O‘ZBEKISTON «MILLIY TIKLANISH» DEMOKRATIK PARTIYASI Partiya mamlakatimizda millatlararo munosabatlar
sohasiga alohida e’tibor qaratadi. Bag‘rikenglik va
insonparvarlikni keng targ‘ib etish, millatlararo va konfes
siyalararo hamjihatlikni, jamiyatda fuqarolar totuvligini
mustahkamlash, barcha fuqarolarga millati va diniy e’ti
qodidan qat’i nazar, teng huquq va imkoniyatlar yaratish,
yosh avlodni vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qad
riyatlarga hurmat, Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashni
davlat siyosatining muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biri,
deb biladi.
Partiya yurtimizda millati va diniy e’tiqodidan qat’i
nazar, fuqarolar ongida ko‘p millatli bir oila tuyg‘usini
mustahkamlash bo‘yicha “O‘zbekiston – umumiy uyimiz”
g‘oyasini singdirishni izchil davom ettiradi.
Partiya O‘zbekistonning ijobiy imijini ko‘tarishga xizmat
qiladigan milliy va xalqaro loyihalar, madaniy-ma’rifiy, ilmiy
va iqtisodiy tadbirlarni muntazam ravishda tizimli o‘tkazish
bo‘yicha tashabbuslarni ilgari suradi.
Biz Markaziy Osiyo mintaqasidagi barcha davlatlar bilan
istisnosiz hamma masala bo‘yicha oqilona murosa yo‘lini
tanlaymiz, xususan, partiyamiz suv resurslari borasida
BMT shafeligida mintaqa mamlakatlari manfaatlarini
hisobga olgan holda yondashish zarurligini ta’kidlaydi.
Mintaqadagi ekologik muammolarni bartaraf etishga
qaratilgan barcha konstruktiv sa’yharakatlarni qo‘llab
quvvatlaydi.
Terrorizm bugungi kunda jahon hamjamiyatiga real xavf
tug‘dirayotganligi bois, uning salbiy ta’siridan yoshlarni
himoya qilishga qaratilgan davlat dasturlarini real holatni
inobatga olgan holda takomillashtirish choralarini ko`radi.
Partiya iqtisodiy integratsiya va milliy manfaatlar
himoyasiga ko‘maklashish, konfessiyalararo, madaniyat