Ta’lim va innovatsion tadqiqotlar (2023 йил №2) ISSN 2181-1709 (P) 306 Education and innovative research 2023 y. №2
«negiz» ma’nolarini anglatadi. «Millat» so‘zi esa bir necha ma’noni; 1) din: mazhab;
2) ummat: bir mazhabga mansub aholi: 3) xalq ma’nolarini anglatadi. «Millat»,
«milliylik» tushunchalarining talqini bilan tanishar ekanmiz, ularning g‘arbona va
sharqona tarzlari bor ekanligini ko‘ramiz. Aniqrog‘i, g‘arbiy talqin xristian, sharqiy
talqin esa islomiy o‘zbeklarga borib tutashadi. Ya’ni Ovrupo xalqlari tillariga «millat»
tushunchasi lotincha «natio» - qabila, xalq sifatida xristian dini bilan birga kirib
kelgan bo‘lsa, Osiyoga esa Islom ta’limoti orqali yuqoridagi uch xil ma’noda kirib
kelib singdi.
«Tarbiya» so‘zi «milliy tarbiya» tushunchasining tarkibiy qismi bo‘lganligi
tufayli bu tushunchaga ham yangicha yondoshgan holda, xolis ilmiy-pedagogik ta’rif
bermoq kerak. Arabcha «tarbiya», «tarbiyat» so‘zlari 1) parvarish qilmoq; ta’lim
bermoq; o‘rgatish; odob o‘rgatish; 2) navozish, mehribonlik ko‘rsatish: ko‘z-quloq
bo‘lish; himoya qilish kabi ko‘pqirrali mazmunga ega. «Tarbiyachi» so‘zi esa shu
ko‘pqirrali tarbiyaviy faoliyatni amalga oshiruvchidir. Demak, milliy tarbiyaning
lug‘aviy ma’nosini «yosh avlodlarni o‘z xalqiga xos milliy fazilatlar namunasida
shakllantirish, ta’lim bermoq» sifatida aniqlash mumkin.
Ijtimoiylashuv va milliy tarbiya ta’sirlari orasidagi uygunlik yoki ziddiyat milliy-
ma’naviy taraqqiyotga davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan e’tiborga bog‘liqdir. Yangi
O‘zbekistonda olib borilayotgan siyosat o‘zbek davlatchiligi, an’analari va milliy,
umuminsoniy qadriyatlarni chuqur hurmat qilishga, inson qadrini eng oliy darajaga
chiqarishga asoslanadi; iqtisodiyot milliy xususiyatga ega; O‘zbekiston xalqining
umumiy davlat manfaatlarini ifodalovchi milliy bosh milliy g‘oyasi mavjud: xizmat
ko‘rsatuvchi muassasalar tili - Davlat tilidir va h.k.
“Milliy tarbiya, milliylashuv esa rivojlanayotgan bola shaxsiga ilk yoshlardanoq
bevosita ta’sir qilish orqali samaradorlik, tabiiylik, ustivorlik kasb etadi. Dastlab
birinchi, keyinchalik ikkinchi signallar sistemasi mazmunini belgilovchi milliy muhit,
milliy ruh, oila, mahalla, qishloq muhiti shaxsga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatadi.
Yuqoridagi nazariy manbalarga asoslanib ko‘tarilgan masala yuzasidan, quyidagi
nazariy xulosalarni ilgari surish mumkin, jumladan,
- milliylik - ijtimoiy taraqqiyotning tadrijiy tamoyili natijasida yig‘ilgan madaniy
qadriyatlar sintezidir. Milliy tarbiya - ana shu madaniy-tadrijiy sintezga asoslangan
holda yosh avlodni zamonaviy sharoitga va kelajakka mos ravishda shakllantirish
jarayonidir: shaxsning milliyligi va zamonaviyligi - uning ijtimoiylashuvining
madaniy darajasidir;
- har bir milliy madaniyat - umuminsoniy qadriyatning muayyan ko‘rinishidir.
Chunki insoniyat - bu xalqlar, millatlardir. Ana shu nuqtai-nazardan milliy tarbiya -
har bir insonni o‘z milliy madaniyati manbaida, ya’ni muayyan umuminsoniy qadriyat
asosida shakllantirishdir;
- har bir inson o‘z Hayoti davomida turli ijtimoiy rollarni o‘taydi. Bu rollar
mazmuni, ko‘lami, namoyon bo‘lish jabhalari ilk yoshlardan boshlab ko‘payib,
kengayib, murakkablashib, milliylashib boradi. Ana shunday tug‘ma va ilk
o‘zlashtiriluvchi ijtimoiy rollardan biri – shaxsning milliy rolidir;
- xalqlar, millatlar mavjud ekan, milliy tarbiya jarayoni bizning xoxishimizdan
tashqari ravishda, madaniy determinizm asosida davom etaveradi. Shuning uchun
bu jarayonni davlatning manfaatlariga mos ravishda maqsadga yo‘naltirilsa, milliy
tarbiya ulkan yaratuvchan taraqqiyparvar ma’naviy kuchga aylanadi;
- har bir zamonda shakllanayotgan avlod bilan oldingi avlod vakllari orasidagi
milliy fazilatlar, milliy qadriyatlar, milliy xarakter xususiyatlaridagi o‘zgarish va
tendensiyalarni kuzatib borish, ular orasidagi bog‘liqliklarni psxodiagnostik metodlar
orqali doimiy ravishda tekshirib, ahamiyatga molik jihatlarini monitoringini olib
borish maqsadga muvofiq;
- oilada farzand tarbiyasi - oila baxti, farzandlarning tarbiyali yetuk inson bo‘lib
yetishidagi ota–onaning sa’yi- harakati hisoblanadi. Oiladagi farzand tarbiyasi
uning kelajakda kim bo‘lib yetishishida muhim o‘rin tutadi. Demak, bola oilada