Milliy tiklanish


O‘ZBEKISTON «MILLIY TIKLANISH» DEMOKRATIK PARTIYASI



Yüklə 1,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/57
tarix02.12.2023
ölçüsü1,8 Mb.
#171628
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   57
7yPoc8uoKsyKt8mcv9P1

O‘ZBEKISTON «MILLIY TIKLANISH» DEMOKRATIK PARTIYASI
maktabgacha ta’lim, maktab, kollej va oliy ta’limda 
elektron ta’lim resurslarini yanada takomillashtirish, 
shuningdek, mahalliy va jahon elektron ta’lim resurslariga 
kirish imkoniyatini ta’minlash;
o‘qituvchi va ustozlar maqomini oshirish, ijtimoiy 
muhofazasini kuchaytirish, ular uchun qulay, ortiqcha 
qog‘ozbozlik va rasmiyatchilikdan xoli mehnat sharoitlarini 
yaratish.


39
O‘ZBEKISTON «MILLIY TIKLANISH» DEMOKRATIK PARTIYASI
V. TASHQI SIYOSAT, XAVFSIZLIK, MILLATLARARO 
TOTUVLIK VA DINIY BAG‘RIKENGLIKNI TA’MINLASH 
BO‘YICHA USTUVOR YO‘NALISHLAR
“MILLIY MANFAATGA TAYANGAN 
TASHQI SIYOSAT – TINCHLIK 
VA BARQARORLIK ASOSI”
P
artiya O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosati 
milliy davlatchilik manfaatlari ustuvorligiga, boshqa 
davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, barcha nizoli 
masalalarni tinch yo‘l bilan hal etish, davlatlarning suveren 
tengligi, kuch ishlatmaslik yoki harbiy tahdiddan tiyilish, 
chegaralar daxlsizligi va xalqaro huquqning boshqa 
me’yorlariga og‘ishmay amal qilish kabi tamoyillarga 
asoslanganligini qo‘llab­quvvatlaydi.
Partiya jahon moddiy va nomoddiy merosining ajralmas 
bo‘lagi hisoblangan O‘zbekiston xalqining madaniy, 
an’anaviy va milliy­ma’naviy qadriyatlarini dunyoga taran­
num etish, shuningdek, buyuk alloma va mutafakkirlar 
yurti, ulkan va noyob boyliklar, iqtisodiy va aqliy salohiyatlar 
egasi bo‘lgan jonajon O‘zbekistonimizning xalqaro 
miqyosdagi nufuzi va obro‘­e’tiborini yanada yuksaltirish 
yo‘lida faoliyat olib borishni o‘zining ustuvor vazifasi, deb 
biladi.
Jahon hamjamiyatini O‘zbekistonning ijtimoiy­siyosiy, 
sotsial­iqtisodiy, madaniy va ma’naviy sohalarda erisha­
yotgan yutuqlari bilan keng miqyosda tanishtirish bo‘yicha 
tegishli dasturlarni ishlab chiqish, shu jumladan, bu borada 
milliy va xorijdagi nufuzli ommaviy axborot vositalari 
imkoniyatlaridan foydalanishni muhim, deb hisoblaydi.


40

Yüklə 1,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin