3. Shimoliy Hindistondagi dastlabki davlatlar. Miloddan avvalgi IX–VI asrlarda Gang vohasi va Shimoliy Hindistonda xo`jalik asta-sekinlik bilan rivojlana borgan. Xo`jalikni boshqarish, aholi orasida tartib-qoidalarni saqlash va u yoki bu viloyatni tashqi dushmanlar hujumlaridan saqlash uchun davlat zarur edi. Bugina emas boy-badavlat kishilar uchun ham podsholik, ham davlat zarur edi. Ular: «Agar podsho, davlat himoya qilmasa, badavlat kishilar o`lim va quvg`inlikka mahkum bo`ladilar»,– der edilar.
Miloddan avvalgi VI asrga kelib Gang – Jamna vohasi va Shimoliy Hindistonda 20 dan ortiq katta-kichik davlatlar bo`lib, ularning yiriklari Kambodja, Koshala, Kashi, Magadxa, Anga, Shakya Gandxar, Malla va boshqalar edi.
Miloddan avvalgi VI–V asrlarda Shimoliy Hindistonda hukmronlikni qo`lga olish uchun yuqoridagi davlatlar o`rtasida shiddatli janglar bo`lib o`tgan. Podsho Bimbasara (543–491) davrida Ma-gadxa kuchayib, uning qo`shinlari Gang vohasidan Bengal qo`1-tig`igacha bo`lgan yerlarni bosib olganlar. Bimbasara vorislaridan Ajatashtru davrida butun Gang vohasi va Markaziy Hindistonda yirik davlat tashkil topadi.
Miloddan avvalgi 345-yili aholining quyi tabaqasiga mansub bo`lgan Ugrasen Nand Magadxa podshosini yengib taxtni egallaydi. U qudratli Nand podsholigiga asos soladi. Ugrasen davrida Shimoliy, Markaziy va hatto Janubiy Hindistonning katta qismi Nandlar davlati tarkibiga qo`shib olinadi. Nand Hindistondagi qudratli davlatga aylanib bu davrda xo`jalik va madaniyat har tomonlama rivoj topadi.
Miloddan avvalgi VI–IV asrlarda Hind vodiysi va Panjob viloyatida ham ko`pgina mayda davlatlar bo`lgan. Bu davlatlarning aksariyati Doro I davrida Eronga tobe bo`lib, ko`p miqdorda xiroj toiab turganlar.
4. Iskandarning Hindistondagi istilolari. Miloddan avvalgi 329–327-yillarda Makedoniya podshosi Iskandar Zulqarnayn Turondagi istilolardan so`ng, 120 ming kishilik qo`shin bilan Hindikush va Sulaymon tog`laridan oshib o`tib, Panjob viloyatiga bostirib kiradi. Panjobdagi mayda davlatlarning ko`pchiligi Iskandarga itoat etadilar. Ammo Panjobdagi eng kuchli podsholardan biri Por Iskandarga qarshi kurashga otlanadi. Por ixtiyorida