O‘ZBEKISTON «MILLIY TIKLANISH» DEMOKRATIK PARTIYASI
ayni paytda, tiklanishga muhtoj milliy qadriyat va an’analar,
milliy qadriyat va an’analarimizga zid, ayni paytda,
ommalashgan an’analar, barqaror saqlanishi lozim bo‘lgan
milliy qadriyat va an’analar kabi turkumlarga ajratish;
nodir va qo‘lyozma asarlar saqlanayotgan ham da
o‘rganilayotgan Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharq
shunoslik instituti faoliyatini jonlashtirish va kengaytirish,
ushbu faoliyatga davlat va xususiy sektor mab lag‘larini
yo‘naltirishni rag‘batlantirish;
xorijiy mamlakatlarning yozuvchilari tomonidan
yara
tilgan Vatanimiz tarixi va madaniyatiga aloqador
adabiyotlarning ro‘yxatini shakllantirib, ularni o‘zbek va
boshqa tillarga tarjima qilish ishlarini amalga oshirish;
dunyo sivilizatsiyasiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk
allomalarimizning O‘zbekiston hududidan tashqarida dafn
etilgan joylarini aniqlash, ularning qabr va maqbaralarini
obod qilish, shuningdek, yurtimizning turli hududlarida
ularning ramziy qabr va maqbaralarini bunyod etish.
Jumladan, hozirgi kunda G‘aznada Abu Rayhon Beruniy,
Qobulda Zahiriddin Muhammad Bobur, Istanbulda Alouddin
Ali ibn Muhammad alQushchi, Tunjelida Jaloliddin
Manguberdi, Hirotda Alisher Navoiy, Lutfiy, Kamoliddin
Behzod, Husayn Boyqaro va boshqalarning qabrlarini,
maqbaralarini obod qilish, shuningdek, yurtimizda ramziy
qabr va maqbaralarini qurish tashabbusi bilan chiqish.
55
O‘ZBEKISTON «MILLIY TIKLANISH» DEMOKRATIK PARTIYASI
VII. MADANIY MEROS OBYEKTLARINI MUHOFAZA
QILISH HAMDA TURIZMNI RIVOJLANTIRISHNING
USTUVOR YO‘NALISHLARI
“MADANIY MEROSNI SAQLAB,
TURIZMNI RIVOJLANTIRISHNI
UMUMMILLIY HARAKATGA
AYLANTIRISH”
P
artiya O‘zbekistonning qadimiy shahar va qishloqlari
tarixiy qiyofasini muhofaza qilish, butun insoniyatning
madaniy merosi bo‘lgan tarixiy joylar, arxitektura yod
gorliklarini saqlash va qayta tiklash bo‘yicha qonunchilik
normalarini takomillashtirish bo‘yicha sa’yharakatlarni
amalga oshiradi. Jumladan, Madaniyat vazirligi huzuridagi
Madaniy meros obyektlarini restavratsiya qilish institutini
qayta tiklash, arxeologik tadqiqotlarni va Arxeologiya
institutini moliyalashtirish tizimini isloh etish, shu sohada
faoliyat ko‘rsatuvchi ilmiy hamda texnik xodimlarni ijtimoiy
va moddiy jihatdan qo‘llabquvvatlash bo‘yicha aniq chora
tadbirlar ishlab chiqish zarur, deb biladi.
Turizm sohasining milliy iqtisodiyotning strategik tarmog‘i
sifatidagi o‘rnini kuchaytirish, mamlakatning ijobiy imijini
turizm va investitsiya salohiyati, tarixi va madaniyatini
dunyoga targ‘ib qilish orqali oshirish, yurtimizni turizm
rivojlangan davlatlar qatoriga olib chiqish bizning eng
asosiy maqsadimiz hisoblanadi.
Turizm — iqtisodiyotning rivojlanish jarayonini yanada
tezlashtiruvchi omil sifatida muhim o‘rin tutadi. Qo‘shimcha
ish o‘rinlari yaratilishiga, iqtisodiy faol aholining bandligini
oshirishga, millat farovonligini yuksaltirishga, milliy,
|