83
O‘ZBEKISTON «MILLIY TIKLANISH» DEMOKRATIK PARTIYASI
HURMATLI
SAYLOVCHILAR!
O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi uchun saylovda
ishtirok etish bu, eng avvalo, o‘zining saylangan vakillari orqali davlat
va jamiyat ishlarini boshqarishda faol ishtirok etishni anglatadi.
Partiyamizdan ko‘rsatilgan nomzodlarning hokimiyat vakillik
organlariga saylanishi bu nafaqat saylovchilarning yuksak ishonchi,
balki yurt tinchligi, Vatan taraqqiyoti va xalq farovonligi yo‘lida faol
va fidokorona mehnat qilishga shaylangan bo‘lajak deputatlarga
berilgan imkoniyatdir.
Partiyadan hokimiyat vakillik organlariga ko‘rsatilgan deputatlikka
nomzodlarning ushbu 2020–2024yillarga mo‘ljallangan saylovoldi
Dasturi va undagi tashabbuslar jonajon Vatanimizni birgalikda
taraqqiy ettirishga taklifdir.
O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining
2020–2024yillarga mo‘ljallangan saylovoldi Dasturida belgilangan
barcha yo‘nalishlar bo‘yicha tashabbuslar bu islohotlarni sifat jihatdan
yangi bosqichga ko‘tarishning debochasi ekanini alohida ta’kidlaymiz.
Partiyamiz aniq va samarali natijalarga erishish uchun barchangizni
shu aziz va betakror jonajon O‘zbekistonimiz ravnaqi yo‘lida bor kuch
va bilimingizni safarbar etib, fidokorona mehnat qilishga, tashabbuskor
bo‘lishga chorlamoqda.
Biz “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari!” sidqidildan xizmat
qilishga tayyormiz!
Ishoning, O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi
nomzodlariga bergan ovozingiz – bu Sizning oqilona tanlovingiz!
Taraqqiyotga birgalikda boramiz, istiqbolni hamjihatlikda barpo
etamiz!
Dostları ilə paylaş: