O‘ZBEKISTON «MILLIY TIKLANISH» DEMOKRATIK PARTIYASI
madaniytarixiy va ma’naviy merosini targ‘ib etish va
asrabavaylash, o‘zbek madaniyati va fani yutuqlarini
xorijda keng namoyish etishni ta’minlash.
5.6. Xalqaro munosabatlarni yanada rivojlantirish
sohasida:
insoniyat tamaddunining qadimgi Sharq va G‘arbni
birlashtiruvchi, siyosiy, iqtisodiy va madaniyinsonparvarlik
sohalaridagi hamkorlik aloqalarini institutsional
mustahkamlash va kengaytirishda muhim o‘rin tutadigan
Buyuk ipak yo‘lini qayta tiklash, kuchli “Buyuk ipak yo‘li”
brendini ilgari surish siyosatini har tomonlama qo‘llab
quvvatlash;
Markaziy Osiyodagi transchegaraviy daryolarning
suv resurslaridan oqilona va adolatli foydalanish, bunda
mintaqadagi barcha davlatlarning manfaatlarini inobatga
olish, shuningdek, xalqaro huquqiy me’yorlar – BMTning
Transchegaraviy suv manbalari va xalqaro ko‘llarni asrab
avaylash va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi Konvensiyasi
(Xelsinki, 1992yil) va “Kemalar qatnamaydigan xalqaro
suv manbalaridan foydalanish huquqi to‘g‘risida”gi
Konvensiyasi (NyuYork, 1997yil) qoidalariga amal qilish;
xalqaro munosabatlarda “xalq diplomatiyasi”ni
faollashtirish va rivojlantirish, xususan, O‘zbekiston Res
pub
likasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millat
lararo
munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘st lik alo
qalari qo‘mitasining dunyo xalqlari, xorijda yasha yot gan
vatandoshlarimiz bilan do‘stlik va hamkorlikni mustah
kamlash, O‘zbekiston xalqining tarixi va madaniyati bilan
xorijiy mamlakatlar jamoatchiligini tanishtirish borasidagi
faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha choratadbirlar qabul
qilish;
47
O‘ZBEKISTON «MILLIY TIKLANISH» DEMOKRATIK PARTIYASI
milliy qadriyatlarimiz, matonat, jasorat, vatanpar
varlik va insonparvarlik asoslarini o‘zida yorqin mujassam
etgan o‘zbek kurashini Olimpiya o‘yinlari qatoriga kiritish
uchun Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi bilan aloqani har
tomonlama mustahkamlash;
O‘zbekistonning boy madaniy, intellektual merosini
targ‘ib etuvchi xalqaro tashkilotlar, shu jumladan, YUNESKO
hamda Intellektual mulk tashkiloti bilan hamkorlik qilishni
yanada kuchaytirish.
|