O‘ZBEKISTON «MILLIY TIKLANISH» DEMOKRATIK PARTIYASI
kengashlar soni va sifatini oshirish, ularning a’zolariga
haq to‘lash tartibini joriy qilish;
oliy ta’limga to‘lovkontrakt asosida o`qishga ega
bo‘lish imkoniyatlarini kengaytirish, ta’lim jarayoniga
zamonaviy istiqbolli ilmfan yutuqlarini joriy etish,
mamlakatimizda ilmfanni yanada rivojlantirish, ilmiy
faoliyatga iste’dodli, qobiliyatli yoshlarni jalb etish
orqali yuqori bilimmalakali jamiyatni shakllantirishga
ko‘maklashish;
ta’limning masofaviy, kechki, sirtqi turlarini keng joriy
qilish, oliy ta’lim muassasalarining bosqichmabosqich
mustaqillikka erishishini qo‘llabquvvatlash;
ta’limning magistratura bosqichiga o‘qishga qabul
qilish tizimini tubdan isloh etish, qabul jarayoniga subyektiv
yondashuvlarni bekor qilish;
oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limga qamrovni ko‘
paytirish, xususan, tayanch doktoranturaga qabul kvota
larini oshirish;
xususiy ta’lim muassasalari, ayniqsa, xususiy mak
tab gacha ta’lim tashkilotlari hamda umumta’lim maktab
larida tarbiya va ta’limning milliy qadriyatlar, ma’na
viy
mezonlarimizga uyg‘unligini ta’minlash bo‘yicha nazoratni
kuchaytirish;
mehnat bozorining bugungi va istiqboldagi eh
tiyojlariga mos malakali kadrlar tayyorlash tizimini ta
komillashtirish;
ta’lim olish va o‘qitish sifatini baholashda xalqaro
standartlarni joriy etish;
chekka qishloqlardagi ta’lim muassasalari moddiy
texnik bazasini mustahkamlash;
oliy ta’lim muassasalari va ilmiyamaliy tadqiqot
institutlari huzurida ilmiyamaliy ixtisoslashtirilgan labo
37
O‘ZBEKISTON «MILLIY TIKLANISH» DEMOKRATIK PARTIYASI
ratoriyalar, yuqori texnologiyalar markazlari, texnoparklar
tashkil etish;
ilmiy va innovatsion yutuqlarni amaliyotga joriy
etishning samarali mexanizmlarini yaratish;
maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini
kengaytirish va mazkur muassasalarda bolalarning har
tomonlama intellektual, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun
sharoitlarni tubdan yaxshilash, bolalarni maktabgacha
ta’lim muassasalariga qamrab olish darajasini oshirish,
pedagog va mutaxassislar malakasini yuksaltirish;
pedagoglarni tanlash va tayyorlash tizimini tubdan
isloh etish. Ushbu yo‘nalishda psixologik test va ijodiy
imtihonlarni joriy qilish. Oliy ta’lim tizimida “Maktabgacha
bo‘lgan davrda tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish” va
“Maktabda tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish” ixtisosliklarini
joriy qilish;
otaona va bolalarni ijtimoiy hayotga, shuningdek,
maktabgacha ta’lim bosqichigacha tayyorlashga
qaratilgan “Yosh otaonalar maktabi” va “Oilada tarbiyaviy
ishlarni tashkil etish” maxsus kurslari ochilishini qo‘llab
quvvatlash;
“Fan – ta’lim – ishlab chiqarish – innovatsiya integ
ratsiyasi”ga to‘liq erishish, oliy ta’lim muassasalarida
faoliyat ko‘rsatuvchi professoro‘qituvchilarning ishlab
chiqarish va amaliyot bilan uzviy bog‘liqligini ta’minlash,
ularning amaliy tajriba va ko‘nikmalarini oshirish;
ta’lim muhiti xavfsizligini ta’minlash va korrupsiyaning
oldini olishga qaratilgan tarbiyaviy harakatlarni kuchaytirish
orqali yoshlarning o‘z intellektual va ijodiy salohiyatini
ro‘yobga chiqarishiga xizmat qiluvchi shartsharoitlarni
ta’minlash;
|