Milliy tiklanish


O‘ZBEKISTON «MILLIY TIKLANISH» DEMOKRATIK PARTIYASI



Yüklə 1,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/57
tarix02.12.2023
ölçüsü1,8 Mb.
#171628
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   57
7yPoc8uoKsyKt8mcv9P1

O‘ZBEKISTON «MILLIY TIKLANISH» DEMOKRATIK PARTIYASI
kengashlar soni va sifatini oshirish, ularning a’zolariga 
haq to‘lash tartibini joriy qilish;
oliy ta’limga to‘lov­kontrakt asosida o`qishga ega 
bo‘lish imkoniyatlarini kengaytirish, ta’lim jarayoniga 
zamonaviy istiqbolli ilm­fan yutuqlarini joriy etish, 
mamlakatimizda ilm­fanni yanada rivojlantirish, ilmiy 
faoliyatga iste’dodli, qobiliyatli yoshlarni jalb etish 
orqali yuqori bilim­malakali jamiyatni shakllantirishga 
ko‘maklashish;
ta’limning masofaviy, kechki, sirtqi turlarini keng joriy 
qilish, oliy ta’lim muassasalarining bosqichma­bosqich 
mustaqillikka erishishini qo‘llab­quvvatlash;
ta’limning magistratura bosqichiga o‘qishga qabul 
qilish tizimini tubdan isloh etish, qabul jarayoniga subyektiv 
yondashuvlarni bekor qilish;
oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limga qamrovni ko‘­
paytirish, xususan, tayanch doktoranturaga qabul kvota­
larini oshirish;
xususiy ta’lim muassasalari, ayniqsa, xususiy mak­
tab gacha ta’lim tashkilotlari hamda umumta’lim maktab­
larida tarbiya va ta’limning milliy qadriyatlar, ma’na 
viy 
mezonlarimizga uyg‘unligini ta’minlash bo‘yicha nazoratni 
kuchaytirish;
mehnat bozorining bugungi va istiqboldagi eh­
tiyojlariga mos malakali kadrlar tayyorlash tizimini ta­
komillashtirish;
ta’lim olish va o‘qitish sifatini baholashda xalqaro 
standartlarni joriy etish;
chekka qishloqlardagi ta’lim muassasalari moddiy­
texnik bazasini mustahkamlash;
oliy ta’lim muassasalari va ilmiy­amaliy tadqiqot 
institutlari huzurida ilmiy­amaliy ixtisoslashtirilgan labo­


37
O‘ZBEKISTON «MILLIY TIKLANISH» DEMOKRATIK PARTIYASI
ratoriyalar, yuqori texnologiyalar markazlari, texnoparklar 
tashkil etish;
ilmiy va innovatsion yutuqlarni amaliyotga joriy 
etishning samarali mexanizmlarini yaratish;
maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini 
kengaytirish va mazkur muassasalarda bolalarning har 
tomonlama intellektual, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun 
sharoitlarni tubdan yaxshilash, bolalarni maktabgacha 
ta’lim muassasalariga qamrab olish darajasini oshirish, 
pedagog va mutaxassislar malakasini yuksaltirish;
pedagoglarni tanlash va tayyorlash tizimini tubdan 
isloh etish. Ushbu yo‘nalishda psixologik test va ijodiy 
imtihonlarni joriy qilish. Oliy ta’lim tizimida “Maktabgacha 
bo‘lgan davrda tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish” va 
“Maktabda tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish” ixtisosliklarini 
joriy qilish;
ota­ona va bolalarni ijtimoiy hayotga, shuningdek, 
maktabgacha ta’lim bosqichigacha tayyorlashga 
qaratilgan “Yosh ota­onalar maktabi” va “Oilada tarbiyaviy 
ishlarni tashkil etish” maxsus kurslari ochilishini qo‘llab­
quvvatlash;
“Fan – ta’lim – ishlab chiqarish – innovatsiya integ­
ratsiyasi”ga to‘liq erishish, oliy ta’lim muassasalarida 
faoliyat ko‘rsatuvchi professor­o‘qituvchilarning ishlab 
chiqarish va amaliyot bilan uzviy bog‘liqligini ta’minlash, 
ularning amaliy tajriba va ko‘nikmalarini oshirish;
ta’lim muhiti xavfsizligini ta’minlash va korrupsiyaning 
oldini olishga qaratilgan tarbiyaviy harakatlarni kuchaytirish 
orqali yoshlarning o‘z intellektual va ijodiy salohiyatini 
ro‘yobga chiqarishiga xizmat qiluvchi shart­sharoitlarni 
ta’minlash;


38

Yüklə 1,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin