partiyamizning ustuvor g‘oyasidir.
6.1. Milliy madaniyat hamda ma’naviyatni rivojlan
tirish, milliy urfodat, an’ana va qadriyatlarni saqlash
va boyitish sohasida:
xalqimizning tarixiy, madaniy va ilmiyintellektual
merosini asrabavaylash, boyitish va yanada ko‘paytirishga
ko‘maklashish, o‘zbek xalqining boy tarixi va madaniyatini
o‘rganish, ularni kamol topib kelayotgan yosh avlod
o‘rtasida keng miqyosda targ‘ib etish, yoshlarda tarixiy
meros va xalq an’analariga chuqur hurmat, ehtirom
uyg‘otish;
xalqimizga xos muruvvat, mehmondo‘stlik, mehr
oqibat, o‘zaro hurmatehtirom, bag‘rikenglik, yaxshilik va
saxovatpeshalik kabi milliy xususiyatlarimiz targ‘ibotiga
asoslangan loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
O‘zbekiston tarixini chuqur, keng miqyosda va
izchil o‘rganishni ta’minlash, bu borada tarixiylik va
xolislik tamoyillariga qat’iy amal qilish, tarixiy o‘tmish
50
O‘ZBEKISTON «MILLIY TIKLANISH» DEMOKRATIK PARTIYASI
va o‘zbek xalqining hozirgi kundagi hayotiga baho
berishda biryoqlama yondashuvlarga, noxolislikka yo‘l
qo‘ymaslik, O‘zbekiston tarixini buzib, soxtalashtirib talqin
etilishiga nisbatan qarshi kurash olib borish, xalqaro
keng jamoatchilik diqqate’tiboriga O‘zbekistonning tarixiy
o‘tmishiga doir haqqoniy haqiqatlarni yetkazish;
O‘zbekiston xalqining madaniyati va san’ati yutuq
larini xalqaro maydonda keng miqyosda targ‘ib etish,
hozirgi O‘zbekiston zaminida yashab ijod etgan va jahon
tamadduni taraqqiyotiga salmoqli hissa qo‘shgan ilmfan,
madaniyat, adabiyot va san’at namoyandalari, buyuk
davlat arboblari, harbiy sarkardalar hayoti faoliyatiga
bag‘ishlangan kino asarlari yaratish va ularni dunyo
jamoatchiligi diqqate’tiboriga yetkazish;
yuksak estetik qimmatga ega bo‘lib kelgan milliy
hunarmandchilik turlarini qayta tiklash va rivojlantirish,
qadimgi badiiyhunarmandlik maktablari an’analarini
saqlab qolish, hunarmandlar maqomini tadbirkorlikdan
ajratish;
milliy liboslar va kiyimlar tarixini chuqur o‘rganish,
milliy liboslar va kiyimlarni targ‘ib qilish, ulardan amalda
foydalanishni kengaytirish;
gilamdo‘zlik maktabini rivojlantirish, “O‘zbek
gilamdo‘zlari” Milliy assotsiatsiyasini tashkil etish, “O‘zbek
gilamdo‘zlik muzeyi”ni yaratish, har bir tuman va shaharda
tanlov asosida gilamchilik korxonalarini tashkil etish,
“o‘zbekgilam.uz” internet katalogini yaratish;
O‘zbekiston xalqining ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy,
huquqiy, madaniy tarixini o‘rganishga qaratilgan jamg‘ar
malar tashkil etilishiga erishish.
|