4.1. Aholining ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish,
turmush sifatini oshirish sohasida:
odamlarning turmush tarzi, birinchi navbatda,
qishloq aholisi obodligi va farovonligini ta’minlash, ularning
turmush madaniyatini oshirish;
rivojlanishning ustuvor sohasi sifatida uyjoy qurilishi
va infratuzilmani qo‘llabquvvatlash, yosh oilalarga qulay,
uzoq muddatli ipoteka kreditlari ajratilishi, ular uchun uyjoy
qurilishiga doir davlat dasturi bajarilishining bundan keyin
ham tizimli ravishda davom ettirilishiga ko‘maklashish;
qurilish va bezak ishlarida eng yaxshi xorijiy tajriba
va milliy me’morchilik an’analarini uyg‘unlashtirish, tarixiy
shaharlarni qayta ta’mirlashga qaratilgan yirik loyihalarni
amalga oshirish;
yo‘lovchilarga, jumladan, mamlakatimizning olis va
yetib borish qiyin bo‘lgan joylari aholisiga transport xizmati
tizimini yaxshilash;
aholining elektorat qismi bandligi, birinchi navbatda,
xotinqizlar va yoshlar o‘rtasida hunarmandchilik, oilaviy
tadbirkorlik, kasanachilikni rivojlantirish evaziga ularni
ish bilan ta’minlashni kengaytirishga qaratilgan tashkiliy
huquqiy shartsharoitlarni yaratish;
xalq tabobatini rivojlantirishning istiqbolli rejalarini
ishlab chiqish hamda uni zamonaviy tibbiyot darajasiga
yetkazishga qaratilgan tashkiliyhuquqiy choralarni ko‘rish;
doridarmon vositalari bilan savdo qilish tizimini
tubdan isloh etish, sifatini oshirish va narxini kamaytirish,
31
O‘ZBEKISTON «MILLIY TIKLANISH» DEMOKRATIK PARTIYASI
jumladan, davlat tibbiyot muassasalariga doridarmon
vositalarini sotuvchi tomonidan har qanday tadbirkorlik
subyekti emas, balki o‘sha mahsulotni ishlab chiqaruvchi
yoki ishlab chiqaruvchining vakili bo‘lishi shartligini qonuniy
mustahkamlash;
tibbiyot hamda farmatsevtika sohasini tubdan isloh
qilish, sog‘liqni saqlashda tibbiy profilaktikaning o‘rnini
oshirib borish, shu jumladan, aholining tibbiy madaniyatini
oshirish bo‘yicha islohotlarni jadallashtirish;
tibbiyotning birlamchi profilaktika tizimini yanada
rivojlantirish, bunda birlamchi profilaktika tizimida xizmat
ko‘rsatadigan xodimlarning moddiy manfaatdorligini
oshirish, ijtimoiy himoyasini kuchaytirish;
madaniyat muassasalari, “Barkamol avlod” bolalar
markazlari, musiqa va san’at maktablari, shu jumladan,
olis va borish qiyin bo‘lgan qishloq joylarni rivojlantirish
uchun budjetdan mablag‘ ajratishni ko‘paytirish;
jismonan va ruhan sog‘lom yosh avlodni tarbiyalab
voyaga yetkazish, bolalar va yoshlarning keng ko‘lamda
sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun qulay shart
sharoitlar yaratish, shuningdek, maktab o‘quvchilarining
xalqaro musobaqalarda ishtirok etishiga ko‘maklashish,
milliy sport turlarini qayta tiklash;
ijtimoiy xizmatlar,
jumladan, kommunal xizmatlar
uchun toifalashgan va individual to‘lovlar tizimini tashabbus
qilish, ya’ni to‘lovchining to‘lov qobiliyati, kasbi va ijtimoiy
ahvolidan kelib chiqishga asoslangan qoidalarni joriy etish;
aniq va tabiiy fanlarni chuqur o‘rgatishga ixtisos
lashtirilgan maktablarni yanada ko‘paytirish, ularda ta’lim
olayotgan o‘quvchilarning xalqaro fan olimpiadalarida
muvaffaqiyatli ishtirok etishini qo‘llabquvvatlash.
|