Minerallarning kimyoviy tarkibi Reja: Minerallar haqida tushuncha


Shu boʼlak mineralning suvdagi ogʼirligni aniqlaymiz va uni R2 bilan belgilaymiz



Yüklə 44,5 Kb.
səhifə3/3
tarix20.11.2023
ölçüsü44,5 Kb.
#166092
1   2   3
Minerallarning kimyoviy tarkibi.

2. Shu boʼlak mineralning suvdagi ogʼirligni aniqlaymiz va uni R2 bilan belgilaymiz.

Ikki oʼlchov natijasidan mineral siqib chiqargan suv hajmi (V)ni aniqlaymiz:

V = P1 – P2



Bizga mineralning ogʼirligi va u siqib chiqargan suv hajmi aniq, endi uning solishtirma ogʼirligini aniqlash mumkin:

d=P1/V =gramm/(sm.kub)=gr/sm3

Minerallarning solishtirma ogʼirligini piknometr usulida aniqlash*. Bu usul eng keng tarqalgan mineralogik usuldir va u juda mashaqqatli hisoblanadi. Lekin aniq oʼlchash imkoniyatiga ega va murakkab qoʼllanmalarga ehtiyoj boʼlmaydi. Piknometr maʼlum hajmga ega boʼlgan shisha kolbacha boʼlib, har xil koʼrinishda boʼladi.

Minerallar tasnifi


Minerallar fizik-kimyoviy jarayonlar natijasida, yer yuzi va ichki qismida vujudga keladi.Har bir mineral faqat oʼziga xos kristallik tuzilishga ega boʼlgan aniq tabiiy birikmadan iborat va kimyoviy tarkibiga koʼra, bizga maʼlum boʼlgan 105 elementlarning har xil kombinatsiyasidan (yigʼindisidan) iborat.


Minerallar tasnifini tuzishda asosan kimyoviy ichki tuzilish printsipiga amal qilinadi. Minerallar kimyoviy birikmalari turiga qarab quyidagi sinflarga boʼlinadi:
1. Sof tugʼma elementlar. Bu elementlar soni 30 dan ortiq, kupchilik qismini metallar tashkil etadi. Sof elementlarning yer qobigʼidagi miqdori – 0,1%. Metall xillariga oltin, kumush, mis, platina va nometall turlariga oltingugurt, grafit, olmos kiradi.
2. Sulfidlar va sulьfotuzlar sinfga kiruvchi minerallar 40 dan ortiq metallarning oltingugurt, selen, tellur, margimush va surьma bilan birikmalar hosil qilishidan kelib chiqadi va ularning ogʼirlik miqdori Yer qobigʼining 0,15% ga teng. Bu sinfga oid minerallarning eng muhimlari: xalьkozin – CuS2; argentit –Ag2S; galenit –PbS; sfalerit –ZnS; grinokit –CdS; kinovarь –HgS; nikelin –NiS; pentlandit –(Fe,Ni)9S8; xalьkopirit – CuFeS2; auripigment – As2S3; realьgar – AsS; antimonit – Sb2S3; vismutin – Bi2S3; molibdenit – MoS2; pirit – FeS2; kobalьtin – CoAsS; arsenopirit - FeAsS va boshqalar.
3. Galoid birikmalar sinfiga ftoridlar, xloridlar, bromidlar va yodidlar kiradi. Bularning koʼpchiligi ion bogʼlanishli birikmalar hosil qilib, kimyoviy nuqtai nazardan qaraganda HF, HCl, HBr va HJ kislotalarining tuzlaridan iborat. Bu guruhga mansub minerallar: flyuorit – CaF2; galit – NaCl; silьvin – KCl; kerargirit – AgCl; karnallit – MgCl•KCl•6H2O va boshqalar.
4. Oksidlar sinfi. Kislorod bilan 40 ga yaqin elementlar turli xil birikmalar hosil qiladi. Litosferadagi oksidlarning umumiy ogʼirligi 17% ni tashkil etadi. Buning 12,6% kremniy oksidi, 3,9%ni temir oksidi va gidroksidi va qolgan qismini alyuminiy, marganets, titan va xrom oksidlari va gidroksidlari tashkil qiladi. Bu sinfga kiradigan minerallar sodda va murakkab oksidlar hamda gidroksidlar guruhlariga ajratiladi. Tabiatda keng tarqalganlariga: kuprit – CuO; korund – Al2O3; gematit – Fe2O3; ilьmenit – FeTiO3; magnetit – Fe3O4; shpinelь – MgAl2O4; xrizoberill – BeAl2O4; rutil – TiO2; kassiterit – SnO2; pirolyuzit – MnO2; uraninit – UO2; kvarts – SiO2 va boshqalar kiradi.

5. Karbonatlar sinfiga kiruvchi minerallar tabiatda keng tarqalgan. Bularga kalьtsit –CaCO3; magnezit –MgCO3; siderit –FeCO3; smitsonit –ZnCO3; rodoxrozit –MnCO3; serussit –PbCO3; malaxit –Cu2[CO3](OH)2; azurit–


Cu3 [CO3]2 (OH)2.Suvli karbonatlarga esa soda –Na2CO3•10H2O kiradi.
6. Sulfatlar sinfiga oid minerallar koʼp va xilmaxil brikmalar hosil qilsada, yer qobigʼida keng tarqalgani kam. Sulьfatlar: barit–BaSO4;
selestin –SrSO4; anglezit –PbSO4; angidrit –CaSO4; gips –CaSO4•2H2O; mirabilit –Na2SO4•10H2O va boshqalar.
7. Silikatlar sinfiga juda koʼp minerallar kiradi. Bizga maʼlum minerallarning 1/3 qismini tashkil etadi. Silikatlar yer poʼstining 75%ini tashkil qiladi. Bu sinfiga kiruvchi minerallar barcha togʼ jinslarining asosiy qismini tashkil etadi va jins hosil qiluvchi minerallar deb ataladi. Shuning uchun ham ular sinchkovlik bilan batafsil oʼrganiladi.
Rentgen yordami bilan oʼtkazilgan tekshirishlar (kristallokimyoviy kuzatishlar) silikatlarning ichki tuzilishi ularning kimyoviy tarkibi bilan uzviy bogʼliqligini, shu bilan birga ular minerallarning muhim fizik xususiyatlarini, hatto maʼlum darajada genezisini (hosil boʼlishini) aks ettira oladi.
Silikatlarning tuzilishini rentgenoskopik yoʼl bilan tekshirish natijasida ular quyidagi sinflarga ajratiladi: orolsimon; zanjirsimon; lentasimon; varaqsimon va toʼqimasimon (karkassimon) silikatlar.

Foydalinilgan adabiyotlar va internet manbalar




  • https://uz.wikipedia.org/wiki/Mineral/

  • http://ilmiy.bmti.uz/

  • Минералы Узбекистана. - Т.: Фан, 1975-1977. - Т. I-IV.

  • Новые данные о минералах Узбекистана. - Т.: Фан, 19


Yüklə 44,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin