Образование и инновационные исследования (2023 год №2) ISSN 2181-1717 (E) 301 http://interscience.uz
bilimga ega mutafakkirlar, jumladan, Ibn Batuta, Strabon, Abu Rayxon Beruniy, Mikluxo
Maklay, Lui Gonsales de Klavixo, H.Vamberi va boshqalar qoldirgan asarlar, ijtimoiy-
falsafiy, axloqiy ta’limotlarda ham boshqa xalqlar hayotini qiyosiy o‘rganish yo‘nalishi
mavjudligi bizga ma’lum.
Professor M.Quronovning “Milliy tarbiya” nomlgi monografiyasida qayd
qililinishicha XIX asrga kelib chet el ijtimoiy fanlarida boshqa xalqlar milliy-madaniy
xususiyatlarini tadqiq qiluvchi kulturantropologiya va sotsiologiya maxsus fanlarga
aylanib, “Boshqa dunyo kishisi” muammosini o‘rgana boshladi. Bu aslida, boshqacha
tarbiya - milliy tarbiyaning tizim, uslublari, maqsadlaridagi xususiyatlarni ilmiy nuqtai-
nazardan o‘rganish davri boshlanganligini anglatar edi.
“Boshqa dunyo kishisi”ni o‘rganish taraqqiyparvar yangilik edi. U “Boshqa mamlakat,
millat kishisi qanaqa?”, “U o‘zini o‘rab olgan dunyoni, borliqni qanday idrok qiladi?”,
“U yaxshilik va yomonlikni qanday tushunadi?”, “U o‘z hatti harakatlarida qanday
mezonlarga asoslanib yo‘l tutadi?» kabi savollarga javob berish kerak edi. Odamlarning
dunyo haqidagi bilimlari ortib, yangi yerlar ochilib, savdo-sotiq, munosabatlari kengaya
borgani sari bu muammoga qiziqish orta bordi. Ayniqsa, Yevropada bozor iqtisodiyoti
munosabatlari shakllana borishi va u bilan bog‘liq ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar,
ayniqsa mustamlakachilik davri milliy xususiyatlarni o‘rganishga kuchli turtki bo‘ldi.
Chunki mustamlakachi, missioner, plantatorlar uchun o‘z mustamlakalari - mahalliy
xalqlar haqida hech bo‘lmasa ibtidoiy tasavvurga ega bo‘lish foydali edi. Qolaversa, bu
masala mustamlakachilikning kelajagi - mahalliy xalqlarni “madaniy-oqartuv” orqali
inglizlashtirish, fransuzlashtirish, ruslashtirish, ya’ni madaniy-ma’naviy mustamlakalarga
aylantirishning samaradorlagini oshirishlari uchun kerak edi.
O‘zga xalqlarning milliy xarakterini o‘rganish faqat mo‘may foyda orttirish
maqsadi bilan cheklanib qolmadi. Chunki mustamlakachilar va mahalliy xalqlar milliy
qadriyatlari orasidagi tafovutni yechish ilmiy muammoga ham aylanib ulgurgan edi. Zero,
ovrupolikning boshqa millatlar haqidagi tasavvurida noovrupoliklar shaxs emas, balki
qandaydir aqlga zid afsonalar, mistika ta’sirida yashovchi individlar, deb idrok qilinar edi
(N.S.Trubeskoy, N.A.Berdyaev). Chunki Osiyoliklar va Afrikaliklar o‘zlari uchun milliy,
ovrupoliklar uchun g‘alati, axloq-odob, urf-odat, an’analarga rioya qilar edilar. Ikkinchi
tomondan mahalliy xalqlar uchun ovrupoliklarning hatti-harakatlari, odob-axloqi,
urf- odatlari g‘alati ko‘rinar edi. Shu tariqa XIX asrda madaniy antropologiya asosida
“noyevrupa jamiyatida madaniyat va shaxs”, “etnopsixologiya” ilmiy yo‘nalishlarini
yuqoridagi o‘zaro milliy-madaniy tushunmovchiliklar, ziddiyatlarni yechish, bir-
birini tushunish ehtiyojlarini yuzaga keltirdi. Natijada “fe’l-atvorning milliyligi” ilk
bor ijtimoiy-siyosiy, keyinchalak esa ijtimoiy-psixologik, ijtimoiy-pedagogik ilmiy
tushunchalarga aylana bordi.
Milliy tarbiyaning etnopedagogik qirralarini ilk bor kashf etgan olimlardan
biri amerikalik kulturantropolog Margaret Mid bo‘ldi. Uning tadqiqotlari nafaqat
geterostereotip(odamning boshqa xalqlar haqidagi bilimlar yig‘indisi)ning, balki osiyolik
va afrikaliklarda avtostereotip(o‘z xalqi haqidagi bilimlar yig‘indisi)ning shakllanishiga
ham turtki bo‘ldi. Zero M.Mid tomonidan 1927 yili nashr ettirilgan “Coming on’ age
Samoa” (Samoada ulg‘ayish) kitobi tarbiyaning milliyligi isbotlangan ilk ilmiy-tadqiqot
natijasi edi. Biz uchun ushbu tadqiqotning ijtimoiy-psixologik jihati muhim.
M.Mid har bir kishining ma’lum milliy muhitdagi xulq-atvorini tushunishda uning
bolalikdagi milliy tarbiyaviy ta’sirining nihoyatda katta ahamiyatga egaligini qayd qiladi.
Chunki, bolalarning milliy tarbiyaviy ta’sirni qabul qilish jarayoni va kattalarning milliy
fe’l-atvorlari orasida izchil aloqa mavjud. Tarbiyaning milliy xususiyat kasb etishida bir
avloddan ikkinchi avlodga o‘tib keluvchi an’analar, marosim, udum, ishlab-chikarish
va hayotiy malakalar, afsonalar, xulq-atvor shakllari, bolalarga, o‘smirlarga, qariyalarga
munosabatlarning o‘ziga xosligi katta rol o‘ynashini M.Mid alohida qayd etadi.
Milliy tarbiyaning ijtimoiy-psixologik omili – inson xarakterining milliyligidir.
Milliy xarakter konsepsiyasi amerika etnopsixologiya maktabida yaratilgan bo‘lib, turli