Ta’lim va innovatsion tadqiqotlar (2023 йил №2)
ISSN 2181-1709 (P)
304
Education and innovative research 2023 y. №2
harakat nazorati shakli metodikasi bo‘yicha olingan natijalarga ko‘ra, 34 % ga yaqin
talabalarda holatga yo‘nalganlik ustun bo‘lib, qolgan 66 % talabalarda harakatga
yo‘nalganlik yetakchilik qiladi. Demak, talabalarning aksariyatida
maqsadga erishish
oldida uchrovchi to‘siq va qiyinchiliklarni yengishga qaratilgan,
omadsizlik va
noxushliklarga e’tiborsizlik, muddaoga erishish ustunlik qiladi. Talabalarning
uchdan
biridagina oxiriga yetkazilmagan va yakunlanmagan intilishlar,
uchragan omadsizliklar
to‘g‘risidagi takroriy xayol va fikrlar tufayli salbiy emotsional kechinmalar
yetakchilik qilib, bu talabalardagi qat’iyatsizlik, pessimizm, tashabbussizlik,
boshlagan ishini oxiriga yetkazmaslik kabilarda namoyon bo‘ladi.
Bunday talabalar
harakatni amalga oshirishga qaraganda o‘tmish tajribasi haqidagi qayg‘urishlari
ko‘proq vaqt egallaydi. Jismoniy tarbiya va pedagogika fakulteti talabalarida
harakatga yo‘nalganlik (70%) va holatga yo‘nalganlik (30%) nisbati bir xil bo‘lib,
mazkur ta’lim yo‘nalishlarida ta’lim oluvchi talabalarning aksariyati sobitqadamligi,
harakatni oxirigacha yakunlashga moyilligi bilan ajralib turadi. Talabalarning uchdan
bir qismi esa asosan emotsional kechinmalarga yo‘nalganligi bilan tavsiflanadi.
Mexanika-matematika yo‘nalishi talabalarining 35 % ida holatga yo‘nalganlik, 65
% ida esa harakatga yo‘nalganlik yetakchilik qiladi. Turli talabalar guruhi ichida
ijodiy yo‘nalish talabalarida rejalashtirishda holatga yo‘nalganlikning (40%) eng
yuqori ko‘rsatkichi aniqlandi. Yuqoridagi natijalarni pedagogika
va jismoniy tarbiya
fakultetiga o‘qishga kirishga shaylangan yoshlarning kasbi haqida aniq tasavvurlari
bo‘lganligi, shu tufayli kutilmalarning oqlanmasligi bilan bog‘liq
salbiy emotsional
kechinmalar nisbatan quyi ko‘rsatkichga egaligini ta’kidlash mumkin. Musiqa, badiiy
grafika va mehnat ta’limi yo‘nalishi va mexanika-matematika fakulteti talabalarining
kasbiy ta’lim haqidagi noaniq tasavvurlari ularning kutilmalarini to‘liq oqlamasligi
ma’lum pessimistik kayfiyatlarga sabab bo‘ladi.
Quyida 2-jadvalda talabalarning yosh xususiyatiga ko‘ra rejalashtirishda holat va
harakat nazorati yo‘nalganligiga oid natijalar keltirilgan.
2-jadval
“Rejalashtirishda harakat nazorati shkalasi” metodikasi bo‘yicha yosh
xususiyatlari
tahlili
Talabalar yoshidagi farqlar
(p=0,0
1)
Holatga
yo‘nalganlik
Harakatga
yo‘nalganlik
19-20 yosh
35
%
65
%
21-22 yosh
20
%
80
%
23-24 yosh
11
%
89
%
20%
11%
80%
89%
0%
10%
20%
30%
40%
50%
60%
70%
80%
90%
100%
Talabalar yoshidagi farqlar
(p=0,01)
21-22 yosh
23-24 yosh
Dostları ilə paylaş: