosil, tezpishar ekin navlari, sermahsul chorva zotlari, ilg`or texnologiyalarni yaratadigan fanlarning, fan-texnika, texnologiya rivojlanishini ta`minlaydi. Natijada moddiy-texnika resurslarining miqdori oshadi, sifati yaxshilanadi.
Bu jarayonni respublikamiz misolida ham ko`rish mumkin. Chunonchi, fan- texnikani taraqqiy ettirish yo`lidan borilayotgan O`zbekistonda qishloq xo`jaligi uchun qishloq xo`jalik mashinasozlik sanoati korxonalarida yangi, sifatli haydov, ishlov beruvchi traktorlar, paxta teradigan mashinalar, kimyo sanoatida polietilen quvurlar, plyonkalar ishlab chiqarilmoqda. Yomg`irlatib, tuproq ostidan, tomchilatib sug`orish uchun yangi samarali texnikalar barpo etilmoqda. Bu hol qishloq xo`jaligida samarali, ilg`or texnologiyalar joriy etilishini ta`minlaydi.
Fan-texnika taraqqiyoti yagona davlat siyosati asosida kechishi, bu jarayonda qatnashuvchilarning tashabbuskorligi, tadbirkorligi ham uyg`unlashishi lozim.
Fan-texnika taraqqiyotining asosiy maqsadi yangi, samarali qishloq xo`jalik texnikalarini, ekologik talablarga javob beradigan kimyoviy vositalarni, yangi navlarni, zotlarni yaratish, mavjud vositalarni takomillashtirish, mehnatning xarakterini o`zgartirib, uning unumdorligini oshirish, ishlab chiqariladigan mahsulotlar miqdorini ko`paytirish, sifatini yaxshilash, ularni qayta ishlab, iste`molchilarga etkazib berish orqali aholi, korxonalar va nihoyat, davlatning iqtisodiyotini yuksaltirishdir.
Fan-Texnika taraqqiyoti qishloq xo`jaligida quyidagi yo`malishlar bo`yicha amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir:
yangi erlarni kompleks o`zlashtirish, zax va sho`rlangan erlarning meliorativ holatini yaxshilash, suv bilan ta`minlanish tadbirlarini amalga oshiradigan ishlab chiqarish vositalarini yaratish, takomillashtirish;
tezpishar, kam suv talab etadigan, sifatli va serhosil urug` navlarini, sermahsul chorva zotlarini yaratish;
qishloq xo`jalik ishlab chiqarishida amalga oshiriladigan barcha ish jarayonlarini avtomatlashtirish, elektrlashtirish, kimyolashtirish hamda mexanizatsiyalashtirishni ta`minlaydigan vositalarni yaratish, mavjudlarini takomillashtirish;
qishloq xo`jaligiga servis xizmatlarini ko`rsatish, tarmoqda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning zarur miqdorini qayta ishlab, sifatli saqlab, iste`molchilarga vaqtida, yaxshi holatda etkazib berish qobiliyatiga ega bo`lgan tadbirkorlik sub`ektlarini shakllantirish;
qishloq xo`jaligi iktisodiyotining erkinlashtirilishini ta`minlovchi iqtisodiy mexanizmlarni yaratish va ularni hayotga izchillik bilan joriy etish;
fan-texnika taraqqiyoti natijalarini qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishining barcha sohalariga o`z vaqtida joriy etish qobiliyatiga ega bo`lgan mutaxassis kadrlarni tayyorlash, faoliyat ko`rsatayotganlari rag`batlantirilishini takomillashtirish imkoniyatiga ega bo`lgan mexanizmlarni yaratish.