So`z boshi Moddiy-texnika resurslaridan foydalanish samaradorligi Qishloq xo'jaligini intensiv rivojlantirishda, mavjud ishlab chiqarish potensialining samaradorligini oshirishda moddiy-texnika bazasining aharniyati katta bo‘lib, uni kengaytirish, qayta tashkil qilish va rekonstruksiya ilish talab etiladi. Qishloq xo'jaligining moddiy-texnika bazasi qishloq xo'jaligida mavjud bo'lgan barcha mehnat vositalari va mehnat buyumlari yig'indisidir. Uning tarkibiga yer resurslari, ishlab chiqarish imoratlari, inshootlari, qishloq xo'jaligi mashinalarivajihozlari, transport vositalari, mahsuldor va ishchi hayvonlar, ko‘p yillik daraxtlar, suv resurslari, urug‘lik, chorva ozuqalari, neft mahsulotlari, o'g'it, kimyo vositalari,urug'liklar, yem-xashaklar, yoqilg'i, yog‘lovchi, qurilish materiailari va boshqalar kiradi. Fermer xo'jaliklari moddiy-texnika bazasining tarkibiy tuzilmasi:
• fermer xo'jaliklari tasarrufidagi yer uchastkalari;
• fermer xo'jaliklaridagi ko'p yillik daraxtlar va uzumzorlar;
• chorva ferinalarining mahsuldor va ishchi hayvonlari;
• fermer xo'jaliklaridagi bino-inshootlar, texnikalar, mashinalar va boshqa ish qurollari;
• fermer xo‘jaliklaridagi aylanma mablag'lar (urug'lik, ozuqa,YMM, mineral o‘g‘itlar);
• fermer xo'jaliklarining hisob raqamidagi pul mablag'lari, qimmatbaho qog'ozlar;
• fermer xo'jaliklarining ta’sischiligi asosida tashkil qilingan muqobil
Moddiy resurslar yordamida qishloq xo'jaligida turli xildagi ishlar, xizmatlar bajarilib, mahsulotlar yetishtiriladi. Fan-texnika taraqqiyoti natijasida ularning sifati, holati yaxshilanadi, yangilarini yaratish maqsadida keng ko'lamdagi ishlar bajariladi. Moddiy resurslarni ishlab chiqarishda qo'llash natijasida serhosil, tezpishar navlar, sermahsul chorva zotlari, har tomonlama qulay va samarali hisoblangan ilg'or texnologiyalar yaratiladi.
Qishloq xo'jaligining moddiy-texnika resursiari respublika iqtisodiyoti resurslarining muhim qismi hisoblanadi. Ular mulk sifatida tarmoqning, korxonalarning iqtisodiy asosini tashkil etadi. Korxonalarning moddiy-texnika bazasi mustahkam bo'lsa, ularda iqtisodiy jihatdan rivojlanish uchun asos mavjudligidan dalolat beradi. Bundan ko'rinib turibdiki, fermer xo'jaliklarini yuqoridagi moddiytexnika vositalariga ega bo'lmasliklari ularni kelgusida iqtisodiy baquwat xo'jalik sifatida faoliyat ko'rsata olmasliklarini bildiradi. Har bir hududda fermer xo‘jaliklarining moddiy-texnika ta’minotini mustahkamlashda hisobga olinadigan omOlarga quyidagilar kiradi:
• hududlar bo'yicha qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish tarkibi;
• fermer xo'jaliklarining ixtisoslashganlik darajasi;
• qishloq xo'jaligi ekinlarining tarkibi;
• qishloq xo'jaligi ekinlarining hosildorligi va chorva mollarining mahsuldorligi;
• qishloq xo'jaligi ekinlarining moddiy-texnika resurslariga bo'lgan talabi.
Fermer xo'jaliklarining moddiy-texnika vositalari bilan ta’minlash va mustahkamlash mamlakat miqyosida moddiy-texnika resurslarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar faoliyatini modemizatsiyalashtirish, ya’ni o'zaro raqobatlashadigan, ichki va tashqi bozorga sifatii hamda talabgor mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar safini ko'paytirishni talab etadi. Fermer xojaliklarining moddiy-texnika ta ’minotini rivojlantirishning
asosiy yo ‘nalishlari quyidagilar hisoblanadi:
• har bir qishloq xo'jaligi hududiga mos va iqtisodiy samaraii bo'lgan mexanizatsiya tizimini shakllantirish;
• yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, qishloq xo'jaligi ekinlarini sug'orishda ilg'or texnologiyalarni qo'llash orqali suv resurslaridan samaraii foydalanish;
• mahsuldor zotli hayvonlar bilan ta’minlash;
• kasallikka chidamli, tezpishar va yuqori hosildor qishloq xo'jaligi ekinlarining urug'lari bilan ta’minlash;
• qishloq xo'jaligida mineral o'g'itlardan samafali foydalanish, biologik vositalardan foydalanish ko'lamini kengaytirish;
• ishlab chiqarish bino va inshootlari qurilishdga amaliy yordam ko'rsatish;
• moddiy-texnika resurslarini xarid qilish va foydalanishda imtiyozlar joriy qilish;
• xizmat ko'rsatish va ta’minot yo'nalishidagi korxona hamda tashkilotlami samaraii faoliyat ko'rsatishini ta’minlash. Qishloq xo`jaligining moddiy-texnika resurslari o`ziga xos bir qancha xususiyatlarga ega. Ayrim moddiy resurslar tabiat mahsuli hisoblanadi. Jumladan, er, suv, harorat, yog`ingarchilik (ular haqida er va suv resurslari masalalariga bag`ishlangan bobda batafsil to`xtalib o`tilgan). Ularning barpo etilishi hamda takror ishlab chiqarilishi ko`proq tabiatga bog`liq. Lekin qishloq xo`jaligida band bo`lgan fuqarolar o`zlarining bilimlarini, tajribalarini hamda tadbirkorligini ishga solgan, fan-texnika yutuqlaridan, ilg`or texnologiyalardan foydalangan holda bu tabiiy omillardan samarali, o`rinli foydalanishga harakat qiladilar, aksariyat hollarda yaxshi natijalarga erishadilar. Shuning uchun ham tarmoq ishlab chiqarishi tabiatga ham bog`liq.
Qishloq xo`jaligi moddiy-texnika resurslari tarkibiga chorva hayvonlari, o`simliklar, mevali daraxtlar qatnashishi tarmoqning muhim xususiyati ekanligiga alohida e`tibor berish, shuningdek, sanoat tarmoqlarida ishlab chiqarilgan moddiy- texnika vositalari, traktorlar, mashinalar, mexanizmlar, dastgohlar, kimyoviy vositalar, yoqilg`i, yonilg`i hamda yog`lovchi materiallar va boshqalarning ishtirokini ham e`tiborga olish lozim. Sanoat tarmoqlarida ishlab chiqarilgan moddiy-texnika vositalari, ma`lumki, inson mehnati natijasida yaratiladi. Ulardan foydalanish samaradorligi tarmoq ishlab chiqarishining mavsumiyligiga ham bog`liq.
Qishloq xo`jaligining mustahkam moddiy-texnika bazasini yaratishda yuqorida ta`kidlangan xususiyatlarni e`tiborga olish,shuningdek, ishlab chiqarishning joylashganligi hamda ixtisoslashganligiga alohida ahamiyat berish maqsadga muvofiqdir. Shu bilan birga ilg`or texnologiyalarning joriy etilishini hamda texnologik jarayonlarda bajariladigan barcha ishlarni mexanizatsiyalashtirish, avtomatlashtirish imkonini yaratish lozim.