52
O‘ZBEKISTON «MILLIY TIKLANISH» DEMOKRATIK PARTIYASI
yoshlarni xalqimizga yot bo‘lgan “ommaviy mada
niyat”ning salbiy ta’siridan, ma’naviyaxloqiy shakllanishi,
qadriyatlari, hayoti va sog‘lig‘iga zarar yetkazishi mumkin
bo‘lgan axborotlardan himoya qilish;
“Jaholatga qarshi ma’rifat” konsepsiyasi doirasida
jamiyatda, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida an’anaviy islom
dini prinsiplarini mustahkamlashga qaratilgan targ‘ibotni
amalga oshirish;
bolalar uchun ishlab chiqariladigan turli xil oziq
ovqat va nooziqovqat mahsulotlarini ularning sog‘lig‘i,
dunyoqarashi, tarbiyasi, ma’naviy saviyasiga ta’siri nuqtayi
nazaridan ixtisoslashgan pedagogikpsixologik va tibbiy
ekspertizadan o‘tkazish tizimini yo‘lga qo‘yish;
O‘zbekistonning boy tarixi, buyuk allomalar, davlat va
siyosat arboblarining ibratli hayotiga bag‘ishlangan tarixiy,
ommabop filmlar, bolalar uchun multfilmlar yaratilishini
rag‘batlantirish choralarini ko‘rish.
Dostları ilə paylaş: