Milliy tiklanish


Mahalla tizimini yanada takomillashtirish, uning



Yüklə 1,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/57
tarix02.12.2023
ölçüsü1,8 Mb.
#171628
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   57
7yPoc8uoKsyKt8mcv9P1

4.4. Mahalla tizimini yanada takomillashtirish, uning 
tashkiliy va iqtisodiy asoslarini mustahkamlash soha­
sida:
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini 
o‘ziga xos bo‘lmagan vazifalardan xalos etish, ularning 
moddiy­texnik bazasini mustahkamlash, mustaqilligini 
kuchaytirish, mahallaning, ayniqsa, ezgu urf­odat, 
an’ana va qadriyatlarni asrab­avaylash va rivojlantirish
oilada sog‘lom muhitni shakllantirish borasidagi faoliyati 
samaradorligini oshirish;
mahallaning mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan 
masalalarni hal etishda, milliy va ma’naviy urf­odat, an’ana 
va qadriyatlarni tiklash hamda rivojlantirishda fuqarolarning 


35
O‘ZBEKISTON «MILLIY TIKLANISH» DEMOKRATIK PARTIYASI
keng ishtirokini ta’minlaydigan institut sifatidagi faoliyatini 
kuchaytirish;
mahallaning fuqarolar, yoshlarni ma’naviy­ax­
loqiy jihatdan tarbiyalash, ijtimoiy sohadagi ishlarning 
samaradorligini oshirish, joylarda jamoat xavfsizligi va 
huquq­tartibotni yaxshilash, boshqaruv organlari faoliyati 
ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish bilan bog‘liq 
masalalarni hal etishdagi sa’y­harakatlarini faollashtirish;
mahalla institutini moliyalashtirish tizimini, jumladan
mahalla raisi (oqsoqol) va a’zolariga haq to‘lash 
tizimini qayta ko‘rib chiqish, ularning mahalliy hokimiyat 
idoralaridan mustaqilligini ta’minlash, mahallani ma’muriy 
hududiy birlik sifatida belgilash.
4.5. Fan va ta’lim tizimini isloh etish, mamlakatimiz 
aholisining oliy ta’limga qamrovini bosqichma­
bosqich 50 foizga chiqarish sohasida:
mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan 110 dan 
ortiq oliy ta’lim muassasalari va ularning filiallari sonini 
ilmiy salohiyat, moddiy-texnik bazasiga muvofiq 150 taga 
yetkazishni qo‘llab­quvvatlash;
falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy 
darajalarini olish tartibini soddalashtirish hisobiga mam­
lakatimizda falsafa doktori (PhD) va fan doktorlaridan 
(DSc) iborat bo‘lgan pedagoglar sonini ikki barobarga 
yetkazishga ko‘maklashish;
jahon ta’lim va ilmiy hamjamiyatiga integratsiya­
lashish, oliy ta’lim muassasalarida ixtisoslashgan tor 
doiradagi mutaxassislar tayyorlashni kengaytirish;
xorijiy ilmiy va amaliy adabiyotlarni doimiy ravishda 
davlat tiliga tarjima qilish tizimini yaratish, ilmiy daraja 
va unvonlar olishni soddalashtirish, ixtisoslashgan ilmiy 


36

Yüklə 1,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin