Milliy tiklanish


Partiya mamlakatimizda tarbiya va ta’lim tizimini isloh



Yüklə 1,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/57
tarix02.12.2023
ölçüsü1,8 Mb.
#171628
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   57
7yPoc8uoKsyKt8mcv9P1


Partiya mamlakatimizda tarbiya va ta’lim tizimini isloh 
qilish, uning sifatini oshirish bo‘yicha faol ish olib boradi. 
Buning uchun tizimni izchil takomillashtirib borishni muhim 
zarurat, deb biladi.
Mamlakatimizda boshlangan yangi davr ta’lim sohasiga 
ham aniq va qat’iy talablar qo‘ymoqda. Partiya amaldagi 
ta’lim tizimida tarbiyaning o‘rnini yetarli emas deb 
hisoblaydi. “Oila – maktabgacha ta’lim – maktab” davrini 
o‘z ichiga olgan, tarbiyani ustuvor hisoblaydigan tarbiya 
va ta’lim tizimi milliy va umuminsoniy qadriyatlarni e’tirof 
etadigan, bilimli, erkin fikrlaydigan, halol va mas’uliyatli 
insonni shakllantirishni ustuvor vazifa sifatida ko‘rishi 
kerak. Tizimning natijadorligi oila, maktabgacha ta’lim 
tashkilotlari va umumta’lim maktablaridagi mavjud 
muammolarning tizimli bartaraf etilishini taqozo qiladi.
Partiya ta’lim tizimida ayrim darsliklarni maqbullashtirish 
hisobiga 1­sinfdan 11­sinfgacha o‘qitiladigan “Tarbiya” 
darsligini joriy etish, xalqimizning tarixi hamda ma’naviy 
qadriyatlari haqida bilim beruvchi o‘zbek tili va adabiyoti, 
O‘zbekiston tarixi fanlari hajmini ko‘paytirishni qo‘llab­
quvvatlaydi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari va umumta’lim mak­
tablarida bolalarning jismoniy tarbiya orqali sog‘lom 
rivojlanishini ta’minlash milliy genofondni yaxshilash 
masalasi sifatida ko‘rilishini ma`qullaydi.
Mamlakatimiz fuqarolari xorij ta’lim muassasalaridan 
olgan diplomini nostrifikatsiya qilish jarayonlarini shaf-
foflashtirish va osonlashtirish bo`yicha aniq vazifalarni 
belgilaydi.


30
O‘ZBEKISTON «MILLIY TIKLANISH» DEMOKRATIK PARTIYASI
Partiya o`z elektorati bo‘lgan olimlar va pedagoglarning 
mehnat va turmush sharoitlarini yaxshilash, ularning 
jamiyatdagi hurmatini oshirishni muhim masalalardan biri, 
deb biladi.

Yüklə 1,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin