O‘ZBEKISTON «MILLIY TIKLANISH» DEMOKRATIK PARTIYASI lararo muloqotni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha sa’yharakatlarni
kuchaytirishga qaratilgan faol tashqi siyosat yuritish
tarafdoridir.
5.1. Faol va manfaatli tashqi siyosat olib borishni rivojlantirish sohasida: milliy manfaatlarni har doim qat’iy himoya qilish,
O‘zbekistonning tub manfaatlari hamda xalqimiz uchun
foydali bo‘lmagan ikki yoki ko‘p tomonlama hamkorlikdan
tiyilish;
O‘zbekiston xalqining ko‘p yillik davlatchilik asoslari,
madaniyati va san’ati yutuqlarini keng miqyosda targ‘ib
etish, O‘zbekistonning xalqaro maydondagi ijobiy imijini
mustahkamlash;
boshqa davlatlar tomonidan uyushtiriladigan axborot
xurujlariga qarshi samarali kurashni ta’minlash;
O‘zbekistonning ayrim sheriklar va mamlakatlar
guruhiga bog‘liqligini kamaytirish maqsadida iqtisodiy,
texnologik, transport va boshqa xildagi aloqalarni keng
ko‘lamda diversifikatsiya qilish;
mamlakatimizning ishonchli, siyosiy va savdo
iqtisodiy sohalarda mas’uliyatli sherik sifatidagi xalqaro
imijini mustahkamlash;
yaqin qo‘shnimiz bo‘lgan Afg‘oniston bilan har to
monlama aloqalarni rivojlantirish, tarixiy, madaniy alo
qalarni tiklash, adiblar, ijod ahli, yoshlar muloqotlarini
muntazam ravishda yo‘lga qo‘yish, shuning barobarida,
Afg‘onistonda tinchlikni o‘rnatish jarayonlariga ko‘mak
lashish borasidagi tashabbuslarni qo‘llabquvvatlash;
qo‘shni davlatlar bilan do‘stlik va o‘zaro ishonchga
asoslangan hamkorlik munosabatlarini yanada
mustahkamlash;
42
O‘ZBEKISTON «MILLIY TIKLANISH» DEMOKRATIK PARTIYASI tashqi siyosat sohasida xalqaro huquqning umum
e’tirof etilgan normalariga amal qilish va bunda milliy
manfaatlarni himoya qilish.