30 ming piyoda, 4 ming otliq askar, 3000 jang arava va 200 jangovar fil mingan jangchilar bor edi. Ikki shoh askarlari o`rtasida shiddatli jang boshlanadi. Porning o`zi jangovar fili ustida dushmanlar bilan qahramonlarcha kurashib 9 joyidan yarador bo`ladi. Janglarning birida uning ikki o`g`li halok bo`ladi. Ammo u shunga qaramay urush maydonini, askarlarini tark etmay, jangni davom ettiradi. Urush Iskandar qo`shinlarining g`alabasi bilan tugaydi. Por bilan bo`lgan urushlarda Iskandar ko`p askarlaridan ayrildi. Iskandarning sevimli jangovar oti Butsefaljanglarning birida tig` tegib halok bo`lgan. Iskandar halok bo`lgan oti sharafiga Hind daryosi bo`yida Butsefaliya shahrini qurdirgan. Iskandar Porning jangdagi qahramonligi va irodasiga tan berib, uni o`z saltanati podshosi qilib qoldiradi. Iskandarning Gang vohasiga bostirib kirish niyati ham bor edi. Xuddi shu davrda Iskandar qo`shinlari o`rtasida kasallik tarqalib, uning sarkardalari Gang tomon yurishdan bosh tortadilar.
Ikkinchidan Gang daryosining chap sohilida qudratli Nand davlatining 200 ming piyoda, 80 ming otliq, 8 ming jang aravali va 6 ming jangovar fil mingan suvoriydan iborat katta qo`shini turardh Iskandar Nandlarning qudratli qo`shinini yengishga ko`zi yetmay Gang tomon yurishni qoldirishga majbur boiadi. Iskandar Hind va Panjobda ozroq qo`shin qoldirib, miloddan avvalgi 325-yili Hindistonni tark etib, Bobilga qaytadi. U Bobilni o`z saltanatining markaziga aylantiradi. Ammo u 12 yil kurashib, jang qilib qo`lga kiritgan ulkan saltanatini 2–2,5 yilgina boshqaradi-yu, miloddan avvalgi 323-yilda og`ir betoblik va zaharlanishdan vafot etadi. U endigina 34 yoshga qadam qo`ygan edi.