Muallif: o’qituvchi M.Uliqova Ma’sul muharrir: f.f.n., professor M.Abduvaliyev Taqrizchilar: p.f.n., dotsent Sh. Begaliyev ADCHTI f.f.f.d.,(PhD) dotsent Sh.Shokirov ADU Lug’at 51114000 – Xorijiy (Ingliz) tili va adabiyoti ta’lim yo’nalishi talabalari, o’qituvchilar va shu sohada ilmiy tadqiqotlar olib borayotgan izlanuvchilar uchun mo’ljallangan
Ushbu lug’at ADCHTI Ilmiy kengashining 6-7 sonli yig’ilishida 2023-yil 29-martdagi № ____ sonly yig’ilishida nashrga tavsiya etildi.
So’z boshi Ushbu lug’at ingliz va o’zbek tillarida qon-qarindoshlikka aloqador bo’lgan so’zlar lug’ati bo’lib, u ingliz tili va adabiyoti ta’lim yo’nalishida tahsil olayotgan talabalar, magistrantlar va tadqiqotchilar uchun mo’ljallangan. Lug’atda ingliz tili faniga oid so’z va iboralarning tarjimalari, qarindoshlikka oid atamalar bilan tuzilgan misollar berilgan.
Ma’lumki, so’zlarning ko’p ma’noliligi va ko’chma ma’noda qo’llanilishi til o’rganuvchilar uchun doimo qiyinchilik tug’dirib kelgan, chunki ular matn mazmuniga va nutqiy kontekstga to’g’ri keladigan so’z haqida yetarli bilimlarga365 ega emas.
Lug’atdagi materiallardan tarjima nazariyasi va amaliyoti, chog’ishtirma lingvistika, lingvomadaniyatshunoslik, lingvopragmatika fanlari bo’yicha ma’ruza matnlari tayyorlashda, ko’p tilli izohli lug’atlar yaratishda foydalanish mumkin.
Lug’atni tayyorlashda Tomas Longman tomonidan tuzilgan “Longman English dictionary”, Kuiper Kathleen ed., George Merriam. , Charles Merriam tomonidan tuzilgan “Merriam-Webster” lug’ati, Della Summers tomonidan tuzilgan “Longman Dictionary of Contemporary English” lug’ati, Z. Erkinov “Ўзбекча-инглизча луғат” (T.O’qituvchi”, 2006 yil), P.Falla “English dictionary” (T.”Turkistan “, 2008 yil), V.K.Myuller “Новый англо-русский язык“, E.Erkinov “ Ўзбекча-русча ва русча-ўзбекча луғат” kabi adabiyotlardan foydalanildi.