Milliy tiklanish


O‘ZBEKISTON «MILLIY TIKLANISH» DEMOKRATIK PARTIYASI



Yüklə 1,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/57
tarix02.12.2023
ölçüsü1,8 Mb.
#171628
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   57
7yPoc8uoKsyKt8mcv9P1

O‘ZBEKISTON «MILLIY TIKLANISH» DEMOKRATIK PARTIYASI
VI. MA’NAVIY-MA’RIFIY SOHADAGI 
USTUVOR YO‘NALISHLAR
“INSON O‘ZGARSA, JAMIYAT 
O‘ZGARADI”
P
artiya milliy o‘zlikni anglash, vatandoshlarimizda 
milliy g‘urur va qadr­qimmat tuyg‘ularini mustahkamlash 
maqsadida ma’naviy-ma’rifiy sohadagi islohotlarni yanada 
chuqurlashtirishni muhim vazifa, deb biladi.
O‘zbekiston – buyuk alloma va mutafakkirlar Vatani, dunyo 
tamadduni beshiklaridan biri, jahon moddiy va nomoddiy 
merosining ajralmas bo‘lagi, ma’naviyat va ma’rifat o‘chog‘i, 
yuksak aqliy salohiyatga ega bo‘lgan mamlakatdir.
Partiya milliy o‘zlikni anglash va tiklash, jamiyatda 
ma’naviy-ma’rifiy muhitni saqlash va rivojlantirish
 
orqali 
siyosiy­huquqiy, ijtimoiy­iqtisodiy va boshqa sohalarda 
oldimizda turgan vazifalarni muvaffaqiyatli hal etish 
mumkin, deb hisoblaydi.
Milliy o‘zlikni anglash vatanimiz taraqqiyotida muhim o‘rin 
tutadi, milliy ong insonda jonajon vatanimizga muhabbat 
his­tuyg‘usini oshirish, komil insonni tarbiyalashda bebaho 
ichki omildir.
Milliy o‘zlikni anglash, inson o‘zligini topishi tarixni 
o‘rganishdan boshlanadi. O‘zining milliy davlatchilik, milliy 
madaniyat va ma’naviyat taraqqiyotining tarixiy tajribasini 
o‘zlashtirmagan xalq milliy tiklanishga qodir emas.
O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi vata­
nimiz yanada shiddatli rivojlanishi uchun raqobat bardosh 
va barqaror iqtisodiyotga, yuksak ruhiy­ma’naviy asosga, 
milliy o‘zligiga ega bo‘lishi shart, deb hisoblaydi.


49
O‘ZBEKISTON «MILLIY TIKLANISH» DEMOKRATIK PARTIYASI
Partiya milliy­ma’naviy tiklanish va yuksalish, milliy 
g‘oyamiz tamoyilining ustuvorligini ta’minlash, jamiya­
timizning axloqiy va ma’naviy asoslarini mustahkamlash, 
ma’naviy-ma’rifiy sohadagi islohotlarni yanada chuqur-
lashtirish jarayonida faol ishtirok etishni o‘z faoliyatining 
ustuvor yo‘nalishi, deb biladi.
Milliy o‘zlikni xalqimizning asrlar davomida shakllangan 
muqaddas urf­odatlari, an’analari va qadriyatlari asosida 
saqlash muhim vazifa sanaladi. Bizning qarashimiz, 
maqsad va vazifalarimiz har qanday millatchilik g‘oya­
laridan holidir.
Milliy ma’naviyatni ajdodlarimizning boy ma’naviy 
merosi negizida yuksaltirish va jahon miqyosida tanitish 
Yüklə 1,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin