Milliy tiklanish


O‘ZBEKISTON «MILLIY TIKLANISH» DEMOKRATIK PARTIYASI



Yüklə 1,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/57
tarix02.12.2023
ölçüsü1,8 Mb.
#171628
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   57
7yPoc8uoKsyKt8mcv9P1

O‘ZBEKISTON «MILLIY TIKLANISH» DEMOKRATIK PARTIYASI
IV. IJTIMOIY SOHANI YANADA RIVOJLANTIRISH, 
MAMLAKATDA TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI TUBDAN 
ISLOH ETISHNING USTUVOR YO‘NALISHLARI
“UZLUKSIZ TARBIYA VA TA’LIM – 
MUSTAHKAM JAMIYAT VA QUDRATLI 
DAVLAT POYDEVORI”
A
holi turmush sifati va darajasini, yashash qulaylikla­
rini oshirish partiyaning ijtimoiy sohada olib borayotgan 
faoliyatining asosiy maqsadlaridan hisoblanadi.
Mustahkam tarbiya va ta’lim tizimi orqali inson kapitalini 
rivojlantirish, kam xarajat va tez rivojlanish uchun 
innovatsiyalarni qo‘llab­quvvatlash.
Partiya bilimli, mas’uliyatli va salohiyatli, erkin 
fikrlaydigan, o‘zini va o‘zgalarni hurmat qiladigan, milliy va 
umuminsoniy qadriyatlarga sadoqatli avlodni tarbiyalash 
tizimi mamlakatimizning kelajagini belgilab beradi, deb 
hisoblaydi.
Partiya demokratik tamoyillarni ta’minlashga xizmat 
qiluvchi ijtimoiy, ma’naviy, iqtisodiy, huquqiy, siyosiy 
sohalarda gender tengligini e’tirof etgan holda, ayollar 
va erkaklarning o‘ziga xos ehtiyojlarini e’tiborga oladigan 
muhitda o‘qish va ishlashlari uchun sharoit yaratilishiga 
katta ahamiyat beradi.
Oila – jamiyatning ustuni, ayol oilaning ustuni ekanini 
e’tirof etgan holda ayollarning turmush va mehnat 
sharoitlarini yaxshilash uchun qonunchilikka o‘zgartishlar 
kiritish kerak, deb hisoblaydi.
Partiya oilalarda ijtimoiy va axloqiy muhitni o‘rganish, 
muloqotlar olib borish orqali mavjud muammolarni hal 


29
O‘ZBEKISTON «MILLIY TIKLANISH» DEMOKRATIK PARTIYASI
etish bo‘yicha samarali tizimni qo‘llab­quvvatlaydi. Oilada 
va oilaviy qadriyatlarda an’anaviy munosabatlarni saqlab 
qolish hamda mustahkamlash tarafdoridir.
Yüklə 1,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin