5.4. Millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni
ta’minlash sohasida:
millati, tili, dini va ijtimoiy kelib chiqishidan qat’iy
nazar, O‘zbekiston xalqi va barcha fuqarolarning erkin,
tinch va badavlat umr kechirishi hamda birdamligini
mustahkamlash;
O‘zbekiston fuqarolarini millatlararo hurmat, do‘stlik
va ahillik, vatanparvarlik, mamlakat taqdiri uchun mas’uliyat
va daxldorlik tuyg‘usi atrofida jipslashtirish;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar
bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi, Islom sivilizatsiyasi
markazi va Islom akademiyasi bilan hamkorlikda ishlash;
O‘zbekiston tomonidan ilgari surilgan va BMT
Bosh Assambleyasida qabul qilingan “Ma’rifat va diniy
bag‘rikenglik” rezolutsiyasini amaliyotga tatbiq etish;
45
O‘ZBEKISTON «MILLIY TIKLANISH» DEMOKRATIK PARTIYASI
“Jaholatga qarshi — ma’rifat” shiori ostida muqaddas
islom dinining haqiqiy insonparvarlik mohiyatini, ma’rifiy
islomni targ‘ib qilish, yoshlarimiz ongiga singdirish;
azaliy qadriyatlarimiz va axloqiy fazilatlarni o‘zida
mujassam etgan muqaddas dinimizni asrash va qadrlash;
buyuk ajdodlarimiz bo‘lgan islom olamining muta
fakkirlari asarlarini, ko‘p qirrali diniyma’naviy merosini,
ularning butunjahon sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan
bebaho hissasini chuqur o‘rganish, teran anglash va keng
ommalashtirish.
5.5. Milliy taraqqiyot g‘oyasini amalga oshirish
maqsadiga yo‘naltirilgan yagona tashqi iqtisodiy
siyosatning eng muhim vazifalari sohasida:
O‘zbekistonning jahon hamjamiyatida ishonchli,
mas’uliyatli siyosiy va savdoiqtisodiy hamkor sifatidagi
obro‘e’tibori va ijobiy imijini mustahkamlash;
O‘zbekistonning xavfsizlik, siyosiydiplomatik, sav
doiqtisodiy, transportkommunikatsiya, madaniyguma
nitar va boshqa sohalardagi xalqaro tashabbuslari hamda
mamlakatning mintaqaviy va global rivojlanish pozitsiyasi
va yondashuvlarini faol ilgari surish;
xorijiy bozorlarda o‘zbek biznesi ishtirokini ken
gaytirish uchun qulay sharoitlar yaratish, xalqaro ishlab
chiqarish kooperatsiyalari tizimida mahalliy kompaniyalar
ishtirokini ta’minlash;
O‘zbekistonning jozibadorligi – xalq madaniyati,
san’ati, urfodat, an’ana va qadriyatlar, turmush tarzidan
tashqi siyosat, tashqi iqtisodiy sohalardagi strategik
maqsadlarga erishish yo‘lida keng foydalanish;
xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar bilan
madaniygumanitar aloqalarni kengaytirish, xalqimizning
|