31
O‘ZBEKISTON «MILLIY TIKLANISH» DEMOKRATIK PARTIYASI
jumladan, davlat tibbiyot muassasalariga doridarmon
vositalarini sotuvchi tomonidan har qanday tadbirkorlik
subyekti emas, balki o‘sha mahsulotni ishlab chiqaruvchi
yoki ishlab chiqaruvchining vakili bo‘lishi shartligini qonuniy
mustahkamlash;
tibbiyot hamda farmatsevtika sohasini tubdan isloh
qilish, sog‘liqni saqlashda tibbiy profilaktikaning o‘rnini
oshirib borish,
shu jumladan, aholining tibbiy madaniyatini
oshirish bo‘yicha islohotlarni jadallashtirish;
tibbiyotning birlamchi profilaktika tizimini yanada
rivojlantirish, bunda birlamchi profilaktika tizimida xizmat
ko‘rsatadigan xodimlarning
moddiy manfaatdorligini
oshirish, ijtimoiy himoyasini kuchaytirish;
madaniyat muassasalari, “Barkamol avlod” bolalar
markazlari, musiqa va san’at maktablari, shu jumladan,
olis va borish qiyin bo‘lgan qishloq joylarni
rivojlantirish
uchun budjetdan mablag‘ ajratishni ko‘paytirish;
jismonan va ruhan sog‘lom yosh avlodni tarbiyalab
voyaga yetkazish, bolalar va yoshlarning keng ko‘lamda
sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun qulay shart
sharoitlar yaratish, shuningdek, maktab o‘quvchilarining
xalqaro musobaqalarda ishtirok etishiga ko‘maklashish,
milliy sport turlarini qayta tiklash;
ijtimoiy xizmatlar,
jumladan,
kommunal xizmatlar
uchun toifalashgan va individual to‘lovlar tizimini tashabbus
qilish, ya’ni to‘lovchining to‘lov qobiliyati, kasbi va ijtimoiy
ahvolidan kelib chiqishga asoslangan qoidalarni joriy etish;
aniq va tabiiy fanlarni chuqur o‘rgatishga ixtisos
lashtirilgan maktablarni yanada ko‘paytirish, ularda ta’lim
olayotgan o‘quvchilarning
xalqaro fan olimpiadalarida
muvaffaqiyatli ishtirok etishini qo‘llabquvvatlash.