Milliy xavfsizlikni ta’minlash borasida amalga
oshirilayotgan ishlar.
Reja:
1.
Milliy xavfsizlikni ta’minlash.
2.
Milliy xavfsizlikni ta’minlash borasida amalga
oshirilayotgan ishlar.
Davlatimizning harbiy sohadagi tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlari 1996-yil 26-dekabrda
qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosati faoliyatining asosiy tamoyillari»
haqidagi Qonunda mujassamlangan. Qonunda «O‘zbekiston hech qanday harbiy-siyosiy
bloklarda ishtirok etmaydi va harbiy-siyosiy blokka transformatsiya qilingan vaqtda har qanday
xalqaro tashkilotlardan chiqish huquqini o‘z ixtiyorida qoldiradi» deb qonuniy
rasmiylashtirilgan. Bu Qonun O‘zbekistonning tinchliksevarlik siyosatini, uning dunyo
hamjamiyatida integratsiyaga intilishlarini tasdiqlaydi.
O‘zbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlari — harbiy tuzilmalar, harbiy o‘quv yurtlari va
boshqa harbiy qismlardan iborat. U O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini,
hududiy yaxlitligini, aholisining tinch hayot kechirishini va xavfsizligini ta’minlashga
qaratilgandir.
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari davlatni himoya qilishda butun mudofaa tizimining
asosini tashkil etadi va tarkibiga quyidagilar kiradi:
Quriqlikdagi qo‘shinlar.
Harbiy-havo va havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari.
Maxsus qo‘shinlar.
Milliy gvardiya brigadasi.
Chegara va ichki qo‘shinlar.
Milliy xavfsizlik xizmati.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi va boshqalar.
1999-yilgacha Chegara qo‘shinlari Milliy Xavfsizlik xizmati tarkibida bo‘lgan. 1999-yil 13-
yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga binoan O‘zbekiston
Respublikasi Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo‘mita tashkil etildi.
Qurolli Kuchlarni joylashtirish (dislokatsiya) O‘zbekiston Respublikasi hududlari, chegaralari
va havo bo‘shliqlarining mustahkam mudofaasini umumiy strategik maqsad asosida
ta’minlashdan kelib chiqib belgilanadi va harbiy doktrina talablariga muvofiq strategik va
operativ rejalar bo‘yicha amalga oshiriladi.
Qurolli Kuchlarga Oliy boshqaruvni Prezident amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasining 93-moddasi 20-bandiga muvofiq Prezident mamlakat Qurolli Kuchlarining
Oliy Bosh qo‘mondoni hisoblanadi, Qurolli Kuchlarning oliy qo‘mondonlarini tayinlaydi va
vazifasidan
ozod
qiladi,
oliy
harbiy
unvonlar
beradi.
«Mudofaa to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq Prezident mamlakat mudofaa qobiliyatini
ta’minlash, qurolli tajovuz bo‘lgan hollarda davlat suvereniteti, hududiy yaxlitligi va
mustaqilligini himoya qilish yuzasidan zarur chora-tadbirlar qabul qiladi, Mudofaa vazirini
tayinlaydi. Qurolli Kuchlarga jangovar harakatlarni olib borish to‘g‘risida qaror qabul qiladi va
buyruq beradi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining ikkinchi chaqiriq o‘ninchi sessiyasida (2002-yil 12-
dekabr) «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida» hamda «O‘zbekiston
Respublikasi Qurolli Kuchlari rezervidagi xizmat to‘g‘risida»gi qonunlar qabul qilindi. Mazkur
qonunlarga ko‘ra, Qurolli Kuchlar safidagi muddatli xizmat bir yarim yildan bir yilga
qisqartirildi. Oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilari esa xizmatga faqat to‘qqiz oyga chaqiriladigan
bo‘ldi.
Davlat tuzilmasi va davlat chegaralari daxlsizligini ishonchli himoya qilish, inson
huquqlari va erkinliklariga og„ishmay rioya etish, jamiyatdagi millatlararo totuvlik, diniy
bag„rikenglik, tinchlik va osoyishtalik – demokratik huquqiy davlat qurishning hamda
mamlakatni jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning muhim shartlaridan hisoblanadi.
O„zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati mamlakatning konstitutsiyaviy tuzumi,
suvereniteti, hududiy yaxlitligi, iqtisodiy va mudofaa salohiyatini tashqi va ichki
tahdidlardan
himoya
qilish
tizimida
alohida
o„rin
tutadi.
Shu bilan birga, Milliy xavfsizlik xizmatining maqomi, vazifalari va vakolatlari doirasini
aniq belgilab beruvchi qonun hujjati yaratilmay turib, unga milliy xavfsizlikni
ta‟minlashning barcha jihatlari yuklatilgani ushbu idoraning davlat organlari faoliyatining
barcha
sohalariga
asossiz
aralashuviga
shart-sharoit
yaratib
berdi.
Mamlakatni r
ivojlantirishning hozirgi bosqichidagi ustuvor yo„nalishlar, davlat va ijtimoiy
hayotning barcha sohalarini isloh qilish borasidagi vazifalarni samarali amalga oshirish
davlat xavfsizligini ta‟minlashning sifat jihatdan yangi tizimini shakllantirishni taqozo
etadi.
O„zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti, hududiy yaxlitligi va
manfaatlarini tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilish borasidagi faoliyatni tubdan
takomillashtirish maqsadida, shuningdek, 2017-2021-
yillarda O„zbekiston Respublikasini
rivojlantirishning beshta ustuvor yo„nalishi bo„yicha Harakatlar strategiyasi vazifalariga
muvofiq:
1. O„zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati O„zbekiston Respublikasi Davlat
xavfsizlik
xizmati
sifatida
qayta
tashkil
etilsin.
Belgilansinki, O„zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati O„zbekiston
Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari
bo„yicha
huquqiy
voris
hisoblanadi.
O„zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati O„zbekiston Respublikasining
konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti, hududiy yaxlitligi va manfaatlarini tashqi va ichki
tahdidlardan
himoya
qiluvchi
maxsus
vakolatli
organ
etib
belgilansin.
2. O„zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati (bundan buyon Xizmat deb
yuritiladi) faoliyatini tashkil etishning ustuvor yo„nalishlari etib quyidagilar belgilansin:
Xizmatning maxsus vakolatli davlat xavfsizlik organi sifatidagi huquqiy maqomi,
vakolatlari va faoliyat yo„nalishlarini aniq belgilab beruvchi mustahkam qonunchilik
bazasini
yaratish;
bugungi kundagi xavf-
xatarlar va tahdidlarga qarshi kurashishning ta‟sirchan shakl
hamda
uslublarini
joriy
etish;
yuzaga kelayotgan ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy vaziyatni inobatga olgan holda
davlat xavfsizligin
i ta‟minlash borasidagi vazifalarni bajarishda mavjud kuch hamda
vositalardan samarali foydalanish imkonini beruvchi tashkiliy tuzilmani shakllantirish;
Xizmat faoliyatini davlat xavfsizligini ta‟minlash ishlarining shakl va uslublari,
shuningdek, Xizmat
harbiy xizmatchilarining idoraviy mansubligi haqidagi ma‟lumotlar
oshkor bo„lishini istisno etuvchi konspiratsiya tamoyili asosida tashkil etish;
fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga og„ishmay rioya etilishini
kafolatlaydigan
ta‟sirchan
mexanizmlarni
joriy
qilish;
O„zbekiston Respublikasining manfaatlarini munosib himoya qilishga qodir, har
tomonlama yetuk va vatanparvar yoshlarni Xizmatga jalb etishga qaratilgan kadrlarni
tanlash
va
tayyorlashning
mutlaqo
yangi
tizimini
yaratish;
mehnatga munosib haq to„lash, uy-joy va maishiy shart-sharoitlarni yaxshilash, sog„liqni
saqlash tizimini takomillashtirish orqali Xizmat harbiy xizmatchilarining ijtimoiy
himoyasini
kuchaytirish.
3. Xizmatning asosiy vazifalari va faoliyat yo„nalishlari etib quyidagilar belgilansin:
O„zbekiston Respublikasining davlat xavfsizligi va manfaatlarini tashqi va ichki
tahdidlardan himoya qilishni ta‟minlash, mazkur sohada qonuniylik va qonun
ustuvorligini mustahkamlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni aniqlash va ularga
barham berish;
O„zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti va hududiy yaxlitligiga
tajovuzlarning oldini olish, ularni aniqlash hamda ularga barham berish bo„yicha
razvedka
va
kontrrazvedka
faoliyatini
amalga
oshirish;
O„zbekiston Respublikasining Davlat chegaralarini qo„riqlash va himoya qilish;
O„zbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlari va mudofaa-sanoat majmuasini davlat
xavfsizligiga xavf-xatarlar hamda tahdidlardan himoya qilish, mamlakat mudofaa
qo
biliyatini mustahkamlash bo„yicha strategik tashabbuslarni amalga oshirishda ishtirok
etish;
terrorizm, ekstremizm, uyushgan jinoyatchilikka, qurol-
yarog„, giyohvandlik vositalari va
psixotrop
moddalarning
noqonuniy
muomalasiga
qarshi
kurashish;
davlat m
anfaatlari va xavfsizligiga tahdid soluvchi milliy, irqiy va diniy adovatni targ„ib
etishga qaratilgan buzg„unchilik faoliyatining oldini olish, uni aniqlash va unga barham
berish;
iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, ijtimoiy va axborot sohalarida davlat xavfsiz
ligini ta‟minlash,
O„zbekiston Respublikasi xalqining tarixiy-madaniy va boy ma‟naviy merosini himoya
qilish;
davlat organlari va boshqa tashkilotlarda davlat manfaatlari va xavfsizligiga tahdid
soluvchi
korrupsiya
holatlariga
qarshi
kurashish;
telekommu
nikatsiya va transport sohasida davlat xavfsizligini ta‟minlash, favqulodda
holatlarni yuzaga keltiruvchi omillarning oldini olish, aniqlash va ularga barham berish;
Xizmat tergov qilish vakolatiga kiruvchi jinoyat ishlari bo„yicha tergovga qadar tekshiruv
va dastlabki tergov olib borish va tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirish;
davlat organlari va boshqa tashkilotlarda davlat sirlari saqlanishi, maxsus aloqa
xavfsizligining ta‟minlanishi hamda axborotlarni kriptografik himoya qilishni tashkil etish
ustidan
nazoratni
amalga
oshirish;
davlat manfaatlari va xavfsizligiga tahdid soluvchi huquqbuzarliklar sodir etilishiga imkon
beradigan
sabab
va
shart-sharoitlarni
aniqlash
hamda
bartaraf
etish;
Xizmatning jangovar va safarbarlik tayyorgarligi holatini takomillashtirish va saqlab
turish, kuch va vositalarni favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgan hamda harbiy holat joriy
qilingandagi
harakatlarga
tayyorlash.
4.
2018-yil
1-apreldan
quyidagi
funksiyalar:
O„zbekiston Respublikasining o„ta muhim va toifalangan obyektlarida qo„riqlashning
texnik vositalarini loyihalash, montaj qilish, sozlash, ta‟mirlash va ularga texnik xizmat
ko„rsatish bo„yicha ishlarni bajarishga ruxsat berish – O„zbekiston Respublikasi Ichki
ishlar
vazirligiga;
rejimli mudofaa obyektlarini
loyihalash, qurish, ulardan foydalanish va ularni ta‟mirlash
uchun litsenziya talabgorlariga ruxsat etilganligi haqida ma‟lumotnoma berish –
O„zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga o„tkazilsin.
5.
O„zbekiston
Respublikasi
Prezidentining
2018-yil
22-yanvardagi
PF
–5308-son “2017-2021-yillarda O„zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta
ustuvor yo„nalishi bo„yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion
g„oyalar va texnologiyalarni qo„llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat
dasturi to„g„risida”gi Farmoniga muvofiq O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
Qonunchilik palatasining bir guruh deputatlari tomonidan “O„zbekiston Respublikasining
Milliy xavfsizlik xizmati to„g„risida”gi O„zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ishlab
chiqilganligi
ma‟lumot
uchun
qabul
qilinsin.
O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga mazkur Farmon
qoidalaridan kelib chiqqan holda qonun loyihasini qayta ishlash tavsiya etilsin.
6. O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Xizmat bilan birgalikda bir oy muddatda
2018-2022-
yillarda O„zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining harbiy
xizmatchilari uchun arzon uy-joylarni qurish dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
7. O„zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining bayrog„i va emblemasi
namunalari
1
va
2-ilovalarga
muvofiq
tasdiqlansin.
Belgilansinki, bayroq va emblemadan foydalanish tartibi Xizmat raisi tomonidan
tasdiqlanadi.
8.
Xizmat
ikki
oy
muddatda:
Xizmat
faoliyatini
tashkil
etish;
Xizmatn
ing
ta‟lim
muassasalari
faoliyatini
takomillashtirish;
O„zbekiston Respublikasi Davlat chegarasini qo„riqlash tizimining samaradorligini
oshirishni nazarda tutuvchi O„zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari loyihalarini
kiritsin.
9. O„zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Xizmat va boshqa manfaatdor idoralar bilan
birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan
o„zgartish va qo„shimchalar to„g„risidagi takliflarni O„zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasiga
kiritsin.
10. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O„zbekiston Respublikasining Bosh vaziri
A.N.Aripov va O„zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi
V.V.Maxmudov zimmasiga yuklansin.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan yaqin qo„shnilar bilan konstruktiv va
o„zaro manfaatli munosabatlar o„rnatish, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni
mustahkamlash O„zbekiston tashqi siyosatining ustuvor yo„nalishi sifatida belgilab
berildi.
Markaziy Osiyoda ishonch muhitini qaror toptirish yo„lida amalga oshirilgan sa‟y-
harakatlar Toshkentga chegara hamda suvdan foydalanish singari murakkab va nozik
masalalarda tub burilish yasash imkonini berdi. Bu muammolar yillar davomida
yechilmasdan, mintaqadagi tanglikka sabab bo„layotgan edi. O„tgan yili
O„zbekistonning qo„shni davlatlar bilan o„zaro tovar ayirboshlash hajmi 20 foiz o„sib,
qariyb 3 milliard AQSh dollariga yetdi. Prezidentimiz Markaziy Osiyo davlatlari
rahbarlarining Ostona shahrida bo„lib o„tgan maslahat uchrashuvida yaqin yillarda
o„zaro savdo hajmini 5 milliard AQSh dollariga yetkazish mo„ljallanayotganini ta‟kidladi.
Ayni paytda mintaqadagi barqarorlik hamda izchil taraqqiyot bevosita qo„shni
Afg„onistonda tinchlik va osoyishtalik qaror topishi bilan uzviy bog„liqdir. Binobarin,
ushbu mamlakat Markaziy Osiyoning ajralmas qismi bo„lgan hamda shunday bo„lib
qolajak.
Bizni umumiy tarix, din, madaniyat va urf-odatlar hamda xavfsizlikni ta‟minlash, savdo-
sotiqni rivojlantirish sohasidagi manfaatlar birlashtiradi. Tinch Afg„oniston Markaziy
Osiyo davlatlarining Hind okeani va Fors ko„rfazi portlariga eng qisqa yo„lini ta‟minlashi,
Hindiston, Eron hamda Pokistonni Yevropa va Yaqin Sharq bozorlari bilan bog„lashi
mumkin.
Shuning uchun ham Afg„onistonni mintaqaviy muammolar, tahdidlar manbai sifatida
emas, balki noyob strategik imkoniyatlar mamlakati sifatida qarash o„rinli. Bu esa, o„z
navbatida, butun Yevroosiyo mintaqasida keng transmintaqaviy munosabatlarni
rivojlantirishga turtki beradi.
O„tgan davr mobaynida O„zbekiston Afg„oniston bilan ikki tomonlama munosabatlarni
sezilarli darajada kengaytirdi, afg„on muammosini hal qilish bo„yicha xalqaro sa‟y-
harakatlarga faol qo„shildi. O„zbekiston — Afg„oniston munosabatlari yuqori sur‟atlarda
rivojlanayotgani mamlakatimiz rahbari 2017 yil sentyabr oyida BMT Bosh
Assambleyasining 72-sessiyasi, noyabr oyida Samarqandda bo„lib o„tgan Markaziy
Osiyo bo„yicha yuqori darajadagi anjuman hamda yaqinda Ostonada bo„lib o„tgan
mintaqa davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvida ilgari surgan O„zbekistonning
yangi tashqi siyosat strategiyasining amaliy natijasidir.
Bugun Toshkent Afg„oniston bilan savdo-iqtisodiy, transport, energetika va madaniy-
gumanitar aloqalarni har tomonlama rivojlantirish bo„yicha izchil hamda qat‟iy siyosat
olib borayapti. Ikki mamlakat rahbarlarining muntazamlik kasb etgan o„zaro
muloqotlari birgalikdagi hamkorlikka katta turtki bo„lmoqda. Prezidentlar do„stona va
samarali, o„zaro ishonchga asoslangan muloqotni yo„lga qo„yishga erishdilar. Shu
ma‟noda aytganda, o„tgan yili dekabr oyida Afg„oniston Prezidenti Ashraf o„anining
mamlakatimizga rasmiy tashrifi tom ma‟noda tarixiy voqea bo„ldi. Tashrif davomida
siyosiy muloqot hamda amaliy hamkorlik aloqalari sifat jihatidan yangi bosqichga
chiqdi.
Muzokaralar natijasida tomonlar xavfsizlik, energetika va transport masalalarini qamrab
olgan 20 ta qo„shma hujjatni, shuningdek, qo„shni mamlakatga yarim milliard dollarga
teng bo„lgan qurilish materiallari, oziq-ovqat mahsulotlari, bug„doy, maishiy texnika,
avtotransport vositalarini yetkazib berishga doir 40 ta tijorat shartnomasini imzoladi.
Vazirlik hamda idoralar rahbarlari darajasida muloqotlar faollashdi. O„tgan bir yarim yil
ichida Afg„oniston Islom Respublikasidan O„zbekistonga 20 dan ortiq yuqori martabali
delegatsiyalar tashrif buyurdi. Qayd etish kerakki, bu o„zbek — afg„on munosabatlari
tarixida oldin kuzatilmagan.
Joriy yilning fevral oyida Toshkentda Xavfsizlik masalalari bo„yicha O„zbekiston —
Afg„oniston qo„shma komissiyasining ilk majlisi bo„lib o„tdi. Uchrashuvda terrorizm va
ekstremizmga qarshi kurashish, qurol savdosi hamda giyohvandlik moddalarining
noqonuniy aylanishi sohasida hamkorlikning dolzarb masalalari atroflicha muhokama
qilindi. Barcha darajadagi jadal va ishonchli muloqotlar, mamlakatlar rahbarlarining
siyosiy xohish-irodasi ikki tomonlama hamkorlikka yangicha shukuh bag„ishladi.
Birinchidan, 2017 yilning o„zida o„zaro savdo aylanmasi 15 foiz o„sib, qariyb 600 million
dollarni tashkil qildi. Joriy yilning boshida ushbu tendensiya davom etdi: yanvar oyida
tovar aylanmasi yillik kesimda qariyb 30 foiz o„sdi. Va e‟tiborlisi, bu bir yilning alohida
ko„rsatkichlari emas, balki tizimli ishlar samarasidir. Prezidentimiz topshirig„iga ko„ra,
2017 yilning boshida hamkorlikni rivojlantirishning “yo„l xaritasi” qabul qilindi. Bu
hujjatning izchil amalga oshirilishi yaqin yillarda o„zaro tovar ayirboshlash hajmini 1,5
milliard dollarga yetkazish imkonini beradi.
Kobulda O„zbekiston savdo uyi ochildi. Unda doimiy ravishda “O„zbekistonda ishlab
chiqarilgan” nomi ostida tovarlar ko„rgazmasi faoliyat yuritadi. 2017 yilning sentyabr
oyida Mozori Sharifda “UzTrade” shourumi (ko„rgazma zali) ochildi. Unda o„zbekistonlik
ishlab chiqaruvchilarning turli mahsulotlari o„rin olgan. Bugungi kunga qadar “UzTrade”
kompaniyasi afg„onistonlik sheriklari bilan 29 million dollardan ortiq bitimlar imzoladi.
Bundan tashqari, yurtimiz 25 ta avtobus, 3 ta traktor va tirkama texnikani beg„araz
yetkazib berdi.
Termizda faol hamkorlik uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida bojxona
terminaliga ega bo„lgan xalqaro logistika markazi tashkil etildi. U ikki mamlakat
o„rtasida eksport-import hamda tranzit yuk oqimlariga va Yevropa hamda Osiyo
bozorlariga chiqishga ko„maklashadi.
Bundan tashqari, O„zbekistondan Afg„onistonga yiliga 300 ming tonna mineral o„g„it, 2
ming dona qishloq xo„jaligi texnikasi, 250 ming tonnagacha g„alla va afg„on bozorida
talab yuqori bo„lgan boshqa mahsulotlarni uzoq muddatli yetkazib berish bo„yicha
kelishuvlarga erishildi.
Shu bilan birga, avtomobil, qishloq xo„jaligi mashinalarini ishlab chiqarish hamda
to„qimachilik sohalarida hamkorlikni yo„lga qo„yish masalalari ko„rilayapti.
O„zbekistonlik mutaxassislarning Shimoliy Afg„onistonda istiqbolli neft va gaz konlarini
o„zlashtirishga ko„maklashishi imkoniyatlari o„rganilmoqda.
Ikkinchidan, transport-kommunikatsiya sohasida hamkorlik natijasida Mozori Sharif —
Hirot yo„nalishi bo„yicha transafg„on transport yo„lagini yaratish bo„yicha muhim
kelishuvga erishildi. Ushbu yo„lak ilgari O„zbekiston tomonidan qurilgan birinchi
transport yo„lagi — Hayraton — Mozori Sharif temir yo„lining davomi hisoblanadi. U
Afg„oniston iqtisodiyoti uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega. Bugungi kunda mazkur
magistral orqali Afg„oniston importining katta qismi olib kirilmoqda. Ular orasida
insonparvarlik yuklarining hajmi katta o„rin tutadi.
Osiyo taraqqiyot banki hisob-kitoblariga ko„ra, Hayraton — Mozori Sharif temir yo„li
foydalanishga topshirilishi natijasida mingdan ortiq kishilar ishli bo„lishdi. Temir yo„l
bo„ylab afg„onlar bandligi o„sish sur‟atlari yiliga 10-11 foizni tashkil etdi. Mozori Sharif
— Hirot temir yo„li loyihasini amalga oshirish Afg„oniston iqtisodiyotini tiklashga katta
hissa qo„shadi. Qatnovning yo„lga qo„yilishi Afg„oniston tashqi savdo aylanmasini 50
foiz ko„paytirish imkonini beradi. Jumladan, temir yo„l liniyasi qurilishi yakunlanganidan
so„ng birinchi yilda yuklar tranziti hajmi taxminan 5,3 million tonna, istiqbolda esa yiliga
15 million tonnaga yetishi mumkin.
Shu bilan birga, Afg„oniston bilan transport hamkorligining boshqa yo„nalishlari ham
jadal kengayib bormoqda. Masalan, 2017 yilning noyabridan Toshkent va Kobul
o„rtasida doimiy aviaqatnovlar yo„lga qo„yildi. Avtomobil tashuvlari sohasida ham
hamkorlik faol rivojlanmoqda. O„tgan yili 2016 yildagiga qaraganda O„zbekiston hududi
orqali olib o„tilgan Afg„oniston yuklari hajmi 70 foiz oshdi.
Uchinchidan, Afg„onistonni ijtimoiy-iqtisodiy tiklash ishlarining muvaffaqiyatli
kechishida energetika sohasidagi aloqalar hal qiluvchi ahamiyat kasb etishi sir emas.
O„zbekiston 15 yildan ortiq muddat davomida elektr energiyasi yetkazib berish
borasida Afg„onistonning ishonchli sherigiga aylandi. Afg„onistonga yetkazib
berilayotgan elektr energiyasi hajmi 2002 yildagiga qaraganda 30 baravar ko„paydi.
2018 yilning yanvaridan O„zbekiston Afg„oniston uchun eksport qilinayotgan elektr
energiyasi narxini 35 foiz arzonlashtirdi.
Afg„oniston Prezidentining O„zbekistonga tashrifi davomida 260 kilometrlik Surxon —
Puli Xumri elektr uzatish liniyasini qurish loyihasini amalga oshirish bo„yicha bitim
imzolandi. Uning 45 kilometri O„zbekiston hududidan o„tadi. Loyihalash uchun
trassaning koordinatlari kelishildi. Hozirgi paytda loyihaning texnik-iqtisodiy asosi
ishlab chiqilayapti.
O„zbekiston va Afg„oniston o„rtasida energetika sohasida amalga oshirilayotgan
qo„shma loyihalar ko„p jihatdan multiplikativ samara beradi. Ya‟ni Kobulga elektr
uzatish liniyasi qurilishi aholi uchun o„tkir — elektr tanqisligi muammosini hal qilibgina
qolmasdan, ishlab chiqarish quvvatlarini, yangi korxonalarni ishga tushirish, ish o„rinlari
yaratishda qo„shimcha imkoniyatlar eshigini ochadi.
To„rtinchidan, ta‟lim sohasidagi hamkorlik aloqalari ham sifat jihatidan yangi bosqichga
chiqmoqda. Masalan, O„zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan Termizda Afg„oniston
fuqarolarini o„qitish ta‟lim markazi ochildi. Unda Afg„oniston turli sohalari uchun
malakali kadrlar tayyorlanadi. Bu borada istiqbolli yo„nalish sifatida temir yo„l transporti
va servisi sohasi uchun kadrlar tayyorlash belgilab olingan.
O„zbekiston erishilgan yutuqlar bilan chegaralanib qolmoqchi emas. Toshkent
umummintaqaviy ahamiyatga ega transport loyihalarini amalga oshirish, kadrlar
tayyorlash, Afg„onistondagi mojaroni siyosiy yo„l bilan hal qilish jarayonini qo„llab-
quvvatlagan holda, mamlakatning tinch-osoyishta ravnaqiga ko„maklashish bo„yicha
sa‟y-harakatlarini davom ettiradi. Bular esa pirovardida butun Markaziy Osiyo mintaqasi
xavfsizligi hamda taraqqiyotining garoviga aylanadi.
Dostları ilə paylaş: |